O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Nima qilish kerakki, odamlar juvonmardlik yo'lidan chetga chiqmasinlar?

Nima qilish kerakki, odamlar juvonmardlik yo'lidan chetga chiqmasinlar?
04 Nisan 2016 - 5:00 'da yuklandi va 1856 marta o'qildi.

user91_pic1879_1233359524Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(23-qism)

Hozir yana maqsadimizga qaytsak. Ha, odamlar ikki dunyo saodatiga erishish uchun bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlariga muhtojlar. Lekin insonning tabiatida shaxsiy manfaatini ustun qo'yish mavjud bo'lib, boshqalarga madad berishni unutib qo'yadi, har kim o'z istirohatini o'ylab, karam, juvonmardlik odamlar orasidan ko'tariladi. Buning chorasi nima? Nima qilish kerakki, odamlar juvonmardlik yo'lidan chetga chiqmasinlar? Islom dini buning yaxshi chorasini topib, karam va juvonmardlikni muhim mavqega ko'tarib, karam va juvonmardlarga mukofotlar va'da qiladi: «Albatta, Xudovand karimdir, karimu saxiylarni do'st tutadi va oliy axloqlardan xushnud bo'ladi, pastfitrat odatlarni makruh hisoblaydi», — deb yozilgan «Al-jome' as-sag'ir»da.

(Shu asarda yana) «Yaxshi ko'rgan narsalaringizning bir qismini boshqalar uchun sarf qilmas ekansiz, ikki dunyo saodatiga erishmaysiz. Bir-birlaringizning muovanati yo'lida sarflangan har bir narsani Xudo biladi (ya'ni mukofotini beradi)» (deb yozilgan).

Ma'lumki, hamma ham boy, davlatmand emas, ba'zilar puldor, ba'zilar olim, yana birlari shogird, birlari xatiblar. Shu kasblarning hech biriga ega bo'lmagan jamoa ham bor. Shubha yo'qki, bularning har biri o'zida bor narsani sevadi. Masalan, boy odam pulni, olim ilmini, shoir she'rini, xatib va'z aytishni… va bularga ega bo'lmagan odam o'z jonu tanini aziz deb biladi. Yuqoridagi oyati karima buyuradiki, ularning har biri nimani o'ziga do'st tutsa, shuni boshqalardan ayamasligi lozim. Lekin bu vazifa ko'proq davlatmand, boy odamlarga tegishlidir, chunki insoniyat olamiga boshqa narsa bilan emas, pul bilan xizmat ko'rsatish mumkin. Bu shuki, islom dini boylarimizni ehsonu sadaqa qilishga amr etadi, hatto sadaqaning bir turi bo'lgan zakotni bo'ynimizga farz qilib qo'ygan. Zakot farzdir, berish kerak, ehsonu saxovat ham ilohiy amrdir, uni ham qilish kerak: «Alloh yo'lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilar misoli xuddi har bir boshog'ida yuztadan doni bo'lgan ettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga o'xshaydi (ya'ni qilingan bir yaxshilik etti yuz barobar bo'lib qaytishiga ishora qilinmoqda)»197.

Shu xususda, ya'ni xayru karam sohiblarining oxiratda oliy darajalarga erishishliklariga shak-shubha yo'q, lekin bilingki, bu jamoa qilgan ehsonlari evaziga yuz barobar ziyod mukofot olurlar va bu dunyo mukofoti faqat musulmonlar uchungina emas.

Dinidan qat'i nazar har kim millatining saodati uchun molidan sarf qilsa, uning mukofotini bu dunyoda ko'radi. Butun dunyo shu muddaoning guvohidir, shu axloqiy qoidaning azimat va buyuklik darajasini o'z ko'zingiz bilan ko'rishni istasangiz, turing, yo'l uzoq emas, Rusiya davlatiga sayohatga chiqing, rus millatining rohat va osoyishini ta'minlaganini tomosha qilib, ibrat oling.

Agar sizlar Allohga qarzi hasana bersangizlar (ya'ni, uning miskin-bechora bandalariga infoq-ehson qilsangizlar) u zot sizlarga bir necha barobar qilib qaytarur va sizlarni (ng gunohlaringizni) mag'firat qilur. Alloh o'ta shukur qilguvchi (ya'ni, ozgina yaxshi amal uchun ko'p mukofot ato etguvchi) va halimdir!»198 «Allohga qarzi hasana (ixtiyoriy qarz) beradigan kim borki, (Alloh) unga bir necha barobar qilib qaytarsa…»199 Ushbu oyati karimaning ikki muhim jihati mavjudki, ularning har biri karimlarning baland martabalariga va javonmardlarning saxovatiga guvohdir.

Avvalan, Allohi karim o'zining bu amrini so'roq tarzida berib «Man zallaziy?» ya'ni «qarz beradi» farmoni o'rniga, «Kim qarz beradi?» deyapti. Qur'oni karim mutolaasi bilan mashg'ul bo'lganlar yaxshi biladilarki, shu savol tarzidagi «man zallaziy» jumlasi yuksak maqomlardan bo'lib, muhim amrlar xususida ishlatiladi. Chunonchi, farmon beradiki, «man zallaziy ya'simakum minalloh», ya'ni «Kim sizni Allohning qahridan xalos qiladi?» «Man zallazi yafshu andahuillo biiznihi», ya'ni «kim sizni Allohning iznisiz shafoat kiladi?» Ko'rilgan oyatda karamu saxovatning ulug'ligi darajasi ko'rsatilib, «man zallaziy» ishlatilgan.

Ikkinchidan, Hazrati taolo «qavmingiz saodati yo'lida molingizni sarflang» amri o'rniga, «menga qarz bering» demoqda, ya'ni bu shuki, karamu saxovat yuksak martabadir va karampesha, saxovatpeshalar, albatta, o'z mukofotlarini ko'radilar. Binobarin, Alloh ularning sadaqalarini o'ziga berilgan qarz deb hisoblamoqda.

Diqqat qiling-a, bu ilohiy marhamat va inoyat maxsus boy va davlatmandlar uchundir, agar faqir va miskin kishilar butun umr ibodat qilib yo dunyoi jahon ilm olib o'tsalar ham bu sharafu saodatga erisholmaydilar!

Bu borada Qur'oni karimda nihoyatda ko'p oyatlar kelgan, biz shular bilan kifoyalanamiz-da, Payg'ambarimizning ikki-uch tabarruk sahih hadislarini zikr qilamiz… Imom Buxoriy «Kitobul-ilm»ida «Kishilarning martabasiga rashk qilmaslik kerak, faqat ikki xil martaba bundan mustasno. Avvalo, Alloh mol ato etib, o'sha molni Alloh rizoligi yo'lida sarf etgan kishining martabasi, so'ng Alloh foydali ilm berib, u shu ilm asosida xalq orasida hukm qilib, odamlarga ta'lim beradigan kishining martabasi» degan.

Imom Muslim «Kitobul vasiyat»ida «Odam vafot etsa, unga qilgan uch amalining savobi etib turadi: avvalo, sadaqai joriyasi (kunda qiladigan xayru ehsoni)ning savobi; foydali ilmining savobi va uni duo qiluvchi solih farzandining savobi» degan hadisni keltirgan.

Ikromli o'quvchilarimiz shu hadislarga diqqat qilgan bo'lsalar, ikki hadis ham saxiy va karampesha boylarning zikri olimlarning zikridan ham oldin kelgan, bu ham ularning ulug'ligining alomatidir. Ha, karampesha boylar ulug'dirlar, ularning martabalari boshqa odamlarning martabalaridan yuqoriroqdir, zero, millatning hayoti, uning intizomi ularning himmatlariga bog'liq. Agar bizning boylarimiz ham shu ilohiy amrlarga amal qilib, shunday sharafu saodatga o'zlarini xaridor qilsalar, shu kundan boshlab vatanimiz obodlik yo'liga, millatimiz saodatu osoyish tomon qadam qo'ygan bo'lar edi.

Albatta, bu gapga ba'zi odamlar e'tiroz bildirib: «Mamlakatimizda har doim xayradaqalar qilinadi. Odamlarimiz tez-tez Alloh yo'liga ancha pul sarflaydilar. Bas, nega biz taraqqiy etmaymiz?» — deyishlari mumkin. Javob beramanki, avvalo, «odamlarimiz ancha pul sarflaydilar» degan gap noto'g'ri, chunki bizning zamonamizda falonchi gadoyga yo falonchi xojai nazrxo'rga berilgan besh yoki etti tanga «ancha pul» emas. Boshqa xalqlarning sohibdavlatlari bu yo'lda millionlab pul sarflaydilar. Bizning odamlarimiz esa o'sha sarflagan besh-etti tangalarini ham munosib yo'llarga sarf qilmaydilar. Masalan, bir kishi etti tangasini falon mozorga berib yuboradi, u pul esa biron bir g'ayrimustahiq200 xojaning cho'ntagiga tushadi yoki falon bir kishi o'n bir tangasini falon bir xonaqohga beradiyu u pullar ikki-uch nafar odamning oshqozonini to'ldiradi. Falon bir nazrxo'r, yo falon bir jahriyning… me'dasiga ketgan bir necha tanga, albatta, millatning mulkiga foyda keltirmaydi. Boz ustiga, bizning joylarda qilinayotgan bu xudoyilar ikki jihatdan shar'an haromdir. Avvalo, nazr berishning o'zi nojoyiz. Chunki «Nazrni istamang, zero, nazr qadarni (ya'ni Allohning qonunini) va taqdiringizni o'zgartirmaydi», deb yozilgan Muslimning «Kitobun-nazr»ida. Undan keyin hech bir nazrxo'r muhtoj emas, muhtoj bo'lmaganga sadaqa berish isrof hisoblanadi.

Aytishingiz mumkinki, «lekin biz gadoylarga sadaqa beramiz, ular esa muhtoj-ku» deb. Javobim shuki, islom uzrsiz, sababsiz gadoylik qilishni harom qilgan, uzri bo'lmagan gadoylarga pul berishni man' qilgan. Biz mazkur risolamizda shu jihatni uzundan-uzoq isbotladik. Binobarin, bu joyda zikr qilishni lozim ko'rmadik, inshoolloh, gadoylik mas'alasini ham maxsus bir faslda mutolaa qilursiz.

Shunday qilib ma'lum bo'ldiki, bizning boylarimiz qur'oniy amrlar bo'yicha xayru saxovat qilmas ekanlar, demak, ularning xayrlari vatanimizga foyda keltirmaydi. Faraz qilaylikki, hamma boylarimiz insofga kelib, ilohiy farmonlarga binoan xayru ehson qildilar. Bas, qanday qilinsa, bu xayr-ehsonlardan vatanu millatimizga foyda keladi? Hozir shu bahsga navbat keldi.

(davomi bor)

197.Qur'oni karim, Baqara surasi, 261-oyat (tarj.).
198.Qur'oni karim, Tag'obun surasi, 17-oyat (tarj.).
199.Qur'oni karim, Baqara surasi, 245-oyat.
200.Mustahiq — haqli, loyiq. Bu erda: g'ayrimustahiq — noloyiq.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube