O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Alloh barchamizga haqni ko'ruvchi ko'z va haqiqatni eshitguvchi quloq ato qilsin!

Alloh barchamizga haqni ko'ruvchi ko'z va haqiqatni eshitguvchi quloq ato qilsin!
07 Nisan 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1937 marta o'qildi.

437_001Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(24-qism)

Arz qilganimdek, karamu saxovat odamlarning saodati yo'lida sarflangan mollardan iborat. Boshqacha ibora bilan aytsak, karamu saxovat millatga madaddir. Bas, millatning ehtiyojlarini tadqiq nazaridan o'tkazsak, ma'lum bo'ladiki, hech bir millatning ehtiyojlari bir xil emas, bir millatning turli xil ehtiyoji bo'ladi: ilmiy ehtiyoj, dehqonchilikka ehtiyoj, tijoratga ehtiyoj, diniy ehtiyoj va boshqalar. Inchunin, millatimiz ham har xil ishlarda bir narsaga bir jihatdan emas, balki turli jihatlardan muhtojdir. Masalan, ba'zilar ekishga muhtojlar, ya'ni o'zlari dehqonlar-u, lekin ekinga erlari yo'q, yo erlari bo'lsa ham, ekishga asbob-vositalari yo'q, ekin ekadilar, lekin ekkanlaridan o'zlari bahra olmaydilar. Shuning uchun ham ularning bir qismi qo'llarini ishga urmay yo gadoylik, yo o'g'rilik qiladilarki, bu ishlar millatlarini behuzur, hukumatlarini bee'tibor, mamlakatlarini xarob qiladi… Ilmga muhtoj jamoa esa iste'dodlari bo'laturib, kitoblari yo'q, kitoblari bo'lsa ham, istiqomat qiladigan joylari yo'q, turadigan joylari bo'lsa ham, ro'zg'orga xarajatlari yo'q yoki bularning hammasiga ega bo'lsalar ham ilm tahsil qiladilar, ammo bu tahsildan foyda olmaydilar. Shu sababdan bir qism jamoamizning umrlari zoe ketib, olamning intizomi bo'lgan ilm o'rtamizdan ko'tariladi. Alo hazal qiyos201.

Shu ehtiyojlarning har biri bir mulkni xarob, millatni esa bee'tibor qilishga etarlidir. Bas, karam va saxovat arboblaridan lozimki, shu ehtiyojlarni daf' qilsinlar, ya'ni millatning har bir vakili shariat hukmi asosida, yuqorida tarjima qilingan oyat kabi, «hatto tanaffaqu mimo tuhibbun»202 fatvosiga ko'ra boylar pullari bilan, olimlar ta'lim bilan, shoirlar she'rlari bilan, xatiblar va'zu nasihat qilib bir-birlariga ko'mak berib, uning soyasida mazkur ehtiyojlarni yo'qotib, millatlarini saodat yo'liga boshlasinlar. Shunga e'tiboran Qur'oni karimda oyatlar mavjud. Imom Buxoriy «Kitobul-mazolim»ida «Hamma ahli iymon bir-birlariga madadkorlar» deb yozgan.

Imom Muslim esa «Kitobul-bar»ida «Mo''minlar bir xonaning devorlariga o'xshaydilar va bir-birlarining yordamlari soyasida ustivor bo'ladilar», — degan.

Ammo shuni ham bilish kerakki, bir odam aksar ishlarni tugatishda ojizlik qiladi. Mashhur misolda aytilganidek, «bir qo'ldan sado chiqmaydi». Shunga binoan faraz qilaylik, millatimizning har bir shaxsi karamu saxovat ko'rsatib, har kim o'zicha, bir-birlari bilan kengashmay yordam ko'rsatmoqchi bo'lsalar, bularning karamu saxovatlaridan yaxshi natija chiqishi amri maholdir. Masalan, tasavvur qiling, siz o'zingiz tanho xalq xizmatini bo'yningizga oldingiz, bilasizki, xalq ekish-terishga muhtoj. Fikr qilasizki, agar falon bir dehqonga bir miqdor pul bersangiz, mamlakatning dehqonchiligiga foyda etadi. So'ng bir dehqonni olib kelib pul berasiz va shu pulni olib dehqonchilikning kamu ko'stiga ishlatib, ekishga mashg'ul bo'l, deysiz. Lekin, avvalo, siz shu dehqonning yordamingizga muhtoj ekanligini qaerdan bilasiz? Ikkinchidan, shu kishining pulingizni olib oz vaqt o'tgach, eb ketishi yo nobud qilishi mumkin emasmi? Har ikki taqdirda ham sizning bu ehsoningizdan millat foyda ko'rmaydi.

Agar shu mas'alani tarbiyaga muhtoj bo'lganlarga tatbiq qilsak ham ehsoningizni nobud bo'lishi zohiran ma'lum bo'ladi. Masalan, mamlakatimizda tarbiyaga muhtoj go'daklarning ko'pligini bilasiz. Ular tarbiya olmasalar ham dinga, ham vatanga zarar etkazadilar. Siz shu yo'l bilan dinga va millatga foyda keltiray, deb azm qilasiz. Lekin qanday qilib yordam berasiz? Agar bu bolalarning har biriga bir qancha miqdordan pul bersangiz, uni nobud qiladilar, axloqlari esa battar bo'ladi. Bir qanchasini uyingizga olib kelib boqib tarbiyalasangiz, umringizdan bezdirib yuboradilar. Ularni olib kelsangiz, qanday qilib ta'lim va tarbiya berasiz? Shubha yo'qki, bu ishlarning barchasini o'zingiz qilolmay, yana xayru ehsoningiz zoe' ketadi, foydasini ko'rmaysiz. Bu shunga dalolatki, bir mulkning yagona shaxsi har qancha davlatmandu olim bo'lmasin, har qancha saxovat ko'rsatmasin, bir o'zi bu ijtimoiy echimlarni hal etish uddasidan chiqolmaydi!

Bas, chora nimada? Chora shundaki, millatning karim va saxovatpeshalari vatanga bermoqchi bo'lgan yordamlarini bir-birlari bilan kengashmay turib berolmaydilar.

Shu tariqa himmat sohiblari guruh-guruh ittifoqlar tuzib, turli xil jamiyatlar tashkil qiladilar, har bir jamiyat millatning bir nav' ehtiyojini e'tibor nazariga olib, shuning uchun harakat qiladi. Masalan, ilm nashri jamiyati, etimlarni himoya qiluvchi jamiyat, dehqonchilikni isloh qilish jamiyati, tijoratni rivojlantirish jamiyati, muhtojlarga yordam ko'rsatish jamiyati va boshqalar. Shunday jamiyatlarning birini tashkil qilish vaqtida, avvalo, uning xatti-harakati va vazifalarini kengash qaroridan o'tkazib, bu xususda qonun qabul qilib, u jamiyatning maslak va maqsadlari e'lon qilinadi. Masalan, shu tariqa mamlakatning dehqonchilikka ehtiyoji bo'yicha jamiyat ta'sis qildik, nomini «ziroatchilik islohi» deb atadik, maqsadini belgiladik. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun harakat qilamiz. Jumladan, ziroatchilik maktablarini ochish, turli mamlakatlardan ekish-terish mashinalarini keltirib, dehqonlarga tarqatib berish, hozirgi zamon ekish usullaridan ularga ta'lim berish bizning vazifalarimizga kiradi. Shu tariqa e'lon qilingach, jamiyat barpo bo'lgach, bir quti, ya'ni xazina tayyorlaymiz. Unga yordam berishni xohlagan har bir kishi pul tashlaydi. Jamiyatning jamg'armasi etarli miqdorga etgach, u ishini boshlab yuboradi. Etimlarni himoya qilish va tijorat taraqqiy qilishi jamiyatlari ham shu yo'sinda qaror topadi. Shu zayl millat xayru saxovati muntazam bir shaklga kirib vatanning dardlariga malham bo'ladi. Islom dini bizni shu tariqa harakat qilishga amr qiladi: «Ilohiy amrlarni qabul qilgan odamlarga Allohning rahmati cheksizdir. Ular namoz o'qiydilar, har bir ishni kengashib qiladilar va biz bergan rizqimizdan xayru ehson qiladilar»203.

Hazrati Xudovandi karim shu oyatda bizni kengashib ish qilishga va xayru ehson qilishga buyuradi. Bas, agar biz beradigan xayru ehsonimiz xususida ham kengashsak, albatta, ulkan ajrga ega bo'lamiz…

«To'rt kishi uch kishidan, uch kishi ikki kishidan, ikki kishi bir kishidan yaxshiroqdir. Bas, siz har bir ishingizni jamoat bo'lib ijro etingiz, zero Alloh mening ummatimni savob ishning boshida jamlaydi», — deyilgan «Al-jome' as-sag'ir»da. Shu kitobning boshqa joyida «Alloh jamoatga nigohbondir», — deyilgan. Men aminmanki, agar oramizda saxovat va karam arboblari ko'paysa, ehsonlarini shu aytilgan tarzda ado etsalar, millatimizni jahlu g'aflat girdobidan chiqarib, ham bizni, ham o'zlarini ikki dunyo saodatiga etkazadilar. Aks holda, faqat oxiratda emas, balki bu dunyoda ham olam qavmlarining eng xoru zor va e'tiborsizi biz bo'lamiz.

«Agar hokimingiz yaxshi amalli va boylaringiz saxovatpesha bo'lib, ishlaringizni mashvarat qilib bajarsangiz, ul vaqt siz uchun er ostidan ko'ra er usti yaxshiroq bo'ladi, ya'ni yashash, hayot kechirish haqqiga molik bo'lasizlar. Agarchi, hokimingiz badkirdoru boylaringiz baxil bo'lsalar, ishlaringizni xotinlar bilan kengashib qilsanglar (ya'ni o'rtalaringizdan mashvarat yo'qolsa), ul vaqt siz uchun er ustidan tuproqning tagi afzaldir, ya'ni yashash haqqiga sohib bo'lolmaysiz, xor va bee'tibor bo'lasiz», – deb yozilgan «Al-jome' as-sag'ir»da.

Shu bilan ushbu mavzuda yozganlarim kifoya, bundan ortig'ini yozishga na menda va uni o'qishga na sizda toqat bor. Alloh barchamizga haqni ko'ruvchi ko'z va haqiqatni eshitguvchi quloq ato qilsin!

(davomi bor)

201.Ala hazal qiyos — va shu kabilar.
202.«Hatta tanaffaqu mimo tuhibbui* — ma'nosi: «Odamlar xayr-ehson qilgan vaqtlarda seni sevadilar».
203.Qur'oni karim, Sho'ro surasi, 38-oyat.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube