O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Har kimning fayzi uning himmatiga mos bo'ladi…

Har kimning fayzi uning himmatiga mos bo'ladi…
13 Nisan 2016 - 7:00 'da yuklandi va 1770 marta o'qildi.

pc17Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(26-qism)

BAXILLIK

Bu axloqiy razillik isrofdan ham battardir, zero, ziyoni isrofning zararidan ko'proq. Isrofkorlar bir nav' bo'lsa ham odamlarga foyda berishlari mumkin, ammo baxillar hech kimga hech qaysi yo'lda manfaat keltirmaydilar. Baxillar o'z insoniy vazifalariga muvofiq yurmaydilar, binobarin, vujudlaridan bashariyatga uyat va nomusdan boshqa narsa kelmaydi. Har bir qavm orasida baxillar ko'paysa, qavm hayotiy huquklarini muhofazasidan ojiz qolib, xohlasa-xohlamasa nobud bo'ladi. Masalan, odamning badanini ko'z oldingizga keltirsangiz, uning har bir a'zosi muayyan vazifani ado etishini ko'rasiz: qo'li ishlaydi, oyog'i yuradi, tishlari chaynaydi, ko'zlari ko'radi, qulog'i eshitadi. Agar shu odamning hamma a'zosi yoki ulardan biri ishdan chiqsa ham odamlar orasida xor-zabun, muhtoj bo'lib yuradi. Bir millatning ijtimoiy holati (tarkibi — tarj.) bir ma'naviy shaxs kabidir. Agar a'zolarining bir qismi o'zining vazifasini ado qilmasa, u millat xoru zor, balki mahvu nobud bo'ladi. Ikki dunyo saodatidan mahrum qolmay degan har bir qavm bu zararli sifatni o'zidan yiroq qilishi kerak. Shuni e'tiborga olib, islom dini bu yomon illatni man' qiladi: «Ey odamlar, infoq (ya'ni Alloh yo'lida mol sarflash) qilinishi da'vat etilgan edi, bas, ba'zilaringiz baxillik qildingizlar. Baxillik qilgan odamga, shubha yo'qki, baxilligidan o'ziga zarar etadi, zero, Alloh g'anidir (ya'ni, sizning ehsonu xayringizga muhtoj emas). Balki sizning o'zingiz faqiru muhtojsiz (ya'ni, Alloh ehson va sadaqa qilishlikni sizning foydangiz uchun buyurgan). Agar ilohiy amrlarga bo'ysunmasangiz halok bo'lasiz va Alloh sizning o'rningizga bir qavmni keltiradiki, u qavm Unga itoat etadi»207.

«Alloh roziligi yo'lida bir-birlaringizning saodatlaringiz uchun mol sarflanglar va o'zingizni o'zingiz tahlikaga solmangki, zero baxilligingiz sizni va qavmingizni halok etadi»208.

«Alloh ularga bergan mollarini Uning rizoligi yo'lida sarflashni xohlamaganlar gumon qiladilarki, baxilliklaridan foyda keladi deb, yo'q, baxilliklari o'zlariga zarar keltiradi»209.

Baxillar jamoasi millatimizga foyda keltirmay, balki bir dunyo-jahon zarar etkazadilar. Bugun millatimizga ulardan etayotgan zararni hisoblab bo'lmaydi. Masalan, ularning «foydaxo'r» deb nomlangan bir qismi millatimizning qonini sharbat o'rniga ichmoqda, aksar badbaxt dehqonlarimizga ellik tanga berib, yuz tangaga qarzdor qilib qo'yadilar, yana shu yuz tangani ham bir foiz yo ikki foiz foydasi bilan oladilar! Ya'ni, o'sha ellik tangani bir oydan keyin ellik barobar qilib oladilar. Taajjubki, bu noinsofliklarni ulamolarning himoyalari soyasi va muftilarning fatvosi, qozilarning muhri bilan bajaradilar!

Ribo ham millatimizning badbaxtligiga katga sababdir. Shuning uchun bu masala xususida sukut saqlamay andak hasbi hol qilamiz. Riboning haromligini hech kim inkor etolmaydi, shuning uchun uning haromligini isbot qilib o'tirmasdan, harom qilinganlik sabablarini muhokama qilamiz.

Hazrati Hakimi mutlaq hech bir mavjudotni hikmatsiz va foydasiz yaratmagan… «Biz osmon va zaminni va ular orasidagi mavjud narsalarni o'yin uchun yaratmadik»210. Koinotdagi har bir zarraning zamirida shu qadar hikmat va foydalar borki, ularni idrok etishdan aqli bashar ojiz qoladi va yuqoridagi oyat hukmiga ko'ra, jamiki bu hikmat va foydalar odamlarning nazari oldida yoyib, to'shab qo'yilgan. Ya'ni, odamlarga iste'dod berganki, jami bu foyda va hikmatlarni istifoda etsinlar. Ammo odamlarning bu ne'matsochar Allohning saxovatli dasturxonidan qay tarzda bahramand bo'lishlari xususida qonunu qoida vaz' qilingan. Bu muhib qoida shuki… «Har kimning fayzi (rizqi) uning himmatiga mos bo'ladi».

Zo'r bir odamga harakat erkinligi berilgan, ya'ni har kim nima xohlasa shu ishni ixtiyor etib, o'ziga manfaatu foyda keltiradi. Buni hech bir kuch man' qilolmaydi. Lekin, shu shart bilanki, kishining sa'yi amali boshqalarga zarar keltirmasin. Ziyon keltiradigan amal qilsa, uni din ham, aql ham, urf-odat ham o'sha ishdan qaytaradi. Masalan, men tijorat fikrida bir boydan qarz olib, dunyoning bir go'shasidan mollar keltirib sotaman. Mening bu ishimdan hech kim zarar ko'rmaydi, hech bir kuch meni bu huquqimdan man' qilolmaydi. Ammo o'sha bo'lgan pulimni qaytarib bermasam yo keltirib sotgan mollarim millatga zarar keltirsa, u holda mening bu amalimni din ham, aql ham, urfu odatlarimiz ham man' etadi.

Shu muqaddimani tushunib olganimizdan keyin ribo mas'alasining tadqiqiga qaytamiz. Islom dini zohir bo'lmasdan avval Arabiston aholisi foyda olish niyatida bir-biridan qarz olar edi. Va'dalashgan kun pulni bera olmagach, kelishilgan foizga yana bir oz foyda qo'shib, muddatni cho'zishar edi, ikkinchi marta ham qarzini bera olmasa, foyda ustiga yana foyda qo'shilar, shunday qilib, olingan qarz miqdori qarzdorning jamiki mol-mulkidan oshib ketib, u mol-mulkini qarz beruvchiga berib, o'zi bechorayu kambag'al, miskin bo'lib qolaverardi. Bu odatning ikki yoqlama zarari bor. Avvalo, aholining bir qismini xarob qilib, bor-yo'g'i qo'lidan ketib, bora-bora mamlakat faqirlik girdobiga qulaydi. Ikkinchidan, odamlar tabiatan rohatparastlar, kulfat, sa'y-harakatni yoqtirmaydilar. Agar riboxo'rlik shar'an joiz bo'lsa, har kim ishlamay qo'lidagi besh tangasi bilan riboxo'rlik qilib yurardi. Buning oqibatida olamning intizomi bo'lgan sa'y-amali barham topib, dunyo alg'ov-dalg'ovlar bilan to'lib ketadi.

Hakimi qadim jalla jalollahu (Alloh) hikmat bilan oyatlar yuborib, riboni man' etgan. Riboni harom qilinganligi hikmatini yuqorida ikki jihatdan arz etdim. Ammo Hazrati ustodul-muhaqqiqin hujjatul-islom Imom G'azzoliy «Ihyo» (Al-ulum) kitobida ne'matning shukri xususida foydali maqola bitib, unda riboning haromligini ham aytib o'tgan. Chunonchi, G'azzoliy: «Dirhamu dinorlarini sandiqlariga yashirib, Alloh yo'lida sarf qilmaydiganlarga xabar ber, ey habibim, ular qatgiq azobga giriftor bo'ladilar» degan oyatni keltirib: «Ikkinchi guruh riboxo'rlar guruhiki, ular dirhamu dinorlarini o'z qadru qimmatlari uchun sarflamaydilar. Zero, bu yuqorida aytganimizdek, dirham va dinorni boshqa narsalar evaziga beradilar, riboxo'rlar pulni pul evaziga berib, kufroni ne'mat qiladilar» (Shu ergacha Imom G'azzoliyning farmoyishlarini mazmunan tarjima qildik).

Endi riboning harom ekanligini bilganimizdan so'ng sizdan so'rasam, insof qilib ayting, mamlakatimizdagi bu foydaxo'rlik qozixona vasiqasi yuzasidan ijro etilgani zararmi yo yo'qmi? Albatta, zarar! Bas, islomda sudxo'rlik joiz emas. Insoniyat olamiga zarar keltiradigan ishni islom dini man' qilgani ma'lum bo'ldi. Bu harom illat zarar keltirar ekan, hech bir muftining fatvosi va qozining muhri uni halol qilolmaydi.

Xulosa

Shijoat g'azab quvvatining fazilatidir, qo'rqoqlikning shijoatga qarshi tarafi haddan tashqari beboshlarcha shijoat ham telbalik, ularning ikkisi ham man' qilingan xulqlar, chunki ular zararlidir. Shijoatning bir tarafi karam va ehson bo'lib, ular shar'an va aqlan lozimdir.

Har kim karamu saxovatni bir o'zi tanho qilsa, hamjinslariga foyda keltirmasligi mumkin, bunday ishlarni maslahat qilib, kengashib qilish maqsadga muvofiq. Isrof taxavvurning (ya'ni, beboshlikning) bir tarafi, binobarin, u shar'an va aqlan harom qilingan.

Baxillik insoniy fazilatlarga ziddir, u ham harom va man' qilingan. Ribo baxillikning bir jihati bo'lib, muftilarning fatvosi, qozilarniig vasiqasi bilan bo'lsa ham haromdir.

(davomi bor)

207.Qur'oni karim, Muhammad surasi, 38-oyat.
208.Qur'oni karim, Baqara surasi, 264-oyat.
209.Qur'oni karim. Oli Imron surasi, 180-oyat.
210.Qur'oni karim, Duxon surasi, 38-oyat (tarj.).
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube