O’zbekiston Xalq Harakati

Eng buyuk ne'mat — aql bo'ladi

Eng buyuk ne'mat — aql bo'ladi
12 Şubat 2016 - 14:16 'da yuklandi va 2336 marta o'qildi.

198287_originalAbdurauf FITRAT

Najot yo'li

(7-qism)

Arabiston erlari butparastlik zulmatiga g'arq bo'lib ketgan zamonlarda hazrat Payg'ambar alayhissalom Alloh tomonidan rasullik maqomiga erishgandan so'ng u arablarni aqliy dalillar bilan Xudoi vohid — yagona Alloh ibodatiga dalolat etdi. Ularning yolg'on va xato e'tiqodlarini to'g'ri va qat'iy so'zlar bilan inkor etib, botilga chiqardi. Ulardan ba'zilari darrov rasolatpanohga ishonib, ota-bobolarining dinlarini tark etdilar. Bular xulafoi roshidin71 va ba'zi ashobi kiromiylar72 edilar. Ajabo, bular nima uchun bir necha ming yillik dinlarini tark etib, islom diniga kirdilar.

Hazrati Rasuli akramdan ular pulu mol yoki mansab talab qildilarmi? Aslo. Yoki Payg'ambardan qo'rqdilarmi? Yo'q. Yoki islom dushmanlari aytganlaridek, hazrati Rasul alayhissalom soxta Payg'ambar edi-yu, ular uning sheriklari bo'lganmi? Hech qachon… Shunday ekan, nima uchun ular qadimiy dinlarini tark etdilar?

Javob: Sababi shu ediki, islom haq din bo'lib, ularning e'tiqodlari botil edi. Ular yolg'ondan haqni ajratib, yolg'onni tark etdilar. Xo'sh, haqiqatni yolg'ondan qanday qilib ajratib oldilar? Albatta, aql vositasi bilan!

Abujahl73 va Abulahab74ga o'xshagan arablar hazrat Payg'ambar taklifi va da'vatlarini rad etdilar, zero hasad va adovat ularning aql va tafakkur oynalarini qoplab olgan edi, ular haqiqat va yolg'on farqiga bormadilar va jaholatda qoldilar. Xudo ko'rsatmasin-u, aql bo'lmaganda yo odamlarning aqllari hasad va adovat zulmatida qolib ketganda edi, biron-bir odam islom dinini qabul qilmagan va bugun er yuzida milyo'n-milyo'n musulmon ham bo'lmagan bo'lardi. Shunday ekan, oxirat saodatining rahbari ham aql ekan. Dunyo va oxirat saodatiga bizni boshlovchi narsa, albatta, Allohning eng buyuk ne'mati — aql bo'ladi. Modomiki, odamlar va maxluqlar o'rtasidagi farq shu saodati doraynga etishishda ekan va ikki olam saodatiga aql boshlar ekan, aytish mumkinki, agarda aql bo'lmaganda odam bunday saodatga muyassar bo'lmasdi va nochor maxluq darajasiga tushardi. Dini mubini islom faqat aqlga buyuk martabani bergan. Agarda Qur'oni karimni mutolaa etsangiz, har sahfasida aqlga, idrok va tafakkur qilishga amr etilganligi, mushriklarni esa aqlsizlik va fikr yuritmasliklari uchun mazammat qilinganligini ko'ramiz. Jumladan, «Alloh o'z oyatlarini odamlarga bayon qiladi, toki ular tafakkur etsinlar»75.

«Alloh o'zining hukmlari va dalillarini bayon qildi, toki sizlar tafakkur va taaqqul (idrok) bilan farq qiling»76.

«Alloh osmondan yomg'ir yuborib, qurub yotgan erlarni ko'kalamzor qildi. Shuning o'zi oqillar uchun Allohning borligiga etarli dalildir», – deydilar77. Bu oyatdagi «furqon» so'ziga ba'zi mufassirlar «Qur'on» deb sharh berganlar, lekin bu tafsir to'g'ri emas, zero oyatning boshi «Nazala alayka al-kitob»dan murod Qur'ondir»78 degan ma'nini ifodalaydi. Agarda «furqon» so'zining ma'nosi ham «Qur'on» bo'lganda takror kelardi, bunday takrorlar Qur'oni karimning balog'atidan dalolat bermaydi. «Furqon» so'zining ma'nosi «farq etuvchi»dir. Masalan, «Vama anzalna ala abadna yavm al-furqona»79 degan oyatdan murod yomon ozuqadir. Bu oyatda «furqon»dan murod aqldir, aql haqni botildan ajratadi. Bu holatda oyatning ma'nosi quyidagicha bo'ladi: «Ey Muhammad! Alloh Qur'oni karimni senga nozil qildi, undan oldin Tavrot va Injilni nozil etgan edi. Bularning hammasini odamlarga hidoyat uchun yubordi, odamlarga aql berdi, aql orqali haq bo'lgan kitoblarni yubordi, toki shu kitoblarga qarab yolg'on aqidalarning farqiga borsinlar. Shu kitoblar hidoyatiga va o'z aqllarining dalolatiga iltifot etmaydiganlar esa qattiq azobga giriftor bo'ladilar».

«Xudo unga aql ato etgan kishi najot topadi» («Jome' us-sag'ir»dan). «Har bir ishning fatvosini aqlingdan so'ra, garchi muftiylar fatvo bersalar ham (ya'ni muftiylar fatvolarini bilib-bilmay ijro etmagin)». «Savob ish — bu aql rozi bo'lgan va vijdon undan sokin bo'lgan ishdir. Gunoh esa bu aql undan rozi bo'lmagan va vijdon undan azob tortganidir. Agar muftiylar senga fatvo bersalar ham», — deyilgan «Al-jome' us-sag'ir»da.

(davomi bor)

71.Xulafoi roshidin — haq yo'lidagi xalifalar: Abubakir, Umar, Usmon va Ali.
72.Ashobi kiromiylar — Payg'ambarning izzat-ikromga ega bo'lgan suhbatdoshlari.
73.Abujahl — islomni qabul qilishdan bosh tortgan qabila bosh- lig'i.
74.Abulahab — Qur'oni karimda nomi zikr qilingan kofirlar- dan biri.
75.Qur'oni karim, Baqara surasi, 266-oyat (tarj.).
76.Qur'oni karim, Baqara surasi, 269-oyat (tarj.).
77.Qur'oni karim, Rum surasi, 24-oyat (tarj.).
78.«Nazala alayka al-kitob»dan murod Qur'ondir» — «Senga ki- tob nozil qilindi» so'zlaridan murod Qur'ondir».
79.«Vama anzalna ala abadno yavm al-furqona» — «Bu (kitob)ni ibodat qilish uchun, farqlash kunini bildirish uchun yubordik».
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube