O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Millatning manfaati uchun harakat qilmagan odam oxirat saodatiga erisha olmaydi!

Millatning manfaati uchun harakat qilmagan odam oxirat saodatiga erisha olmaydi!
01 Nisan 2016 - 7:00 'da yuklandi va 1946 marta o'qildi.

1248688_originalAbdurauf FITRAT

Najot yo'li

(22-qism)

ShIJOAT

Yuqorida arz qilganimizdek, insonning aqliy kuch-qudratidan tashqari yana g'azab quvvati bo'lib, (uning) vazifasi zararlarini daf' etishdir. Lekin ba'zan o'zining haqqiga tajovuz qilib, chegaradan shunchalik chiqib ketadiki, natijada manfaatimizni zoe qiladi. Bu holatni axloq tilida tahavvur191 deyiladi. Bu g'azab quvvati haddan oshishligining bir jihati bo'lib, ba'zan o'z vazifasini ado qilishda sustlik qiladi va zararni daf' qilishga urunmaydi, bu holatni jubun, ya'ni qo'rqoqlik deydilar. Tahavvur va jubun axloqiy nuqson hisoblanadi, odamlarning ikki dunyo saodatidan qaytarib turadi.

Shu ikki qabih sifatlar o'rtasida bir holat mavjudki, mo''tadillik, muvozanat holati, agar g'azab quvvati shu holatda boqiy qolib, aqlga tobe' bo'lsa, foydali xizmat qilishi mumkin. Shu holatni, g'azab quvvatining e'tidol haddini shijoat deydilar. Shijoatda to'rt bo'lim bor, har qaysi shijoat mavjud bo'lgach, ifrot va tafridning haddi hisoblanmish tahavvur va jubundan iboratki, u ham to'rt qismga ajraladi. Biz bu qism va bo'limlarni jadvalda tartib bilan ko'rsatyb, so'ng ularni alohida bahs mavzusiga kiritamiz:

Tafrit E'tidol Ifrot
jubun shijoat tahavvur
baxillik karam isrof
inxizol192 najdat xasorat193
tazabzub194 sabot inod195
hilm (himoriy) hilm (muloyimlik) g'azab

KARAM

Albatta, ikromli o'quvchi-qorilarning xotiralaridan ko'tarilgandirki, biz shu choqqacha ikki matlabni takrorlab kelyapmiz, bundan keyin ham takrorlaymiz. Zero, nafaqat bu kitobning asosi, balki bashariyat hayotining asosi ham shu matlabdan iboratdir. Birinchi matlab shuki, Xudovand odamlarni ikki dunyo saodatiga erishishlari uchun yaratgan. Ikkinchi matlab esa, odamlar ham bu dunyo va oxirat saodatlariga etishishlari uchun bir-birlarini qo'llab-quvvatlashga, madadga muhtojdirlar. Bas, ikki dunyo saodati orzusida yurgan har bir millat namoyandasi birbirlariga madad bersinlar, illo, busiz maqsadlariga erisha olmaydilar. O'z osoyishtaligini g'animat deb bilgan, birovning qo'liga qaramaydigan, millatiga muovanat196 va madad ko'rsatmaydigan odamlarnnng na qavmi, na o'zi ikki dunyo saodatiga erishadi.

Shu joyda qorilarning ba'zilari e'tiroz qilishlari mumkinki, «Turkistonimizda xalqqa madad ko'rsatmaydigan shayx va mullalar juda ko'pdir. Mabodo, mulkimizga o't ketsa ham, shu o'tla o'z qozonlarini andisha qilmay qaynatib oladilar. Shularga qaramay, yana o'zlarini oxirat saodatiga loyiq, deb biladilar. Juda ko'p boylarimiz millatimizdan bo'lgan bechoralarning g'amini xotirlariga keltirmaydilar ham benavolarning nolai zorlarini musiqiy navolardan ko'ra yaxshiroq deb biladilar, shunga qaramay, bu dunyo saodatiga erishganlar.

Bas, ma'lum bo'ladiki, «sening gaplaring puch, bema'no». Ularga javobimiz shuki, na o'sha shayxu mullalar oxirat saodatiga erishadilar va na bu baquvvat boylar bu dunyo saodatiga erishganlar. Agar dalil kerak bo'lsa, dalil bor. Avvalo, millatning manfaati uchun harakat qilmagan odam oxirat saodatiga erisha olmaydi!

Buxoriy va Muslim «Kitob al-iymon»da yozganki: «Mening jonim qudratli qo'lida bo'lgan Zot nomi bilan qasam ichamanki, o'zi uchun do'st tutib, boshqa musulmon uchun shuni ravo ko'rmagan odam mo''min bo'lolmaydi».

Biz hech bir narsani o'zimiz uchun qilib, uning talabida yugursak, bas, boshqa musulmonlar uchun ham shunday yugurib, ularning ham har bir narsada talabini qondirishimiz kerak. Xullasi kalom, o'zimizning manfaatimiz uchun qanday harakat qilsak, millatimiz manfaati uchun ham shu tariqa harakat qilishimiz lozim. Har kim shunday qilolmas ekan, hazrati Payg'ambar qasam ichganidek, mo''min bo'lolmaydi. Binobarin, oxirat saodatidan mahrum bo'ladi.

Ikkinchidan, millatining manfaatini ko'zlamagan odam bu dunyo saodatiga ham etishmaydi; siz aytgan boylarning birortasi bu dunyo saodatiga erishmagan. Bu muddaoning isbotini tafsil qilaman.

Avvalo, taassuf qilib aytamizki, mamlakatimizda boy yo'q. Ha, to'rt-besh nafar boy bo'lib, ular bir miqdor davlat va pulga egalar va biz g'aflat bosganlar nazarida ko'p bo'lib ko'rinadilar. Ammo Ovro'pa va Rusiya boylari nazarida ularning barchasining davlatlarini jamlasa ham bir bosh og'rig'iga sarf bo'lolmaydi. Shoyad «Oyina» majallasining to'rtinchi sonida o'qigan bo'lsangiz, Amerikadagi shaharlarning birida bir shirkat o'zining imorati uchun 25 million so'm ajratgan. Bizning mamlakatimizda nechta tojir bo'lsa ham ularning sarmoyalarini jamlasa o'n millionga etmaydi. Shuning uchun biz aytishga majburmizki, mamlakatimizda zamona xohishiga muvofiq davlati bo'lgan kishi yo'q. Lekin shu ikki-uch nafar nomlarini boy deyayotganlarimizning bizdan ko'ra ko'proq dabdabalari bor: mas'alan, otga minib, suvora jilva qilib ko'zni qamashtiradilar, turli taomlar eb, rango-rang kiyimlar kiyadilar. Ularning hech birini dunyo saodatiga etgan, deb aytib bo'lmaydi. Zero, ular bu dabdabalarini o'z shaharlarida qiladilar. Ammo shaharlaridan chiqib otash aravaga o'tirsalar, hech e'tiborlari qolmaydi. Illat shundaki, millatlarning umumiy hay'atining e'tibori ularda yo'q, millatining e'tibor va sharafi bo'lmagan kishining u qanchalik sharifu boy bo'lsa ham e'tibori bo'lmaydi! Masalan, Buxoro boylarini nazarda tutib tadqiq qiling. Ular har yili bir marta yarmarkaga boradilar. Kogondan chiqqanlaridan so'ng liboslarini almashtirib, salla-chopon o'rniga kamzul va shlyapa kiyib oladilar. Siz gumon qilayotgan bo'lsangiz kerak, bular havaslari kelib ovro'pacha kiyinib oladilar deb. Bunday emas, balki bechoralar majburan libos almashtiradilar, chunki agar Buxoro libosida safar qilsalar, boshqa millatlar ularni masxara qilib, odam o'rnida ko'rishmaydi. Sabab? Chunki sallayu chopon biz turkistonlilarning alomati bo'lib, jahon xalqlari orasida millatimizning e'tibori yo'qligini ko'rsatadi. Shundan bizni har qaerda ko'rgan begonalar masxara va istehzo qiladilar. Bechora savdogarlarimiz shuning uchun liboslarini almashtirib, yarmarkada yuradilar, u erda Ovro'pa savdogarlaridan ko'rgan muomalalari yo iztehzoli kulgi, yo hiylakorona xushomadgo'ylik bo'ladi! Nega boshqalar ularni masxaralab iztehzo qiladilar? Chunki o'zlarining gunohlari bo'lmasa-da, millatlari taraqqiy etmagan, qavmlarining sharaf va e'tibori yo'q. Binobarin, ularning sharaf va e'tiboridan ham foyda yo'q. Bas, ma'lum bo'ladiki, mamlakatimizdagi hech qaysi boy bu dunyo saodatiga erishmaydi, zero bu dunyo saodati bir xona burchagida o'tirib istirohat qilish emas. Bu saodatga dunyo go'shasida nafaqat shaxsi, balki nomi e'tiborli va sharafli bo'lgan kishi muyassardir.

Bizning savdogarlarimiz bunday saodatga qachon erishadilar? Bizning millatimiz jahon xalqlari orasida hurmatu e'tiborga sazovor bo'lsagina, baxtga erishishlari mumkin. Bundan olti oy muqaddam Istanbulga No Kamo nomli yosh yapon sayyohi kelgan edi. U shayton aravasi (velosiped)da uch yil davomida olam kezib, Chin, Hind, Eron, Arabistonlarni aylanib chiqib, bu erga kelganini va bundan keyin shu ikki charxli aravasida Farangistonga safar qilish fikri borligini eshitdim. Shu yigit bilan uchrashishni xohladim. Bir do'stim orqali xonasiga borib, u bilan muloqotda bo'ldim. 26 yoshlardagi bir yigit kursida o'tirib xat yozardi. Yo'ldoshi, ya'ni yapon davlatini kafolati bo'lgan bayroqcha ilingan shaytonaravasi ham ro'parasida turardi. Bizni ehtirom bilan kutib oldi, o'tirdik, uch yil muddatda islomiy mamlakatlarda ko'rgan ajoyibotlarini bizga so'zlab berdi. Suhbat asnosida dilim tang bo'lib so'radim: — Birodar, bepul, yolg'iz, beaslaha bu ikki charxli aravang bilan Arabistonning jonni kuydiruvchi cho'llaridan qanday o'tding? Faraz qildikki, o'zingga taom topib eb, yotar joy ham topding, lekin chumchuqni ham sog' qo'ymaydigan sahroyi arab changalidan qanday xalos topding?

Yapon yigiti menga qarab kuldi-da, qo'lini ko'tarib Yapon davlatining bayrog'ini ko'rsatib dedi: — Shu bayroq meni siz aytayotgan xavf-xatardan, mushkulotlardan muhofaza qildi! Bu kuchli javobdan titrab ketdim, bir lahza sukut saqladim, lekin bu qat'iy mag'lubiyat og'ir botdi, qalbimda bir intiqom tuyib, yigitni gapning zo'ri bilan mag'lub qilish maqsadida dedim: — Birodar, ahdi islom tab'an mehmondo'st va musofirparvar, shuning uchun seni hurmat qilganlar, lekin sen Farangistonga sayohat qilmoqchisan, u erda sening holing mushkul bo'ladi, zero, ovro'palilar hech bir musofirning holiga qarashmaydi.

Lekin No Kamo xotirjamligini buzmay dedi: — Bizning millatimiz o'zining buyukligi va sharafini butun zaminga taratgandir, uning biror-bir vakili dunyoning hech bir nuqtasida mushkulotga duchor bo'lmaydi. Men shunday qavm orasida ham bo'ldimki, yapon millatidan boshqa narsaning nomini bilmaydilar. Keyin men borgan ba'zi mamlakatlarda odamlar bizni iftixor bilan tilga olib maktabda o'z bolalariga dars beradilar. Albatta, ular meni arablardan ham ko'proq ehtirom qiladilar. Mana shuni dunyoning sharafu saodati desa bo'ladi!

(davomi bor)

191.Tahavvur – haddan ziyod va o'rinsiz jasorat.
192.Inxizol — ojizlik, jur'atsizlik.
193.Xasorat — zarar, ziyon.
194.Tazabzub — ikkilanish.
195.Inod — sarkashlik.
196.Muovanat — yordam berish, ko'mak beruvchi.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube