O’zbekiston Xalq Harakati

Najot yo'lini ko'rsatib, hidoyat yo'liga boshlaydi

Najot yo'lini ko'rsatib, hidoyat yo'liga boshlaydi
26 Mart 2016 - 5:00 'da yuklandi va 1994 marta o'qildi.

IMG_5411Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(20-qism)

Xulosa

Ilm o'rganish musulmonlarga shar'an va aqlan lozimdir. Anvoyi xil ilmlar ko'pdir va dunyoyu oxiratga foyda beradigan ilmlardan tahsil olmasak, ikki dunyo saodatiga erishishimiz mumkin emas. Biz foydali ilmlarning muhim qismini zikr qildik va (ularning) har birini o'rganish lozimligini dalillar bilan arz etdik. Hozir asl maqsadimizni — hikmat haqidagi bahsimizni boshlaymiz.

HIKMAT

Arz qilgan edikki, hikmat bu ilmiy quvvatning fazilati hisoblanadi. Tolib mazkur ilmlarni baholi qudrat egallab, aqaini kamolga etkizsagina diniy va dunyoviy ishlarida haqni botildan, manfaatni zarardan farqlay oladigan bo'ladi. Ya'ni biror ilm yo e'tiqodga duch kelsa, uni aql tarozusida o'lchab, haq va foydali bo'lsa qabul qiladi, nohaq va zararli bo'lsa rad etadi. Hikmat ana shundadir. Har kim bu aqliy fazilatga ega bo'lsa, nafaqat o'zini, hatto boshqalarga ham turli qiyinchiliklarda najot yo'lini ko'rsatib, hidoyat yo'liga boshlaydi. Hazrati Parvardigor Qur'oni karimning «Baqara» surasida yuqori qo'ygan hikmati shudir: «Hikmat ne'mati bilan sarafroz bo'lgan ko'pdan-ko'p (kishilar) xayr-barakotga erishibdi»179.

Imom G'azzoliy va boshqa qadimgi ulamolar hikmatni ikki taraflama isbot qiladilar. Birinchi ifrot180 tarafi va tafrit181 tarafi. Hikmatning ifrot tarafi makru hiyla ishlatish va tafrit tarafi hikmatning nuqsonli bo'lishidirki, buni balohat deydilar. Men hikmatni bunday taqsimlashni qabul qilolmayman. Zero, modomiki, hikmat aql fazilati, aql fazilati esa ilm orqali paydo bo'lar ekan, bas, tahsili ilm chuqurlashgan sayin hikmat ham ko'payib, kamolot darajasiga ko'tarilaveradi.

Ma'lumki, ilmning nihoyasi yo'q. Hikmatning ham haddi va nihoyasi yo'q, demak, ifrot haqida gapirish ortiqcha. Binobarin, hikmatga xilof bo'lgan har qanday narsa, xoh makru hiyla, xoh jahlu nodonlikni kamina hikmatdagi nuqsonlar deb hisoblayman va bahsimga shunday qaror chiqardim. Shulardan tushuniladiki, aql fazilatining kamolidan, ya'ni hikmatdan mahrum bo'lganlar ikki qismga bo'linadilar: birinchi jamoa hikmat fazilatidan butunlay mahrum bo'lganlar, ularning sifatlari balohat182dir. Ikkinchi qism odamlarning hikmatida nuqson borki, buni «hab» deb ataymiz. Biz quyida axloqdagi shu xususiyatlarni hurmatli o'quvchilarga arz qilamiz.

(davomi bor)

179.Baqara surasidan olingan.
180.Ifrot — haddidan, chegaradan chiqish.
181.Tafrit — kaltabinlik.
182.Balohat — nodonlik.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube