O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Nimaniki boy bergan bo'lsak, o'zimizning sabotsizligimizdan boy berdik…

Nimaniki boy bergan bo'lsak, o'zimizning sabotsizligimizdan boy berdik…
19 Nisan 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1748 marta o'qildi.

437_001Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(28-qism)

INXIZOL

Ammo ba'zi musibat va qiyinchiliklardan qo'rqib, o'z haqqu vazifalarini ado etishga jur'at qilolmaydigan jamoaning holatini inxizol (jur'atsizlik) deydilar. Vahima qilib, qo'rqib, o'z haqqini iste'mol qilolmagan odamning bir mahbusdan hech farqi qolmaydi, zero haq-huquqini talab qilishdan ojiz qolishlik faqat bandalarga loyiqdir. Kishi ozod bo'lsa, nega qo'rquvdan o'z haqqi-huquqiga kirgan ishlarni bajara olmaydi? Molining ketishidan qo'rqib och qolgan kishi o'z vazifalarini tark qilgan hisoblanadi, undaylarning odamlar orasida sharafu e'tibori qolmaydi. Zero, vazifa ham qarzning bir turidir, o'zining qarzini qaytarib berishga qo'rqqan odam, albatta, bee'tibor qoladi-da. Shuning uchun Qur'on bu qabih sifatdan bizni qaytaradi: «Albatta, o'sha (sizlarni vasvasaga solmoqchi bo'lgan) shaytonning o'zidir. U sizlarni o'zining do'stlaridan (kofirlardan) qo'rqitmoqchi bo'ladi. Bas, agar mo''min bo'lsangizlar, ulardan qo'rqmangiz, mendan qo'rqingiz!»213 «O'zgalardan emas, mendan qo'rqingiz», — degan ibora va ma'no Qur'oni karimning deyarli barcha suralarida uchraydi.

MANMANLIK DARDI

Va hech bir maqsadsiz yo ba'zi bir mavhum manfaatlarni ko'zlab, o'zining molu jonini tahlika va xatarga qo'yadigan jamoa ham bordir. Masalan, ba'zi kishilar birovning ellik tangasini yutib olish uchun uzun tunlar qimor o'ynab, o'zlarining minglab tangalarini zoe qiladilar. Ba'zilar odamlar ofarinlar aytib, sohibi davlat inson ekan desinlar deb, hamma bor-yo'g'ini ikki kunlik to'yga sovuradilar. Odamlar sarvatmand deb bilsinlar, degan fikrda qimmatbaho mollar xarid qilib, arzon bahoga sotadilar, o'zlarini behuda o'lim domiga tashlaydilar. Bularning barchasi jaholat tufaylidir, gunohdir… (Shu haqda) «O'zingizni o'zingiz tahlikaga solmang», — deyilgan Qur'oni karimda.

SABOT

Sabot shuki, bir ulug' maqsadni qo'lga kiritish uchun qadam qo'ydikmi, bizni bu yo'ldan na faqirlik, na qiyinchiliklar, na maqsadning uzoqligi, alhosil, hech bir narsa qaytarolmaydi. Balki har bir mushkulotga ro'para bo'lganimizda, uni sabr, matonat bilan daf' qilib, yanada zavqu shavq bilan maqsad sari intilamiz. Besabotligi bilan mashhur bo'lgan millat pastlikdan, xorlikdan, zolimlik changalzoridan xalos bo'lolmaydi. Bu muborak sifatga ega bo'lishlik har kimga lozim, ayniqsa, ijtimoiy islohot ishlari bilan shug'ullanuvchilarga har narsadan ham avval lozim. Zero, ijtimoiy xizmatlarning natijasini uzoq kutish kerak, buning uchun esa ko'p yillar, behisob qurbonliklar bo'ladi, busiz bir millat g'aflat uyqusidan turolmaydi.

Xorun ar-Rashid Abbosiy zamonida ahli islom ilm jihatidan, mulk, tijorat, sanoat jihatlaridan ancha taraqqiy topgan edi. O'sha vaqtda musulmonlar hatto soat ixtiro qilgan edilar. Hikoyat qilishlaricha, Xorun Faransa mamlakatiga elchi yuborib, sultonlarning urf va odobiga ko'ra, Faransa hukmdoriga ancha sovg'a-salomlar ham qo'shib yuborgan va ularning ichida soat ham bo'lgan ekan. Xorun ar-Rashidning elchisi Faransa hukmdori huzuriga kirib, sovg'a-salomlarni topshirganda, mazkur hukmdor soatni ko'rib, hayratga tushgan va o'zining arkoni davlatini to'plab, ularga soatni ko'rsatgan ekan. Vazirlar va davlat arkonlari ancha tadqiqot va tekshirish o'tkazgandan keyin: «Ahli islom shu qutining ichiga shaytonni solib yuborganlar» degan qarorga kelgan ekanlar. Shu hikoyatdan sizga ravshan bo'ladiki, biz olam ilmlarini egallab, soat ixtiro qilganimizda, faranglar qanchalik nodon va johil bo'lishgan ekan. Endi ularning bugungi taraqqiyotiga diqqat qiling. Soatning ichidagi charxni shayton deb gumon qilgan xalq bugun o'zining sanoatdagi ixtirolari bilan shaytonni hayratga soladilar. Bizdan o'sha davrda farsax-farsax orqada qolgan qavm bugun dunyoi jahon ildamlab ketdilar. Shubha yo'qki, faranglar bu hayratomuz taraqqiyotga bir kechada erishganlari yo'q, balki sa'y-harakatning soyasida maydonga keltirganlar. Ha, faranglar nimaniki qo'lga kiritgan bo'lsalar, sabotlari orqali qo'lga kiritganlar, biz musulmonlar nimaniki boy bergan bo'lsak, o'zimizning sabotsizligimizdan boy berdik. Faranglar shunday ishlarga qo'l uradilarki, ularning natijasi 200 yil o'tgach ko'rinishi mumkin, lekin ular hargiz natijagacha uzoq, deb dilgir bo'lmaydilar.

Endi shu xususda dini islom nima derkan: «Va, albatta, sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: «Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz u Zotga qaytguvchilarmiz» deydigan sobirlarga xushxabar bering (Ey Muhammad). Ana o'shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (ma'firat) va rahmat bordur, ana o'shalar haq yo'lni topguvchilardir»214.

Hadisda esa Muslim «Kitobus-salom»da «Alloh nazdida yaxshi amallar kam bo'lsa ham doimiy bo'lgan amallardir» degan. «Kitobul-qadr»ida esa «Dunyo va oxiratda senga foyda keltiradigan narsalar (amallar) uchun sa'y-harakat qil va Allohdan madad ista, sabotsizlik qilma» degan hadisni keltiradi.

(davomi bor)

213.Qur'oni karim, Oli Imron surasi, 175-oyat (tarj.).
214.Qur'oni karim, Baqara surasi, 155—157-oyatlar (tarj.).
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube