O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bu hayot jangu jadal maydonidir

Bu hayot jangu jadal maydonidir
01 Şubat 2016 - 12:44 'da yuklandi va 2008 marta o'qildi.

e5776d576c39539e7a826d478ffAbdurauf FITRAT

Najot yo'li

(5-qism)

Endi yana maqsadimizga qaytsak. Aytgan edikki, komil musulmon ham dunyo saodatini, ham oxirat saodatini talab etuvchidir. Dunyoni tark etib oxirat talabida bo'lish ham shar'iy hukmlarga muvofiq kelmaydi. «Alloh, er yuzida nimaiki bo'lsa, sizlarning foydalaringiz uchun yaratgan zotdir»51. «Ey odamlar, bilmaysizlarmi, Xudo er va osmonda bo'lgan hamma narsalarga sizlarni farmonbardor etib tasxir etgan. Xudo zohiriy va botiniy bo'lgan ne'matlarini ham sizlarga bergan. Zero, samo va erda bo'lgan hamma mavjudot sizlarning manfaatlaringiz uchun yaratildi»52. Shu oyatlardan ma'lum bo'ladiki, Xudo bu olamni bizlarning foydamiz va manfaatimiz uchun yaratibdi, olamda mavjud bo'lgan hamma narsani bizga mahkum va farmonimizga bo'ysunuvchi qilibdi, bas. «Josiya» surasida esa «Alloh samodagi va erdagi barcha mavjudotni sizlar uchun yaratdi, tasxir va farmonbardor etdi», – deb amr qilgan53.

«Dunyoni mo''minlar do'zaxi va kofirlar jannati» deb qaysi teran aqlimiz bilan aytib, bu xom xayolimizni ilohiy farmon deb bilamiz? Hazrati faxri koinot (Muhammad) alayhissalom muborak umrlarini sa'y-harakatda o'tkazganlar. Alloh hukmlarini ulardan ham yaxshiroq bilamizmi? Hazrati faxri olamning Rasulligiga bugun milliardlab musulmon besh marta shahodat beradi. Ular cho'ponlik qilganlar, tijorat bilan shug'ullandilar, muallimlik qildilar, vaz' aytdilar, imomlik qildilar, ba'zan askar, ba'zan sartibb54, ba'zan xatib, ba'zan tabib bo'ldilar. Bular harakat bo'lmay nima edi? Ular sa'y-harakatda bo'lsalar, nima uchun biz tanballik va harakatsizlikni o'zimizga shior qilib olganmiz? «Ikki olam najoti va Alloh hidoyati iymon keltirgan, namoz o'qiydigan va sadaqa beruvchi mo''minlarga etadi»55 deyilgan Qur'oni karimda.

Diqqat qilsangiz, hazrat Parvardigor hidoyat va najotni uch holat egalariga xos qilibdiki, biri sadaqa va zakot beruvchilardir. Ma'lumki, zakot va sadaqa berish boylik va qudratning nishonasidir. Aytinglar-chi, qaysi bir din ergashuvchilarini boy bo'lishga da'vat etadi? Dunyoni oxirat uchun va oxiratni bu dunyo uchun tark etuvchilarning fikrlarini xato ekanini ko'rsatish uchun «Al-jome' asag'ir»dagi mana shu hadisi sharif kifoya qiladi: «Sizlardan yaxshilaringiz oxiratini bu dunyo uchun tark qilmagan va bu dunyoni oxirat uchun tark qilmay, og'irligini boshqalarning ustiga tashlamaydiganidir».

Endi bu ikkala jamoa: biri dunyoparastlar va birlari oxiratparastlarga da'volarimizni ma'lum qilganimizdan so'ng yana bir jamoani ham esdan chiqarishimiz odobdan bo'lmaydi. Bu jamoa ham millatimiz o'rtasida katta mavqega ega. Bizning qoloq va baxtsiz bo'lishimizda ularning xizmatlari kattadir. Bu jamoa dunyo va oxirat saodatini talab qiladilar. Lekin bu maqsadga erishish uchun harakat ham qilmaydilar. Ulardan shu haqda so'rasangiz, noz-karashma bilan «Allohi karim» deb javob beradilar. Bu tanballik va harakatsizlikni ular «tavakkal» deb ataydilar. Kambag'allik va balolardan azob cheksalar darrov biror masjid yoki falon bir avliyoning qabriga borib, qancha kuchlari bo'lsa, boshlarini erga urib duo qiladilar. Biz bunday duoning ijobat bo'lmasligini yuqorida bayon qildik. Shu o'rinda bu azizlarga «tavakkal» so'zining ma'nosini va qabrni ziyorat qilishning foydalarini aytib o'tmoqchimiz.

Biz turkistonlilar sustligimiz, tanballigimiz, ishbilmasligimiz, nodonligimiz, tajribasizligimiz, qisqasi, dunyoda qancha noshoyista sifatlar bo'lsa, hammasi «tavakkal» deymiz. Shu sababli bularni savob va mashru'56 deb qabul qilamiz. Masalan, bir tojirdan «Nima uchun o'ylamasdan paxtani po'chog'ini sotib olasan?», dehqondan «Bahor keldi, ekish va ish asboblaring qani?» yoki biror kosibdan «Nima uchun haftada bir marta do'kon ochasan?» yo bir hammoldan “Nima uchun kunduz kuni uxlaysan”, axir kechki ovqating yo'q-ku», – deb so'rasak, hammalari «tavakkal Xudoga» deb javob beradilar. Ming afsus, shu javoblarning birontasida ham tavakkal yo'qdir. Bularning hammasi nodonlik, tanballikdan boshqa narsa emas. Tavakkal ham amal bilan birgadir, harakatsiz tavakkal ham harakatsiz duoga o'xshab foyda bermaydi.

«…ular (ya'ni sahobalaring) bilan mashvarat qil, azmu qaror qilganingdan so'ng Allohga tavakkal qil, albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadi»57, – deyiladi Kitobi samoviyda. Ushbu oyati karima bilan Xudovand Rasuliga murojaat qilib: «Ishlarda avval sahobalaring bilan maslahatlashib, bir natijaga kelingach, bu ishni bajarish uchun Xudoga tavakkal qilib bel bog'la», – demoqda.

Albatta, bu hayot jangu jadal maydonidir, unda har bir shaxs, har bitta qavm o'z turmushlarini yaxshi ta'minlashlari uchun harakat qilib kurashishlari lozim. Bularsiz biror narsaga erishib bo'lmaydi. Masalan, har birimiz ham uyga kirib olib, necha kun och-nahor o'tirsak ham, ko'chaga chiqib harakat qilmas ekanmiz, uyning shiftidan bir lagan kabob o'z-o'zidan kelib tushmaydi. Oqibat esa ochlikdan halok bo'lishimiz mumkin. Kim buni inkor qilar ekan, demak, tajribasi yo'q ekan. Agar harakatsiz tavakkaldan foyda bo'lganda edi, Rasuli sollallohi alayhi vasallam kofirlarga qarshi bir jangda o'z qo'llari bilan handaq qazimagan bo'lar edilar.

Endi esa avliyolar qabrlarining ziyorati xususida bir oz to'xtalamiz. «Qabristonlarni ziyorat qilib turinglar, zero, ular sizga oxiratni eslatadi», – deyilgan «Al-jome' as-sag'ir» asarida. Bu hadisdagi hikmatni tushunish uchun odam holini diqqat bilan kuzataylik. Ajabo, odam nega gunoh qiladi? Kitobimiz avvalida ham bir bahona bilan bayon qilib o'tgan edikki, «komil iymon gunoh ishlar uchun yagona to'siqdir», – deb. Xudoyi taolo va qiyomatga iymon keltirib, ularning mavjudligini bilgan odam hargiz gunoh qilmaydi. Agar bilmay gunoh qilsa ham darhol tavba qilishga shoshiladi. Ba'zi shaxslar jahlu g'aflat yo kibru g'urur tufayli oxirat kuni va hisob-kitob soatini eslaridan chiqaradilar, dillaridagi Allohdan qo'rquv hissi ko'tariladi. Shunda ular gunoh qilishga qilib, pushaymon ham bo'lmaydilar, tavba ham qilmaydilar. Bu toifa odamlarga nisbatan ko'riladigan chora oxirat kuni va uning qiyinchiliklarini eslariga solishdir. Zora shu bahonada ular Xudodan qo'rqsalar va turli fasod ishlarga qo'l urmasalar. Qabrlar ziyorati aynan shu maqsad uchun ko'zlanadi. Zero, inson har qadar mag'rur va kibrli bo'lmasin, qabristonga qadam qo'yganda, qanchadan-qancha bani Odamning tuproqqa qorilib yotganini ko'rganda, balki g'ururini tark etib, oxirat fikriga tushar. Hazrati faxri koinotning o'z ummatlariga aytgan hadislarining hikmati ham shundadir. Ammo biz qilayotgan ziyoratlar esa bu matlabga muvofiq emas. Biz qabristonga emas, balki avliyolar mozorini ziyorat qilishga boramiz va ulardan o'zimiz uchun madad va inoyat so'raymiz. Bilingki, bu ziyoratlar bizga hech foyda bermaydi, yotgan avliyolarning bizga hech bir madadlari etmaydi. Qur'oni karimda «Sizlar uchun Allohdan o'zga sohib va madadkor yo'qdir». «Vaqtiki, Alloh bir qavmga yomonlik etkazsa, uni daf etib bo'lmaydi va u qavm uchun Allohdan o'zga nigohbon yo'qdir»58, – deyilgani haqdir.

Soniyan, bunday ziyorat shar'an man' qilinib, harom hisoblanadi. Biz bunday ziyoratlardan faqat gunoh orttiramiz. Alloh Payg'ambarlarining qabrini masjidga aylantirgan (u erda ular namoz o'qiydilar) yahudiy va nasroniylarni la'natlaydi, – deyilgan Buxoriy59ning «Ki- tob al-salot»60 va Muslim61ning «Kitob al-masojid»62i- da; yana «Payg'ambarlarining qabrini masjid qilgan yahudiylarni Xudovand halok qiladi», – degan hadis ham bizga ma'lum. Hushyor bo'ling! Sizlardan avval o'tganlar Payg'ambar va avliyolarining qabrlarini masjid qildilar. Hushyor bo'ling! «Sizlar hech kimning qabrini masjid qilmang, ularning qabriga borib namoz o'qimangki, men sizlarga buni man' qilaman», – deyilgan Muslimning o'sha kitobida.

Ba'zi ikromli o'quvchilarimiz aytadilarki, biz avliyolarning qabrida matlabimizni hosil qilish uchun namoz o'qiymiz, ular Alloh dargohida bizning matlabimiz hosil bo'lishi uchun shafi'63 bo'ladilar. Shu shafi'likni talab qilish ham ulardan bir nav' madad tilashdir. Bu kabi shafi' keltirib, tilak tilash shar'an durust emas, balki gunohdir. Zero, Xudovandi taborak shuning uchun mushriklarga g'azab qiladiki: «Ular Allohni qo'yib, o'zlariga zarar ham, manfaat ham etkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar va: «Ana o'shalar bizning Alloh huzuridagi shafoatchilarimizdir!» — deydilar…»64 Boshqa o'rinda esa mushriklarning shu ishini ushbu tariqa hikoya qilib, rad qiladiki: «Shafoat qilish faqat Allohgagina xosdir, bandasining uning iznisiz birovni shafoat qilishga haqqi yo'qdir»65.

Bu oyatlardan ikki narsa ma'lum bo'ladiki, biri mushriklar butlarini Xudo deb atamas, balki shafoatchi va vositachi deb bilardilar. Bas, biz ham falon-falon avliyolarni shafoatchi deb gumon qilib, ta'zim qilsak, muvahhid66 va mushriklardan qanday farqimiz qoladi? Soniyan, shafoat sifati faqat Allohga xos ekan. Musulmonlarning bu tariqa e'tiqod qilishlari joiz emas, aytganlarimizning o'zi bunga ulkan dalildir.

Buxoriyning «Kitob ul-haj»67ida Hazrati Umardan shunday rivoyat bor: «Bir kuni haj marosimida hajarul-asvad68 ni (qora toshni) tavof qila turib, hazrati Umar shunday degan ekan- lar: «Ey hajar-ul asvad! Sen bir foydasi ham, zarari ham tegmaydigan toshsan. Agar Payg'ambar seni o'pganini o'z ko'zim bilan ko'rmaganimda, hech qachon seni o'pmagan bo'lar edim».

Bu kabi ziyorat va vosita qilishlik bizni ikki dunyo saodatiga etaklamaydi. Unga etishish uchun o'zimiz harakat qilishimiz kerak. Bizda ikki dunyo saodatiga etishish uchun mayl bor ekan, qay yo'l va usul bilan unga etishish mumkin? Bu savolning javobi juda osondir. Baxtga qarshi, biz uni shu kungacha qulog'imizga olmaganmiz, ikki dunyo saodatiga erishish uchun esa vijdon amru vazifalarini ado etishimiz zarurdir. Vijdon amri nimada? Bu – kishilarning o'zlariga yuklangan vazifa va majburiyatlarini zamon va o'ringa qaramay vijdonan va sidqidildan bajarishlaridir. Vijdon amri vazifalari ichida axloqiy vazifalar muhimdir. Axloq vazifalarini uch qismga bo'lish mumkin:

  1. Vazoyifi nafsiya.
  2. Vazoyifi oila.
  3. Vazoyifi insoniya.

Bu uch qism bir-biri bilan shu qadar bog'liq-ki, biriga xalal etsa, boshqasida ham qusur namoyon bo'ladi. Bu uchala qismni kitobimizda bir-bir bayon etamiz.

Natija:

  1. Alloh, bizni barcha maxluqlar kabi boshqa jinslar manfaati uchun emas, balki ikki dunyo saodatiga etishish uchun xalq qilgan.
  2. Dunyo saodatini oxirat uchun, oxirat saodatini bu dunyo uchun tark etish noto'g'ridir, bizga ikki jahon saodati darkor.
  3. Ikki jahon saodatini esa sa'y-harakat bilangina topish mumkin.
  4. Sa'y-harakatsiz duodan foyda yo'qdir.
  5. Avliyolardan maqsad ravo bo'lishini tilash foydasizligidan tashqari yana gunoh hamdir.

  (davomi bor)

51.Qur'oni Karim, Baqara surasi, 29-oyat (tarj.)
52.Qur'oni Karim, Luqmon surasi, 159-oyat (tarj.)
53.Qur'oni Karim, Josiya surasi, 13-oyat (tarj.)
54.Sartibb – tibbiyot hamshirasi, fel'dsher.
55.Qur'oni Karim, Baqara surasi, 2-3-oyatlar (tarj.)
56.Mashru' — shariatga muvofiq, to'g'ri.
57.Qur'oni karim, Oli Imron surasi, 159-oyat (tarj.)
58.Qur'oni karim, Ankabut surasi, 22-oyat (tarj.)
59.Imom Buxoriy — Muhammad bin Ismoil Abu Abdulloh al-Javfiy. 810—870 yillarda yashagan buyuk muhaddis (tarj.).
60.Kitob al-salot — namoz haqida kitob. Imom Buxoriyning «Jome' as-sahih» to'plami tarkibiga kirgan kitob (tarj.).
61.Imom Muslim — Muslim bin Xattot Abul Husayn al-Qushayriy an-Nisoburiy (vafoti 875 yil). Buyuk muhaddis (tarj.).
62.Kitob al-masojid — shu mavzudagi hadislar majmuasi (tarj.)
63.Shafi' — himoyachi, vositachi.
64.Qur'oni karim, Yunus surasi, 18-oyat (tarj.).
65.Qur'oni karim, Zumar surasi, 44-oyat (tarj.).
66.Muvahhid — Ahd kitobi (Injil)ga ishonuvchi.
67.Kitob ul-haj — haj haqida hadislar to'plami (tarj.).
68.Hajarul-asvad — qora tosh. 
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube