O’zbekiston Xalq Harakati

Rostlikka yurish bizning vazifamiz…

Rostlikka yurish bizning vazifamiz…
16 Nisan 2016 - 7:00 'da yuklandi va 2039 marta o'qildi.

9Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(27-qism)

NAJDAT

Ikki dunyo saodatiga sabab bo'ladigan amallarning biri insonning haqqu vazifalarini bilib, tushunib olishdir. O'z haqqu vazifalarini bilmagan millat hayotiga har bir daqiqada minglab halokatli xatarlar ko'z tikib turadi. Masalan, siz Buxorodan to Samarqandgacha sayohat qilmoqchisiz. Bu yo'lda sizning bir nechta haqqu vazifalaringiz bor: egulik olish, otasharavaga chiqish, turar joy topish, rohat qilish va h.k. Biror odam sizga bu haqlaringizni ado etishdan man' etolmaydi. Ammo birovning ozuqasi bilan ovqatlansangiz, bilet pulini to'lamasangiz, birovning joyini egallasangiz, boshqalarning rohatiga xalal bersangiz, sizni bu ishlardan darhol qaytarishadi. Hamonki, siz Samarqand safarini xayol qilar ekansiz, o'zingizning vazifalaringizni bilishingiz, shunga qarab amal qilishingiz lozim. Agar biror-bir huquq yo vazifalaringizni ado etmasangiz yo sustlik qilsangiz, safardan qolishingiz yoki qiyinchiliklarga duchor bo'lishingiz mumkin.

Inchunin, inson ham ikki dunyo saodati yo'lidagi musofirdir. Insonlarning muayyan huquq va vazifalari mavjudki, ularning hech bo'lmasa birini ado etmasalar maqsadlariga etolmaydilar. Har narsani tasarruf qilib iste'mol qilishliq, ya'ni foydalanishlik; uni dushmanlar hujumidan himoya etish, haq bo'lgan va biz xohlagan narsani odamlar bizga buyursa, ularning haqlariga ko'ra amal qilishlik; biz xohlamagan narsani buyursalar, ularga ham uni ravo ko'rmaslik bizning vazifamizga kiradi. Masalan, sizning falon mablag' pulingiz bor, tijorat qilmoqchi ekanligingiz — bu sizning haqqingiz, hech kim sizni bundan man' etolmaydi. Ammo boshqa bir kishining tijoratiga zarar etkazsangiz, sizni bundan man' etishadi. Izzat, nafs, nomus sizning muqaddas burchlaringizdir. Ularni himoya qilish uchun harakat qilsangiz, sizni xech kim bu ishdan to'xtatmaydi, boshqalarning ham nomus-nafsiga tajovuz qilmaslik sizning vazifangiz. Agar shunga xilof harakat qilsangiz, sizni bu ishingizni taqiqlaydilar. Shaxsiy manfaatlaringiz uchun talab qilsangiz — bu sizning haqqingiz, umumiy manfaatlarga rioya qilishlik esa vazifangizga kiradi. Bularning har biri xususida befarqliq, engillik qilsangiz Haqqul Xoliq oldida malomatzada bo'lib qolasiz.

Gapni qisqa qilib aytsak, odam nomiga da'vo qilayotgan har bir kishi o'z haqqini talab etishi va har bir vazifasini ado etishi lozim. Lekin bizning suhbatimizning maqsadi shulkim, ba'zan haqqimizdan foydalanishimizga, uni muhofizati, vazifalarimizni bajo keltirishimiz mushkilot va to'siqlarga duch keladi. Masalan, siz o'z farzandingiz to'yini soddagina qilib o'tkazmoqchisiz, birovga sarpo va ortiqcha qand-qurs bermoqchi emassiz yoki o'z o'g'lingizga yaxshigina ilm bermoqchi bo'lsangiz, bular sizning ixtiyoringiz va haqingizdir. Birov sizni bu ishlardan man' etolmaydi, lekin siz odamlar ta'nasi va malomatidan qo'rqasiz.

Mening orzuim, jumladan, falon jamoani pismadon g'ayrishar'iy ishdan (pand-nasihat va amri ma'ruf ila) man' etishdir. Bu esa mening ishim, birov meni bu vazifadan man' etolmaydi, chunki bu mening huquqimdir. Lekin men shu huquqimdan foydalanmoqchi bo'lsam, odamlar menga dushman bo'ladilar va yo mendan yuz o'girib qoladilar. Men esa muhtojlikdan o'lib ketaman. Aslida komil inson bunday mushkilot va bema'ni to'siqlar andishasiga bormay erkinlik bilan o'z haq-huquqlaridan foydalanadi va o'z vazifalarini bajo keltiradi. Shunday odamning bu amalini najdat — shijoat va jasorat deydilar. Bu esa hazrati Payg'ambarimizning eng yaxshi fazilatlaridan bo'lgan. Hazrati faxri koinot, alayhi afzal ut-tahiyot211 o'z yaqinlaridan shuncha jafo ko'rgan bo'lsa, dushmanlari tahqiriga duch kelgan bo'lsa, qarindoshlari otgan toshlar zarbidan majruh bo'lgan bo'lsa ham muqaddas vatanini tark etib, g'ariblik o'lkasini ixtiyor etdi. O'zining Payg'ambarlik burchini hech qanday qiyinchiliklarga qaramasdan ijro etib, shu yo'lda sustlik va zaiflikka yo'l bermadi, hech qanday kuchlar uni mag'lub etolmadi.

Ayniqsa, jamiyat ishlarida tashabbus ko'rsatish shijoat va jasoratning muvaffaqiyatiga bog'liq. Alloh taolo ham shunday fazilat egalarini maqtab, ularga yordam berish va'dasini bergandir. «Ey musulmonlar, agarda haqiqat uchun kurashsangiz, sustkashlik qilmasangiz, Alloh sizlarga nusrat bergay va hech bir kuch sizlarni mag'lub etishiga yo'l qo'ymaydi», deyilgan «Muhammad» surasida212. Shunda yana kimlarkim «Rabbano», «bizning parvardigorimiz Allohdir» deydilar va rostlikka harakat qiladilar, (ular) hech qachon xavfsirab g'amgin bo'lmasinlar, ular bilan maloikalar bo'lib ularga jannat bashorat (va'da) bo'lg'usidir» deyiladi.

Ma'lumki, «Rabbano» (Ey, parvardigorimiz; Yo Alloh) deyish bizning haqimizdir va rostlikka yurish bizning vazifamiz. Bas, haq yo'lida burchning ijrosida sa'yharakat qilgan kishiga shu oyat dalil bo'lib, unga Alloh madad berib, ko'ngliga taskin berish uchun maloikalarini hamroh qilar ekan.

(davomi bor)

211.Alayhi afzal ut-tahiyot — unga maqtab aytish afzaldir.
212.Qur'oni karim, Muhammad surasi, 35-oyat (tarj.).
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube