O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbek muhojirlari eski pasport bilan Rossiya hududida bo'lishlarini qonuniylashtira olmaydilar

O'zbek muhojirlari eski pasport bilan Rossiya hududida bo'lishlarini qonuniylashtira olmaydilar
27 Şubat 2016 - 9:25 'da yuklandi va 2291 marta o'qildi.

Rossiyadagi O'zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Rossiya Muhojirlar uyi rahbari Aleksandr Kalinin odnoklassniki.ru saytida O'zbekiston fuqarolari uchun video murojaat e'lon qilib, Rossiya Federatsiyasining Tashqi ishlar vazirligi nomiga O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O'zbekiston fuqarolari uchun eski, ya'ni biometrik bo'lmagan pasport asosida hech qanday ruxsat hujjatlarini ro'yxatga olmaslik talabi bilan murojaat qilinganini ta'kidladi.

Bu video murojaat 2016 yilning 22 fevral' kuni e'lon qilingan va shu kundan boshlab, O'zbekiston fuqarolari na ro'yxatga olish hujjatlaini, na patent, na ishlash uchun ruxsatnomani, na vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma va na yashash uchun ruxsatnomani ro'yxatdan o'tqaza olishmaydi.

Bu borada Rossiya hukumati yoki Federal muhojirlar xizmatiga murojaa qilish maqsadga muvofiq emas, chunki ushbu talab O'zbekiston tomondan qo'yilgan. Shuningdek murojaatda eski pasportlar muddati 2018 yilga qadar uzaytirilgani va ushbu pasport bilan mamlakatni tark etish va O'zbekistonda yangi, ya'ni biometrik pasport olgandan so'ngra Rossiya Federatsiyasi hududida qonunniy ravishda yashash va ishlash uchun ro'yxatdan o'tish mumkinligi aytiladi.

Aleksandr Kalininning video murojaati.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar