O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Taraqqiyotning onasi ilm va fandir…

Taraqqiyotning onasi ilm va fandir…
20 Mart 2016 - 4:00 'da yuklandi va 1800 marta o'qildi.

skf030Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(18-qism)

Xulosa

Shu shartlarning biri bo'lmasa ham odam g'alat muhokama qilib, xato qiladi va zarar ko'radi. Bu matlabimizni bir misol bilan izohlaymiz. Misol isboti bo'lmagan kishining muhokamasi.

Buxoroda tahsil usuli bizga otalarimizdan qolgan. Otalarimizdan qolgan narsani o'zgartirish noravodir. Bas, Buxoroda tahsil olishni ham o'zgartirish noravodir.

Bir to'yda 50 ming tanga sarflash Buxoro boylarining odati. Buxoro boylarining har bir odatiga rioya etish men uchun lozimdir. Bas, bir to'yda 50 ming tanga sarf qilishim shart.

Bu ikki misolda birinchi qaziya to'g'ri. Ammo ikkinchi qaziya botildir. Shuning uchun uchinchi qaziya, hukm ham botil bo'ladi. Va unga amal qilsa, albatta, zarar ko'radi. Buning chorasi to'g'ri ma'lumotga ega bo'lishdir.

Keyingi misoldagi muhokamada istiqomat yo'q. «Ba'zi shayxlar vali'ulloh177dir. Har bir vali'ullohga murid bo'lish savobdir. Bas, har bir shayxga murid bo'lish savob». Bu misolda birinchi va ikkinchi qaziyalar to'g'ri. Lekin, ularning tartibida kamchilik bor, ya'ni ular orasidagi aloqa, munosabat, bog'lanish yo'q, bu esa uchinchi hukm uchun shartdir. Shuning uchun natija, ya'ni uchinchi qaziya botil va har kim unga amal qilsa, zarar ko'radi. Bu jihatdan chorasi mantiqni tushunishdadir.

Yuqoridagilarga bir daraja xulosa qilsak: odamlar bir ish qilsalar, muhokama qiladilar. Muhokamalari noto'g'ri bo'lsa, nosavob ishlarni qilib zarar ko'radilar. Bas, har kim muhokamasi noto'g'ri bo'lishini xohlamasa, muhokamasi to'g'ri bo'lishiga diqqat qilsin. Uning to'g'ri bo'lishi uchun uchta shart darkor:

1) isbot;

2) istiqomat;

3) sur'at.

Isbotni o'rganish uchun sahih ma'lumot olishni bilish zarur. Istiqomatni o'rganish mantiqni tushunish bilan bo'ladi. Har xil ilmlarni o'rganib, sahih ma'lumotga sohib bo'lsangiz, mantiqni ham tushunib olsangiz, uchinchi shart sur'at o'z-o'zidan hosil bo'ladi. Mantiq ilmining lozimligi uchun shuncha izoh kifoya qiladi.

Shu ergacha nodir ilmlarning asosiylarini arz qildik. Hozirgi ilmlar tamoman bularga o'xshamaydi. Madaniyatli mamlakatlarda tahsilga sazovor ilmlar bisyor va zamon talabiga qarab yana ko'payadi, zero bashar taraqqiyotining onasi ilm va fandir.

Odamlar taraqqiy etarkanlar, ilmlar ham ko'payaveradi. Ammo, siz aytishingiz mumkinki, «biz faqatgina shu nahv, sarf, mantiq va aqoyid ilmlarini o'zlashtirish uchun yigirma yil zo'r beramiz, shunda ham bu to'rt xil ilmni tamoman qo'lga kiritolmaymiz-ku, sen sanagan ilmlarni biz qanday qilib o'rganamiz?» Javobim shuki, to'g'ri, siz 20 yilda 2—3 ta ilmlarni qo'lga kiritolmaysiz, lekin madaniyatli mamlakatlarda bir etti yoshlik go'dak maktabga borib, 16 yil muddatida bularning hammasini o'zlashtiradi. Sabab? Sababi shuki, ularning ilm olish uslublari mukammal, sizniki esa noqis!.. Albatta, shuncha ilmni o'zlashtirish uchun maxsus usul va muayyan chegara mavjud. Lekin hozircha shular bilan kifoyalanaman. Agar tole' menga yor bo'lib, saodat madadkor bo'lsa, sizni shu ilmlar tahsili bilan mashg'ulligingizni ko'rsam, kamoli mamnuniyat bilan bu xususda ham bir maqola yozib, bu mas'alani sizga arz etaman.

(davomi bor)

177.Vali'ulloh Allohning voliysi (ulug' bandasi).
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube