O’zbekiston Xalq Harakati

Dunyodagi qavmlarning nobud bo'lish sabablaridan biri isrofgarchilikdir…

Dunyodagi qavmlarning nobud bo'lish sabablaridan biri isrofgarchilikdir…
10 Nisan 2016 - 6:00 'da yuklandi va 2244 marta o'qildi.

pc1Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(25-qism)

ISROFGARChILIK

Ma'lum bo'ldiki, karam Allohning yo'lida mol sarflashdir. Bu axloqiy fazilatdan mahrum bo'lganlar ikki toifa kishilaridir. Birinchi jamoa, umuman, mol sarflashga rozi bo'lmaydilar, ular nafaqat millatlariga, balki xeshu aqrabo, hatto xotin, bolalariga ham foyda keltirmaydilar, oiladagilari doimo och, muhtoj yuradilar. Bu axloqiy kasallik — baxillik, unga mubtalo bo'lgan kishi baxil deb ataladi. Ikkinchi guruh mollarini Alloh yo'liga emas, faqat nafsoniy havaslarining yo'liga sarf qiladilar, undaylar isrofgarlar deyiladi. Endi biz ana shu isrof haqida bir oz suhbatlashsak. Bilasizlarki, sarvat, ya'ni molu mulk inson hayotida katta ahamiyatga va e'tiborga ega, bizning zamonamizda bir shaxsning tirikligi, mulkning boqiyligi, millatning saodati ana shu sarvatning mavjudligi bilan bog'langan. Odam bir kunlik umrini ham pulsiz o'tkazishi maholdir. Go'dak ona qornidan chiqqach, uning beshigi va boshqa narsalarga pul kerak bo'ladi. Sal katta bo'lsa, ovqat eydi — pul kerak, maktabga chiqadi — pul kerak. Balog'atga etgach, xotin oladi, uy-joy qiladi, bular ham pulsiz bo'lmaydi. Umri oxiriga etgach, unda ham tobutu kafan, lahadiga ham yana pul kerak bo'ladi. Xulosa shuki, har birimiz tavalludimizdan to lahadga tushgunimizgacha pulga muhtojmiz. Faqat bu dunyoviy ishlarimizdagina emas, balki diniy hayotimizda ham pulga muhtojligimiz kamaymaydi. Ibodat tarzini qaerdan o'rganamiz? Maktabdan. Maktabda o'qish uchun esa pul kerak. Namozni qaerda o'qiymiz? Masjidla. Masjid qurishga ham pul kerak. Hajga borsak pul darkor. Zakotgachi, ungayam pul darkor. Bularni qo'yib turaylik-a, bugun er yuzida uch yuz ellik million musulmon bor, agar ular yashashlari uchun pul topmasalar bir haftada ochlikdan o'lib, dunyoda musulmonlardan asar ham qolmaydi.

Yoki faraz qiling, butun olam musulmonlari faqiru miskin yursalar, begonalar bizning dinimizni gadoylar dini deb mazax qilib tahqirlagan bo'lar edilar. Shuning uchun aytish mumkinki, pulsizlik nafaqat dunyoviy ishlarimizda zarar keltiradi, balki diniy vazifalarni bajarishga ham xalal beradi. Bas, pulini bilib turib nobud qilgan odam o'zini o'zi qatl qilgan odamga o'xshaydi. Saxovatpeshalar millat uchun pul-mollarini sarflab, bir necha barobar ziyod mukofot olurlar. Boshqachasiga aytgan- da, o'sha xayru saxovatdan yana pulu mol qaytar. Lekin isrofgarlar cho'ntagidan chiqadigan har mablag' yana qaytib keladimi? Bu shunga olib keladiki, oz vaqt o'tmay isrofgarlar ishdan chiqib, miskin gadoga aylanadilar. Vakillari isrof kasalligiga yo'liqqan millat, shubha yo'qki, nobud bo'ladi. Agar olam tarixiga nazar solsangiz, dunyodagi qavmlarning nobud bo'lish sabablaridan biri shu isrofgarchilikdir.

Bizni ikki dunyo saodatiga chaqiruvchi ahmadiya nuri shariati isrofni qat'iyan man' qilgan: «(Ey Muhammad), qavm-qarindoshga, miskin va yo'lovchiga (xayru ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka yo'l qo'ymang. Chunki isrof qilguvchilar shaytonlarning do'stlari bo'lgan kimsalardir. Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir bo'lgandir… (Baxillik bilan) qo'lingizni bo'yningizga bog'lab ham olmang. Isrofgarchilik qilish bilan uni butunlay yozib ham yubormang. Aks holda, malomat va nafratda qolursiz»204. Bu oyati karima bizni isrofdan man' etib, uning zararini tushuntiradiki, agar isrof qilsang, andak vaqt o'tmay pullaring tamom bo'lib, xalq orasida malomatta qolib badnom bo'lasan, qo'lingdan ketgan pullaring uchun hasrat chekasan, lekin u vaqt pushaymondan foyda bo'lmaydi. Qur'oni karimda «valo tasarrifu» (isrof qilmang) va «innahu lo yuhibbul-musrifin» (haqiqatda isrofgarlarni U sevmaydi) qabilidagi oyatlar anchaginadir, ular bizni isrofdan man' qiladi. Ne qilaylikki, biz bechoralar shu gunohi azimga ham giriftormiz, ajablanarlisi shundaki, ba'zi bir Xudodan qo'rquvchi kishilarimiz tahorat vaqtida gunoh bo'ladi deb, suvni kam ishlatadilar-u, ammo ramazon kechasi iftor uchun ikki-uchta odamga savob deb yuzlab tanga sarflaydilar! Bilmaydilarki, bu tariqa ziyofatlarning isrofi tahoratdagi suv isrofidan ming barobar ortiq. Va, alhosil, bu kabi holat millatimiz orasida kamol topib yuribdi va odamlarimiz har bir ishda turli jihatlardan isrof qiladilar. Eng katta isrofgarchilikning biri bizning to'ylarimizdir. Shu o'rinda bu haqda aytib o'tishni munosib ko'rdik.

Odamlar ikki dunyo saodatiga etishishlari uchun xalq qilinganlar, taraqqiy topib olg'a bosishlari uchun doim izlanib harakat qilishlari lozim, lekin doimiy harakatdan odam dilgir bo'ladi va ba'zan istirohat va dam olishi ham kerakdir. Har bir millat rohat qilib dam olishi uchun bir vaqt tayinlaydi. Shu vaqtda ishdan bo'shab, osoyish topadi. Odamlar bir-birlarining yordamlariga muhtoj bo'lganlari uchun oralarida do'stlik, muhabbat ham bo'ladi. Shu jihatdan gohi-gohida ishdan bo'shab, bir-birlarinikiga bordi-keldi qilib do'stliklarini izhor etishlari lozim.

Bayram va to'y shu jihatdan paydo bo'lgandir. Bayram va to'ylar har bir millatda mavjud deb, ularni odamlarning o'zi ixtiro qilgan. Ularni to'y va bayramlardan qaytarish mumkin emas, chunki ularning ham o'ziga yarasha foydasi bor. Xususan, to'ylar aqlu himmatga muvofiq o'tsa, ko'p foyda keltiradi. Avvalo, bir necha kishi bir joyda jam' bo'lib, taom eb, suhbat quradilar, bu bilan ularning aloqalari mustahkamlashadi. Ikkinchidan, bu jamoa mamlakat ahvoli va millat ehtiyojidan bahsu muzokara yuritadilar. Uchinchidan, ancha-muncha faqiru miskinlar to'y dasturxonidan bahramand bo'ladilar. Shu hikmatlarni nazarga olib, islom dini to'ylarni man' qilmagan. Lekin, islom ahli bu xayrli amrni suiste'mol qilmasliklari uchun chegara tayin qilinganki, har bir to'y shu chegarada o'tsa savob, undan chetga chiqsa hazrati Rasul amriga ko'ra gunohbo'ladi. Ular aytganki: «Nikoh to'yida bir kun taom berish sunnat, ikki kun taom berish isrofgarchilik, uch kun taom berish riyokorlikdir». Va yana ular: «Faqat boylar xabar qilinib, kambag'allar chaqirilmagan to'yning taomi eng yomon taomdir», — deb aytganlarini Buxoriy va Muslim «Kitob ul-nikoh»da bilittifoq keltirganlar.

Shu ikki hadisdan ma'lum bo'ladiki, to'yda bir haftalab taom berish, choponlar kiygizish, faqat boylarga xabar berib, kambag'allarni mahrum qilishning hammasi hazrati Payg'ambar sunnatlariga zid ekan.

Janob risolatpanohning amriga muvofiq to'y qilishni xohlagan odam choponu qand tarqatmasin, kambag'al va boylarni teng ko'rib, bir kun yo ikki kun taom bersin. Shu tariqa qilingan to'y shariatga muvofiq savobli va foydali bo'ladi. Savobi shuki, shu bahonada vatandoshlar jam bo'lib, birodarlik aloqalari mustahkam bo'ladi va ba'zan mulku millatning ehtiyojlaridan so'zlaydilar. Foydasi shuki, besh yuz tangadan ortiq pul sarflanmaydi. Besh yuz qaerdayu ellik ming qaerda? Ammo bizning zamonamizda o'tayotgan to'ylar isrofgarchiliqdir, islom amriga xilof, gunoh, aqlga teskaridir. O'n yashar bola ham bunday to'ylarning qabohatini idrok qila oladi. Ammo oqilu balog'atga etgan katta odamlarning o'zini tushunmaslikka solishiga nima chora qilish mumkin? Bugun biz taniydigan boylar orasida topgan halol sarmoyalarini to'y va ziyofatlarda nobud qilib, ishdan chiqib, bee'tibor, xonanishin bo'lib o'tirganlari qancha? Ulardan «Shu to'yga sarflagan ellik ming, oltmish ming pulingiz bugungi kuningizga foyda keltiryaptimi? To'yingizdan to'n kiyib, qand olib ketgan odamlar bugun ishingiz yurishmayotganda besh tanga bilan sizga yordam ko'rsatyaptilarmi?» — deb so'raymiz. Albatta, «Yo'q!» — deb javob berishlari aniq. «Fataq'uda ma'luman mahsuro»205 oyatining ma'nosi mana shu!

Ilova qilib aytsak, bu kabi to'ylar muhabbatu birodarlikni ko'paytirish o'rniga, nifoqu dilsiyohlikka vosita, hatto ba'zan fitna-fasodga sabab bo'ladi. To'y asnosida ba'zi boylar orasida bo'lib turadigan janjal va beobro'liklar bunga guvohdir. Ammo falonchi doirachi va suranaychining dunyoning falon bir chekkasidan besh yuz tanga evaziga keltirish, falon bir raqqosani qay bir jahannam go'shasidan ming tanga berib chaqirib, uzun tunlar minglab besaru badmastlarni to'plab bazm berish harom, fisq, ikki dunyo yuz qoraligiga sababdir… Shu ma'noda: «Alloh sizga molni yashashingiz uchun vosita va hayotingizning nizomi qilib bergan, uni ahmoqlik va nodonlik bilan besaranjom, betartib sarflamang!» degan oyat ham bor206.

(davomi bor)

204.Qur'oni karim, Al-Isro' surasi, 26—29-oyatlar.
205.«Fataq'uda ma'luman mahsuro» — oyati karimaning zohiriy tarjimasi: «U erdagi yig'ilishlarning zararli ekani ma'lum».
206.Qur'oni karim, Niso surasi, 5—6-oyatlar.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube