O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

«Johillar bilan olimlar barobar bo'la olmaslar»

«Johillar bilan olimlar barobar bo'la olmaslar»
18 Şubat 2016 - 14:10 'da yuklandi va 2015 marta o'qildi.

223220_originalAbdurauf FITRAT

Najot yo'li

(8-qism)

Endi so'zni fazilati har bir kishiga ma'lum bo'lgan hujjat ul-islom G'azzoliy80 ga beramiz. Janobi imom «Mezonul-amal» («Amallar tarozisi») nomli kitobida aqlning sharafi va buyukligini bir maqolada bayon qiladi. Imom so'zlarini muxtasar keltiramiz: «Insoniylikning eng sharaflik va buyuklik darajasi uning aqlidir. Aqlning sharafi va azimatiga ham aqliy, ham naqliy va hissiy dalillar mavjud. Alloh hamma maxluqotlardan oldin aqlni yaratib, dedi: «Yaqin kel». Aql yaqin keldi. Dedi: «Orqaga ket!» Aql orqaga bordi (ya'ni farmonbardor ekanligini ko'rsatdi). Keyin Alloh dedi: «Ey aql, jalolim va izzatim haqqi qasamki, sendan karamliroq maxluq yaratmadim. Men odamlarni sen sababli zabt etaman, savoblarini va azoblarini beraman».

Aqliy dalil quyidagicha: Aql saodati doraynning yagona rahbaridir, shuning uchun u, albatta, a'zam va sharafli bo'ladi. Aql orqali inson Allohning xalifasiga aylandi. Aql orqali odam Allohga yaqinlashdi, uning hidoyati orqali o'z dinlarini komil etdi. Shuning uchun hazrat Payg'ambar aytadiki, «kimning aqli yo'q ekan, demak, dini ham yo'q». Boshqa joyda buyuradi: «Hech bir kishining musulmonligiga uning aqlini tekshirib turib xursand bo'lmang». Hazrat Payg'ambar alayhissalom hazrat Ali raziyallohu anhuga buyurganki, agar odamlar hayrat maqomlari orqali Allohga yaqinlashsalar, sen o'z aqling vositasida yaqinlik paydo qil, toki bu dunyoda odamlar orasida va oxiratda Alloh huzurida martabang ulug' bo'lsin.

Hissiy dalil shuki, inson maxluqlarning eng zaifi bo'lsa ham, maxluqlarning eng kuchlisi ham undan qo'rqadi. Insonni hamma maxluqotdan ham g'olib va sarafroz etgan quvvat aql bo'ladi. Imom G'azzoliy «Ihyo al-ulum»81 kitobida ham aqlning sharafi va azimati haqida maqola bitib, uni hadis va oyatlar bilan isbot etgan.

Afsus, risolamiz hajmiga bu maqola sig'maydi, bo'lmasa uni bu joyda keltirib, muhtaram o'quvchilarimizga havola etardik. Janobi Imom aqlning sharafini isbotlash uchun sanab o'tgan hadislarning ikkitasini shu o'rinda keltiramiz. Oysha raziyallohu anhu aytadilarki, hazrati Rasuli akramdan so'radim: «Yo Rasululloh, bu dunyoda odamning fazilati qay narsada namoyon bo'ladi? Dedilarki: «Aqlda». Yana so'radim: «Oxiratda-chi?» Yana «Aqlda!» deb javob berdilar.

Abu Said al-Xadriy82dan rivoyat qilinadiki, Payg'ambar alayhissalom aytganlar: «Har bir narsaning takyagohi (suyanchig'i) mavjud, mo''minlarning takyagohi ularning aqllaridir. Demak, ularning ibodatlari ham aqllariga yarasha bo'ladi. Eshitmadingizmi, fojirlar do'zaxga doxil bo'lgan vaqtlarida aytadilarki, agar biz haq so'zlarni eshitib, aqlimizni ishlatganimizda bugun do'zaxilar orasida bo'lmagan bo'lar edik».

Endi yana maqsadimizga qaytsak. Shu muqaddimadan aqlning Alloh ato etgan sharif ne'mat, Allohga yaqinlashtiruvchi vosita va ikki dunyo saodatiga etaklovchi ekanligi ma'lum bo'ldi.  Ammo aql o'zi qanaqa bo'ladi? Aql ikki xil bo'ladi: 1. Aqli fitriy. 2. Aqli kasbiy. Aqli fitriy — bu Allohning inson tabiatiga avvaldan bergan aqlidir, ya'ni har bir fard (individ) avvaldan haqiqatni bilishi mumkin. Ammo aqli kasbiy ilm olish va tajriba orttirish jarayonida hosil bo'ladi, ya'ni odam o'zining fitriy-tabiiy aqlini ilm qoidalari va tajribalar asosida kengaytirib, ziynat bersa, aqli kasbiy hosil qiladi.

Masalan, bir emizikli go'dakka e'tibor bersak. Bu go'dak yangi tug'ilgan paytida ham yozish iste'dodiga egadir, le-kin amalda yozolmaydi. Borib-borib u ulg'ayadi, sa'y-harakat qiladi, fitriy iste'dodi kuchini harakatga keltirib yaxshi kotib bo'ladi. Aqli fitriy va aqli kasbiy mas' alalari ana shulardan iborat. Har kim fitratan haqiqatni bilishga qodir bo'ladi, lekin bilim bilan tug'ilmaydi. Agar jahdu harakat qilib va ilm o'rganib tajriba hosil qilsa, aqli kasbiy sohibi bo'lishi mumkin.

Natija: Har bir kishi solih amallarga mashg'ul bo'lishi lozim. Solih amallar esa axloqiy fazilatlarni tarbiyalash bilan bo'ladi. Axloq fazilatlari to'rt asos: hikmat, iffat, shijoat, adolatdan iborat. Hikmat aqliy quvvatning islohi natijasidir…

Endi biz ilm, tahsili ilm va uning foydalari haqida suhbat qilamiz. Sizlarga ma'lumki, odamlarning hayot g'oyalari bu ikki dunyoning saodatidir, unga boshlovchi esa aqli komil ekan. Shuni ham bildikki, (kishi) kasbiy aqlning tahsili, uning tarbiyasi orqali komil aqlga erishish mumkin. Bas, ilm olmoq va tahsili ilm qilmoq zarurligi o'z-o'zidan ma'lum bo'ladi. O'z aqli yordamida ikki dunyo saodatiga etmoqchi bo'lgan odam tahsili ilm qilmoqdan boshqa chorasi qolmaydi.

Zotan, mukammal dinimiz islom, biz esa uning farmonlarini bajarmoqqa majburmiz, bizga ilm olishni amr etib: «Johillar bilan olimlar barobar bo'la olmaslar»83 degan (Qur'oni karimda). Qozi Bayzoviy bu oyatni ikki xil tafsir qiladi. Avval kalimaning to'g'ri ma'nosini keltiradi, bunda oyatning ma'nosi shuki, agar odam olim bo'lsa, Allohdan qo'rqadi (zero, qo'rquv barcha narsaning asli va g'ayri aslini farqlaganda paydo bo'ladi). So'ng bu kalimani ko'chma ma'noda o'qiydi, ya'ni bunda, albatta, Alloh olimlarga ta'zim qiladi (ya'ni ularni ulug'laydi), degan ma'no kelib chiqadi. Shu har ikki tafsirni qay birini ixtiyor qilsangiz ham ilmning izzatu sharafi va haqiqiy ulamolarning yuqori martabada ekanliklari ko'z oldingizda zohir bo'ladi…

Ey Muhammad, «Yo Rabbim, mening ilmimni ziyoda qil!» — deb ayt84. Diqqat qiling-a, Alloh, o'z habibiga «ilm talabini qil» deb amr qilmoqda. Bundan ham yuqori sharafga ega bo'lgan narsa bo'lsa, aytingchi, o'sha nima ekan?! «Ilm olishning kamayib ketishi, jaholatning o'rin olishi, xamir85 ichishning avj olishi, zinoning ko'payishi qiyomat alomatlaridandir», — deyilgan Imom Buxoriyning «Kitob al-ilm»86ida. Hazrati Rasuli akram alayhivasallam shu hadisda yana izhor qildilarki, olamning nizomi va intizomi ham aql bo'lmaganida xarob bo'lardi deb…

Har kim ilm talabida yo'lga chiqsa, Xudovand unga jannatga yo'l ochadi. Yoki: «Ehsonlarning eng maqbuli musulmon kishining ilm olishi va musulmon birodariga ilm o'rgatishidir», — deydilar Nabiy alayhissalom. Bu hadisi sharifni esa Ali ibni Abutolib (Anas ibni Molik87), Husayn ibn Os88, Ibn Umar89, Ibn Mas'ud90 va Abu Said91 hazratlari, Alloh ulardan rozi bo'lsin, rivoyat qilganlarki, Payg'ambar (s.a.v.) «Men ilm fazilatini ibodat fazilatidan ham ortiq ko'raman», – deb aytgan ekanlar.

Olimning obiddan ustunligi meni orangizda kamtarinlaringizdan ustunligimga o'xshaydi, zero, hazrati Xudovand, uning maloikalari, samo ahli va zaminda maskan tutgan jamiki narsalar odamlarga xayrli ilm o'rgatgan kishiga rahmat aytib turadilar. Diqqat qiling-a! Hazrati Payg'ambar bu dunyoda zarbu Zayd92 g'avg'osini qilmoqdan boshqa hech bir ish bilan shug'ullanmaydiganlarni emas, balki odamlarni to'g'ri yo'lga boshlovchi olimlarni madh etardi. Bu islom dinida ilmning mavqei naqadar balandligini ko'rsatadi va mo''min musulmonlar ilm tahsili yo'lida harakat qilishlari lozimligini isbotlaydi.

Ammo: «Ilmning turlari ko'p, biz qaysi biri bilan mashg'ul bo'lishimiz joyiz?» — deb aytishingiz mumkin.

Javob beraman: haqiqatda ilm turlari ko'p, ba'zilaridan naf' ham yo'q. Biroq maqsadimiz ikki dunyo saodati ekan, bu dunyo va oxiratda foyda keltiradigan ilmlarni talab qilishimiz, bu dunyo va oxiratda foydasi bo'lmagan ishlarni tark etishimiz lozim. Zero, «Allohdan foydali ilm talab qilib, naf'i bo'lmagan ilmdan omon qolish uchun Allohdan madad so'rang», — deyiladi hadisda.

Endi biz foydali ilmlardan ba'zilarini zikr etmoqchimiz. Ilm umuman, ikki qismdan iborat: ilmi naqliy va ilmi aqliy. Ilmi naqliy ham o'z navbatida diniy va dunyoviy ilmlarga bo'linadi. Avval ilmi naqliyning birinchi qismi bo'lgan diniy ilmlarni zikr qilamiz.

 (davomi bor)

80.Imom G'azzoliy – Al-G'azzoliy, Abu Hamid Muhammad bin Muhammad at-Tusiy (1058—1111 yy. yashagan). Ilohiyotshunos, faylasuf, shofeiy mazhabining foqihi.
81.«Ihyo al-ulum» – asarning to'liq nomi «Ihyo ulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»)dir. To'rt jilddan iborat bu asar Imom G'azzoliyning asosiy asari bo'lib, unda barcha aqdiy va naqliy ilmlarning ta'rifi va tasnifi berilgan. «Ihyo ulum ad-din»dan lavhalar o'zbek tilida ham chop etilgan.
82.Abu Said al-Xadriy — payg'ambar sahobalaridan (tarj.).
83.Qur'oni karim, Fotir surasi, 22-oyat (tarj.).
84.Qur'oni karim, Taho surasi, 114-oyat (tarj.).
85.Xamir — man' qilingan ichimliklar.
86.«Kitob al-ilm» — ilm haqidagi hadislar majmui.
87.Anas ibn Molik — Muhammad payg'ambarning sahobalaridan, laqabi Abu Hamza. Taxminan 710 yili 100 yoshida vafot etgan.
88.Husayn ibn Os — Payg'ambarning sahobalaridan.
89.Ibn Umar — Umar 11 bin Abdulaziz (681—720 yy.), Umaviya xalifasi (717-720 yy.).
90.Ibn Mas'ud — Abdulloh ibn Mas'ud, payg'ambar sahobalaridan, 652 yili vafot etgan.
91.Abu Said — 82-izohga qarang.
92.Zarbu Zayd — Zayd urdi.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Nuur ;

    Raxmat

    18/02/2016 23:09
  • Nizom ;

    Shunday olamshumul olimlarimiz bor. Ular dunyodagi har qanday din, millat olimlari bilan belasha oladilar. Ammo xalqimiz tugul, ziyolilarimiz ham olimlarimizning ziyosidan soyadalar. Johilliklari va e'tiqodsizliklari sabab, albatta. Bizni nima Xudo urib jaholat balchig'idan chiqib keta olmayapmiz.

    18/02/2016 18:09
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube