O’zbekiston Xalq Harakati

Nega biz boshqalarga taqlid qilamiz?!

Nega biz boshqalarga taqlid qilamiz?!
29 Mart 2016 - 7:00 'da yuklandi va 1972 marta o'qildi.

1248333_originalAbdurauf FITRAT

Najot yo'li

(21-qism)

BALOHAT

Ilm o'rganish vositasida aqliy quvvatlarini kamolga etkazmaydigan va oqibatda aqliy fazilatdan mahrum qolgan jamoaga balohat so'zi qo'llaniladi. Yana shunday jamoa borki, hidoyat izlab harakat qiladilar, ya'ni bilmaganlarini ulamolardan so'rab-surishtiradilar, lekin asli haqiqatni bilishga mayllari yo'qdir. Bu so'nggi jamoa, ya'ni har ishning haqiqatini bilishga va nodonlikning zararini yo'qotishga harakatlari bo'lmaganlar insonlar doirasidan tashqaridadirlar, maxluqsifat, balki maxluqdan ham batgar va besharafdirlar.

«Biz jins va insdan ko'plarini jahannam uchun yaratganimiz muhaqqaqdir. Ularning dillari boru anglay olmaydilar, ko'zlaru boru ko'ra olmaydilar, quloqlari boru eshitmaydilar. Ular chorvalar kabidirlar, yo'q, ular (beaql, befahmlikda) chorvalardan ham battardirlar. Ana o'shalar g'aflatda qolgan kimsalardir», — deyilgan Qur'oni karimda183.

Dunyoda qaysi bir din o'z tobe'larini har bir narsaning haqiqatini bilishga qattiq amr etadi? Ey o'zingizga jahdu g'aflatni tunu kun hamroh qilib olgan musulmonlar! Qur'on hukmiga qarang! Keling, uddalay olsangiz, o'zingizni shu ilohiy kitobdan tashqari chiqaringchi. Lekin, hayhot! Avvalgi jamoa, ya'ni bilmaganlarini ulamolardan so'raydiganlardan ulamolarning javobini aqlu xirad mezonida o'lchab, keyin qabul qiladiganlar va ulamolar so'zlarini ko'r-ko'rona qabul qiluvchi taqlidchilar ham bor. Ammo bundan ham xalos bo'lish mumkin. Mening nazarimda, taqlidiy aqlning zarari jaholat zararidan qolishmaydi.

O'tgan boblarda kamoli ravshanliq bilan isbot qilgan edikki, inson tabiat hukmiga ko'ra taraqqiy etishga majbur. Taqlid kasalligiga giriftor bo'lganlar orqada qolib, oxiri nobud bo'ladilar. Xudovandi karim Qur'onda taqlid va taqlidchilarni mazammat qiladi: «Qachon ularga «Alloh nozil qilgan narsaga erishinglar» deyilsa, ular «Yo'q, bizlar ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo'lsak (ana o'shanga) ergashurmiz» deyishadi. Agar shayton ularni o't azobiga chaqirib turgan bo'lsa ham-a?!»184

Qozi Bayzoviy aytganki, «shu oyati karima bizni taqliddan ochiq-oydin man' qiladi».

«Men odamman, har vaqt sizni biror-bir diniy ishga amr qilsam, qabul qiling, ammo sizni o'zimning ro'paramdan chiqqan biror ishga amr qilsam, bilingki, men ham odamman», — deb rivoyat keltiradi Muslim o'zining «Kitobi fazoilun nabi» (nomli asari)da185.

Hazrati muborak Nabi (s. a. v.) bu hadisi sharifda aytmoqchilarki: diniy xususdagi biror ish mendan sodir bo'lsa, qabul qiling, zero, men diniy amrlarni hazrati Robbil izzatdan ta'lim olaman, ammo boshqa bir narsa xususida gapirsam, uni muhokama qiling va aql tarozusida o'lchang, zero, men ham odamman, xato qilishim mumkin.

Payg'ambar alayhissalom o'zlari bizni taqliddan man' qilganlaridan keyin, nega biz boshqalarga taqlid qila- miz?! Ammo ulamolar so'zini aql bilan tekshirib, haq bo'lsa qabul qilib, botil bo'lsa rad qilganlar. Shubha yo'qki, ular dunyo va oxiratda najot topadilar.

«Gaplarni tinglab, haqni qabul qilganlar, ular Alloh hidoyatga solganlardir, ular sohibi aqldirlar»186. Shu oyati karimadan dalolatki, aytilgan gaplarga quloq solib, keyin ularni aql mezonida o'lchab, maqbul bo'lsa qabul qilib, yomon bo'lsa rad qilganlar haqiqiy najot topguvchilardir.

HAB

Ilmda noqis kishilar aqliy quvvatlarini kamolotga etkaza olmaydilar. Bu esa haqiqiy insoniy vazifalardan g'ofil qolishga olib keladi, egallagan ilmlarini ham loyiq ishlarga sarf qilolmaydilar. Bashariy fazilatlarni maxluqiy havaslar natijasi deb bilib, bir tarafdan, tasbeh o'girib, misvok ishlatadilar, yana bir tarafdan esa, pora olib, zulm qiladilar. Zohiran Allohga iymon keltiradilar-u, lekin Alloh hukmlariga itoat qilmaydilar. Oxiratning rohat va saodatini issiq uylari evaziga fido qiladilar. Agar ularga ertaga falonchi 20 tangangizni zo'rlab olmoqchi, yo mazax qilmoqchi desangiz, tuni bilan beqaror bo'lib, yulduz sanab chiqadilar.

Ammo, vatanimizni jaholat xarob qildi, g'aflat dinimizni zaif qildi, deb har qancha faryod ursangiz ham qilchalik g'am chekmaydilar. «Go'r yonsa ham qozon qaynasin» degan gap ularning xatti-harakatlari asosini tashkil qiladi. Gohida me'dalarini to'ydirish uchun minglab fosiqu fojirlarni qator qilib, jannatiy deb hukm chiqarib yuboradilar. Quloqlari orom olishi uchun ba'zan haqni gapirgan yuzlab komil musulmonlarni qo'l va gardanlarini bog'lab, do'zaxga ravona qiladilar. Shunda din hiylayu tazvir187 domida qoladi, avomni xuddi maxluqlar kabi o'z foydalari uchun ishlatadilar. Ba'zan salom bermay qolsang, g'azabga kelib, ba'zan bir luqma non bersang, shukronasi uchun maqtovingni keltiradilar. Har bir millatning orasida shu kabi odamlar paydo bo'lsa, misoli ombordagi paxtaga tushgan otashdek shu qavmning hayotini tamoman yondirib, kuydiradilar. Inson ixtiyorlarini shunaqa odamlar qo'liga topshirgan qavm ikki dunyo saodatini ko'rmaydi. Shuning uchun islom dini bizni bu jamoaga ergashishdan man' qiladi: «Ey mo'minlar, o'sha donishmandlar, raqiblardan ko'pchiligi odamlarning mollarini nohaq (yo'l) bilan eydilar va Allohning yo'lidan to'sadilar, oltin-kumushini bosib, uni Alloh yo'lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xushxabari»ni etkazing!»188

Din uchun uch ofat bor:
1) fojir foqih189;
2) zulmkor hukmdor;
3) johil mujohid.

«Odamlarning eng yomoni yomon ulamolardir», — deyiladi «Al-jome' as-sag'ir»da. Vaqtiki, ilm olib, uning vositasida balohat va habdek past martabadan xalos bo'lib, hikmatning baland cho'qqisiga erishsangiz, shu vaqt aqliy quvvatingiz komil bo'ladi va sizni ko'zlagan maqsadingiz, ya'ni ikki dunyo saodatiga hidoyat qiladi.

Juda yaxshi, endi faraz qilaylik, biz lozim bo'lgan ilmlarni o'qib, hikmat fazilatini qo'lga kiritdik, uning vositasida aqlimizni komil etdik, shu aqliy quvvatimiz bizni baxtiyor (qilib), ikki dunyo saodatiga etkazadimi? Hargiz etkazmaydi! Ikki dunyo saodatining yo'li shu qadar qo'rqinchli va xatarliki, hech bir quvvat (sizni) bu yo'ldan xatarsiz o'tkazolmaydi, bu yo'l tor va qorong'u, har qadamda minglab jahannamiy handaqlar mavjud. Xudo ko'rsatmasinu agar biror kishi shu handaqqa tushib ketsa, ikki dunyo saodatini xayoliga boshqa keltirmasa ham bo'ladi. Chunonchi, biz aytdikki, insonda aqliy quvvatdan boshqa yana ikki xil quvvat bor: biri shahvoniy, biri g'azab quvvati.

Agar aqliy quvvat sizga yo'lboshchi bo'lsa, hukman lozimki, bu ikki quvvat unga hamroh bo'lib, uning xizmatida bo'lib, amrlariga itoat qilishi kerak. Vaholanki, bu ikki quvvat (ya'ni, g'azab quvvati va shahvoniy quvvat) nihoyatda sarkash va xudbindirlar, har daqiqada necha bor zo'r berib o'zlarini aql farmonidan chiqarishga urinadilar. Agar, Xudo ko'rsatmasin, bir marta aql farmonidan chiqib, o'zlari uchun harakat qilsalar, sizni ikki dunyo saodati yo'lidagi mavjud handaqlarning biriga qulatishlari mumkin.

Shu joyda xotirangizga «modomiki, bu ikki quvvat bizga zarar keltirar ekan, ularning hamrohligi lozim emas» degan fikr keladi. Va, avvalo, shu ikki quvvatni mahv etaylik-chi, ya'ni tarki dunyo qilaylik, — deysiz. Arz qilamizki, bu ham mumkin emas, zero, bu ikki quvvatni o'ldirsangiz, aql sizga yo'lboshchilik qilishdan ojiz qoladi. Shuning uchun shu erda aytsak, shariatimiz ham tarki dunyo qilishni harom qilganini ham esga olaman. Bas, bu ikki quvvatga butunlay beparvo bo'lib, ozod ham qo'ymang, shuningdek, o'ldirmang ham, balki mo''tadil chegarada ushlab turib, aqlingiz farmoniga tobe' qiling.

Ajabo, bu ikki quvvatni tamoman mahv etgan yo erkin qo'ygan suratda nima zarar ko'rar ekanmiz? Mo''tadil chegarada ushlab turgan taqdirimizda ko'rgan foydamiz qanaqa bo'ladi? Keyingi bahslarda ana shu savollarga javob beramiz. Lekin, avval ushbu bahsimizga xulosa qilsak.

Xulosa

Hikmat aql kamolotining natijasidirki, ilm orqali hosil bo'ladi. Odamlar uning vositasida haqni botildan farqlaydilar. Balohat va hab — xudbinlik aqliy nuqsondan, ya'ni hikmatning yo'qligidan hosil bo'ladi.

Balohat nodonlik va taqliddan iborat, bularning ikkovi ham shar'an qabihdir.

Hab — olimona makrdan iborat, bu ham qabih va yomon amalki, shariat bizni bunga ergashishdan man' qiladi.

Aqliy quvvatning tanho o'zi bizni ikki dunyo saodatiga boshlay olmaydi. Balki u g'azab quvvati va shahvoniy quvvatning hamrohligiga muhtojdir.

Ajablanarlisi shundaki, bu yo'lning xatari ana shu ikki quvvatning sarkashligidan zohir bo'ladi. Bu ikki quvvatni tamoman mahv qilish ham, unga nisbatan tamoman beparvo bo'lish ham zarar qiladi. Bas, bu ikkovini e'tidol190 chegarasidan chiqarmaslik zarur.

(davomi bor)

183.Qur'oni karim, A'rof surasi, 179-oyat (tarj.).
184.Qur'oni karim, Luqmon surasi, 21-oyat (tarj.).
185.«Kitobi fazoilun nabi» — Payg'ambar fazilatlari haqida kitob. Imom Muslimning asari.
186.Qur'oni karim, Zumar surasi, 9-oyat (tarj.).
187.Tazvir — firib, makr, aldash.
188.Qur'oni karim, Tavba surasi, 34-oyat (tarj.).
189.Fojir foqih — axloqsiz foqih (fiqh olimi, ulamo).
190.E'tidol — o'rtacha, mo''tadillik. Bu erda: risoladagiday.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube