O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ba'zi «haqiqatshunoslar» meni kofir hisobladilar, ba'zi soddadillar esa devona dedilar

Ba'zi «haqiqatshunoslar» meni kofir hisobladilar, ba'zi soddadillar esa devona dedilar
23 Mart 2016 - 3:00 'da yuklandi va 1954 marta o'qildi.

b7Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(19-qism)

ChEKINISh

Banda to nafas olar ekanman, faryod urib tahsil usulimizdagi nuqsonlarni e'tiborli arboblar nazariga havola etaman, lekin, bilmadim, baxtimga qarshi hozirgacha birorta odam gapimga quloq solmadi. Buning ustiga, aytsam, ba'zi «haqiqatshunoslar» meni kofir hisobladilar, ba'zi soddadillar esa devona dedilar. Men bu bo'hton, yolg'on, bema'ni gaplarga parvo qilmayman, zero, bu xalq xizmati yo'lida qilayotgan harakatlarim madhu sano, hurmat-ehtirom, salla-chopon, davlatu boylik, e'tibor uchun emas. Balki mening maqsadim yagona bir narsaki, men uni dunyodagi barcha narsadan aziz va muqaddas deb bilaman. U narsa insoniyat oldida turgan vazifam, boshqacha ibora bilan aytganda, Alloh roziligidir. Men bularning hammasidan faryod chekib, kichigu kattani, yaxshi-yomonni o'zimga dushman qilib shu xoliq Allohni roziligini topishdan o'zgani orzu qilmayman, «sen so'zimga xoh ishon, xoh ishonma».

Lekin meni ma'yus va g'amgin qiladigan holat shuki, ilm toliblari, asli mening maqsadim — ularning hushyorligi; (ular) mendan nafratlanib, xafa bo'lib yuradilar. Chunonchi, yaqinda («Hind sayyohi» degan risolam nashr bo'lgandan so'ng) Buxoroning bir nechta mullavachchalari menga yuborgan maktublarida so'rabdilar: «Nega hamma ahli ilmni o'zingga dushman qilyapsan?» Bu savoldan men ta'sirlanib, hayron qoldim. Shu uchun munosib mavqe' borligida, men ularga ahvollarini bayon qilishni xohlardim. Avvalo, shuni arz qilayki, mening o'zim bir kamtarin tolibi ilmman. Faqat ilm talabi borki, mulkimda bu g'arib mehnatlarimni ortiq baholamadim, ko'p ko'rmadim va o'zimni yana shu sarzaminga tashladim. Bas, meni ilmning va ulamolarning dushmani deb hisoblamoq katta xatodir. Ammo ilm toliblari mening birodalarim va hammaslaklarim. Men har kuni ular orasida yurib, ular bilan birga tahsil oldim. Bugun ham ularning tariqidan (yo'lidan) chetga chiqqanim yo'q, zero, ilm tahsili bilan mashg'ulman. Dunyoda birorta vijdon va iymon sohibi yo'qki, o'z birodar va hammaslaklariga besabab dushmanlik qilsa. Bu chekkan faryodlarim va ularga ravo ko'rgan bu malomatlarim hammasi do'stligimdandir.

Men ham ular kabi o'qidim, harakat qildim, oqibat tushundimki, bizning tahsil usulimizning hech foydasi yo'q, balki bora-bora o'z solik178larini katta falokatlarga duchor qilishi mumkin. Nochor o'zimni u holat girdobidan najot sohiliga oldim va hammaslaklarimning tahsili uchun bel bog'ladim. Shuning uchun, iztirob bilan aytamanki, ey aziz birodarlarim, siz tanlagan yo'lning boshi berkdir, qayting, toki sizni girdobi (bu yo'l) halok qilmasin! Axir insof va andisha lozimdir. Biz turkistonlilar 20 yil muddatida mashaqqat va mehnat qilib tahsil olamiz, u tahsilimiz arab tilida joriy qilinib, o'rgangan barcha ilmimiz diniydir. Shunday ekan, nega fiqhga doir bir mas'alani fiqh ilmini qo'llab echadigan bir olim oramizdan chiqmaydi? Nega aqalli yuz kishini yig'ib hadisi sharifdan dars beradigan fozilimiz yo'q?

Nega ovro'pali olimlarning botil aqidalarini rad qilib, isbotlaydigan mutakallim (bir dono notiq)dan asar ham yo'q? Nega… Nega… Nega…?

Ba'zi soddadillar bu e'tirozlarimizni bejavob qoldirmaylik deb aytishlari mumkinki, «biz o'rganayotgan ilmlarning sabab va vositalari bor, inshoolloh, shu ilmlar tahsili tamom bo'lgandan so'ng, sen aytgan ilmlarni o'qishga kirishamiz, o'sha vaqtda agar xohlasak boshqalarga ham o'rgatamiz» deb. Lekin, bu javob shu qadar puch va bema'niki, hatto eshitishga ham loyiq emas. Bu javobni bergan azizlar juda sodda va beandishadirlar. Bizning oramizda ilm tahsilini tugatganiga qirq yil bo'lgan ulamolar bor-ku, bismilloh… maydon xoli… chiqishsin!.. Farmon berishsin, hadis tafsiri majlislarini tashkil qilsinlar, bizni ham dinan, ham axloqan, ham maishatan qoloq bo'lgan bechora millatimizga hidoyat yo'lini ko'rsatsinlar!

Ulamo hazrati Rasulning noyiblari hisoblanadi. Payg'ambarga noyib bo'lish katta salla o'rab, uyning to'rida o'tirishdan iborat emas. Hazrati Payg'ambar alayhissalom ham hukmdor, ham lashkarboshi, ham xatib, ham tabib, ham imom, ham muallim edilar. Zamonalarining tijorat qoidalaridan xabardor, ummatlariga hatto ziroat usullarini ham o'rgatardilar. Mening orzuim bizning ulamolarimiz hazrati Rasulning haqiqiy noyiblari bo'lib, millatning barcha mushkulotlariga chora topib bersinlar: tojirga tijorat qoidalarini, dehqonga ziroat yo'llarini o'rgatsinlar, axloqsizlarga axloqdan, hukmdorlarga siyosat ilmidan ta'lim bersinlar, bemorlarni tabobat qilsinlar, gumrohlarni hidoyatga boshlasinlar!

Mening faryodlarimga shular yagona sababdir. Lekin biror odamga hech bir vaj'siz dushmanlik qilmaganman, qilmayman ham.

(davomi bor)

178.Solik — bu erda: hammaslak ma'nosida.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube