O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Halimlik olamning osoyishtaligi uchun zarurdir…

Halimlik olamning osoyishtaligi uchun zarurdir…
22 Nisan 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1742 marta o'qildi.

871_001Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(29-qism)

TAZABZUB

Musulmonlarning ko'pchiligida noshoyista bir holat mavjud. Masalan, falon bir ishdan ko'p manfaatlar olish mumkin deb o'ylab, darhol shu ishni bajarishga shoshiladilar. Lekin, bir necha kun o'tgach, o'sha ishdan qo'l tortib qoladilar. Buning sababini so'rasangiz: «Bu ishda haqiqatan ham ko'p foyda mavjud, lekin uning foydasiga etishishga ko'p vaqt kerak yoki unga erishish yo'li mashaqqatli yo biz bu ishni bajarishdan ojiz ekanmiz», — degan javobni beradilar. Ana shu holat tazabzub — ikkilanish holati deyiladi. Bu holatga ikki narsa sababdir: bizning shijoatsizligimiz yoki ma'yusligimiz.

Yuqorida mufassal arz etganimizdek, shijoatsizlik islomiy ta'limotga ziddir, ma'yuslik va umidsizlikni islom dini man' etganligini qayd etamiz: «…Allohning rahmatidan noumid bo'lmanglar. Zero, Alloh rahmatidan faqat kofir qavmigina noumid bo'lur»215.

«Allohning oyatlarini va Unga ro'baro' bo'lishni inkor qilgan kimsalar — ular Mening rahmatimdan noumid bo'lgan kimsalardir…»216

INOD

Shunday odamlar borki, manfaat olaman degan umidda bir zararli ishga bilmasdan qo'l uradilar, zararini bilganlaridan keyin ham shu ishdan voz kechmaydilar va o'zlaricha bu harakatlarini sabot deb o'ylaydilar. Ularning bu harakati sabot emas, balki inod217 (jahl, istaza, g'azab)dir va hech bir foyda keltirmaydi.

«Biror ishning zararini bilib olib, shu ishni qilamayman deb harakat qilganlarga Alloh mag'firati va jannat mukofot bo'lg'ay», — deyilgan Qur'oni karimning Oli imron surasida. Yana «bila turib o'zlaringizni hasharga solmang» deyilgan oyati karimani Baqara surasida ham o'qiymiz.

HALIMLIK

Olamning intizomi odamlarning bir-birlari bilan do'stona va birodarona hayot kechirishlariga bog'liq. Lekin eng yomoni, bechora odam (shuning uchun ham odam-da) ilmu hikmatining zo'rligiga qaramay, har doim o'zining barcha harakatlarini xatodan himoya qilolmaydi. Shuning uchun ba'zan biror-bir hamjinsining haq ishiga xilof harakat qilib, unga yo mol-mulk jihatdan, yo qadru e'tiboriga zarar etkazadi. Shu zarar ko'rgan shaxsning vazifasi nimadan iborat? U o'zini qanday tutishi kerak? Avval, mulohaza qiling, unga zarar etkazgan bilmasdan qildimi yo qasddan? Agar qasddan zarar etkazgan bo'lsa, zararning oz yo ko'pligiga qarang. Agar ko'p bo'lsa, zarar etkazgan shaxsga e'tibor beriladi, u qilgan ishidan pushaymon bo'lib, etkazgan zararini tuzatmoqchimi yo yo'q? Agar zarar bilmasdan etkazilgan bo'lsa, kam bo'lsa, yo zarar etkazgan shaxs pushaymon bo'lsa, uzrxoh bo'lsa, ushbu holatlarda uni kechirish kerak.

Odamlar madaniyatga moyil bo'lganliklari uchun o'rtalaridagi muomala, talab va iddaolarini olam intizomining taqozosiga ko'ra lutf va madora bilan o'rnatishlari lozim. Komilu olim insonlar nafslarini shunday tarbiyalaydilarki, natijada afv va madora, muloyimlik odatlariga aylanadi. Shu holatni hilm deydilar. Hilmning naqadar sharafli ekanligiga birgina dalil — Allohning ismlaridan biri Halim ekanligidir. Halimlik olamning osoyishtaligi uchun zarurdir. Shundan afv va madorani islom dini jiddiyat bilan bizga taklif etadi:

«…Endi Kim (intiqom olishga qodir bo'lgani holda) afv qilib (o'rtani) tuzatsa, bas, uning ajri Allohning zimmasidadir»218.

«…G'azablarini ichiga yutadigan odamlarning (xato- kamchiliklarini) afv etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi… ularning mukofotlari taglaridan daryolar oqib turuvchi jannatlar(dir)»219.

«Alloh g'afurdir, afv qilguvchilarni sevadi» — deyilgan «Al-jome' as-sag'ir»da.

«Alloh rafiqdir, ya'ni madorani sevadi, qattiqso'zlik va g'ayirlik sababidan bermagan narsasini madora sababli beradi» degan Muslimning «Kitob ul-bar»ida.

Buxoriy «Kitob ul-adab», Muslim «Kitob ul-bar»ida «Xudo hamma ishlardan madorani sevadi», — deb hadis keltiradilar.

Muslim «Kitob ur-rafiq»ida ham «Murosa va madoradan mahrum kishilar xayrdan ham mahrumlar» degan hadisni keltirgan.

(davomi bor)

215.Qur'oni karim, Yusuf surasi, 87-oyat (tarj.).
216.Qur'oni karim, Ankabut surasi, 23-oyat (tarj.).
217.Inod — qaysarlik, o'jarlik.
218.Qur'oni karim, Sho'ro surasi, 40-oyat (tarj.).
219.Qur'oni karim, Oli Imron surasi, 134—136-oyatlar (tarj.).
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube