O’zbekiston Xalq Harakati

Toshkentda Karimovning “Bayrami” bo'lib o'tmoqda

Toshkentda Karimovning “Bayrami” bo'lib o'tmoqda
21 Mart 2016 - 8:15 'da yuklandi va 2266 marta o'qildi.

(Toshkentdan jonli reportaj) 

photo_2016-03-21_08-18-45Xabar berganimizdek, Karimov bayrami hisoblangan Navro'z “tantanalari” Toshkentdagi Milliy bog'da avj olib turibdi. Karimov maydonga 10 dan 20 – 25 daqiqalar o'tganda kirib keldi. U ancha horg'in va toliqqan edi. Nutq davomida bir necha marta tomog'ini qirishga to'g'ri keldi, chunki u shu kunlarda tomoq og'rig'iga yo'liqib, ovozi yaxshigina bo'g'ilgandi. Ammo ukol kuchi bilan bir amallab olti betli matnni o'qib berdi. O'z odatiga sodiq qolgan Karimov, albatta, matnda adashdi. Navoiyning tabarruk so'zlarini aytmoqchi edi, ammo Xudo uni bunga munosib ko'rmadi, shekilli, mutlaqo boshqa gapni o'qidi. Aslida, u o'qimoqchi bo'lgan jumlasini yo'qotib qo'ydi va og'izga kelgan gapni aytdi: “Hazrat Navoiyning tabarruk so'zlarini sizlarga qarata aytmoqchiman… (Pauza) Barchangizga bayram muborak bo'lsin! (Kuchanib) Har kuningiz navro'z bo'lsin!”photo_2016-03-21_08-19-01

Qarsaklar, “to'lqinlanib” ketgan olomon o'rnidan turib ham ketdi.

Bu safar hech narsa Karimovning keksaygani va qarimsiq basharasini yashira olmadi. Uning ovozi va har qachongidan ko'ra ko'proq tutilishi uning asl basharasini ko'rsatdi. Karimov nutqi davomida xalqqa ikki marta ta'zim qildi. Tinchlikni maqtadi, yoshlarga dushmanlarga kurashing dedi, xalqimiz hamma narsadan ko'ra omonlik, tinchlikni afzal ko'radi deya 25 yillik ashulasini takrorladi.

Xaloyiqning qarsaklari nima uchun avvalgidek qizg'in va jaranglab chiqmadi.photo_2016-03-21_08-19-14

Biz Konstitutsiya bayrami arafasidagi chiqish Karimovning so'nggi chiqishi bo'ladi deb umid qilgan edik. Biroq u hamon xalq oldiga chiqib “nutq o'qimoqda”. Aqli solim kishilar anglab turibdilarki, har bir nutqi Karimovning bitgan kunidan darak bermoqda.

Ayni paytda aytib o'tilganidek, dongdor va nomdor otarchilar magnitafon ovoziga moslab lab qimirlatmoqdalar, butun maydon ahli majburan raqs tushib, baxtiyor holda iljaymoqda.

O'XHning Toshkentdagi muhbiri

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube