O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

G'azab qilma…

G'azab qilma…
25 Nisan 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1650 marta o'qildi.

i_010Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(30-qism)

G'AZAB

Ammo zarar bilmasdan turib etkazilgan bo'lsa, xoh ko'p bo'lsin, xoh kam bo'lsin, zarar etkazgan shaxs xoh pushaymonu uzrxoh bo'lsin, xoh bo'lmasin, darhol g'azab qilib, intiqom (o'ch) olish fikriga tushishlik, borib-borib odamlar orasidagi birodarlik aloqalarini uzib, olam tartibini vayron qiladi. G'azab paytida odam dunyo va oxirati xarob bo'ladigan bir ish qilishi mumkin.

«G'azab qilma», «Dushmanni erga ag'dargan kishi kuchli emas, balki g'azabi kelgan paytda uni ichiga yutgan kishi kuchlidir» — degan Buxoriy «Kitob ul-adab»ida.

HILMI XIMORIY

Ammo, zarar qasddan qilinib, uning miqdori ko'p bo'lsa, sohibi esa pushaymonlik va uzrxohlik bildirmasa, shu vaqtda unga nisbatan sukut saqlashni hilmi ximoriy (eshakka xos halimlik) deb ataydilar. Bunday odat (obro' va nomusni himoya qilmaslik) insoniyat sharafiga xilof bo'lib, man' qilingandir. Zero, ma'lumki, millatning har bir vakilida sharafu e'tibor bo'lsa, o'sha millat sharafu e'tiborga loyiq bo'ladi. Bir millatning izzatu sharafi vakillarining izzat-hurmatiga yarasha bo'ladi. Ya'ni, vakillari qanchalik izzatli-ikromli bo'lsa, millat ham ikromli, ular qanchalik zalil bo'lsa, millati ham xoru zalil bo'ladi. Bir millat sharaf va e'tiborga molik bo'lmasa, u holda saodat va osudalikda hammadan orqada, balki bulardan mahrum bo'ladi.

IFFAT

Yuqorida arz qilganimizdek, isloh etish lozim bo'lgan quvvatlarning biri shahvoniy quvvat edi. Bu quvvatning vazifasi jismoniy va ruhiy manfaatlarga xizmat qiladi. Lekin ba'zan bu quvvat ham o'zining haddiga tajovuz qilib, zararli talablarni qondiradi. Uning shu holatini sharah (hirs) deb ataydilar va bu ifrotning (haddan oshib ketish) martabasidar. Ba'zan esa o'zining vazifasini ado etishda sustlik qiladi va manfaat talabidan voz kechadi. Bu holatni humud (xomushlik) deb ataydilar va u tafritning (tartibsizlikning) bir jihatiga kiradi. Sharah va humudning har ikkalasida ham zarar mavjud bo'lgan yomon odatlardir. Ammo shu yomon odatlarning o'rtasida bir o'rtacha holat borki, u belgilangan chegaradan chiqmaydi, shuning uchun u foydali, yaxshi va lozimdir. Bu holat iffat deb ataladi. Bu uch holatning har qaysida anvoyi holatlar mavjud. Biz ularni hammasini tartib bilan quyidagi jadvalga joylashtirdik:

Ifrot E'tidol Tafrid
sharah iffat humud
vaqohat220 hayo tuxnus221
malaq222 sidq nifoq
isrof qanoat ihmol223
riyo husni hay'at xataka224
vara'225

Endi ularning har biriga sharh beramiz.

HAYo

Iffatning bir jihati hayodur. Axloq ulamolari bu sifatni necha tariqa ta'rif qiladilar. Hayo iztirobdirki, gunoh ish qilish asnosida odamning vijdoni uyg'onib, uni shu ishdan man' qiladi. Hayo — bu gunohini boshqalar bilib qolishidan qo'rqishlik.

Xulosa shuki, hayo odamni gunoh qilishdan qaytaruvchi holat va u har bir odamda ilmiy-irfoniy martabasi tufayli zohir bo'ladi. Masalan, komil arboblar borki, Allohning ulug'ligi va azimatiga iymonlari komil, bani Odamning sharafu karomatini yaxshi tushunadilar. Bu jamoa o'zlarining qodir va azim Allohlariga osiy bo'lishlikni insoniyatga munosib ko'rmaydilar. Ba'zi birlari bunday tafakkur qilmasalar ham qiyomat va jahannam azobidan qo'rqadilar. Ikki holatda ham gunoh sodir bo'lishi mumkinligidan dillariga azobu iztirob tushadi va bu gunohdan qo'l tortadilar.

Ammo ilohiy azimat va insoniylikning baland martabasini o'ylay olmaydiganlar, qiyomat kuni va jahannamdan qo'rqmaydiganlar odamlar orasida qilgan gunohlarining oshkor bo'lishidan, obro'-e'tiborlarining yo'qolishidan qo'rqadilar. Shuning uchun har qanday gunoh ishlarni qilishga jur'at etolmaydilar. Bular avvalgi ikki jamoaning martabasiga etolmasalar ham, lekin har qanday holatda gunohdan o'zlarini tiyganlari uchun ta'nayu mazammatga munosib emaslar. Tamoman Allohdan qo'rqqan, insoniyatning ulug' darajasidan uyalib, yomon amallardan parhez qilganlar. Zero, bular iymonning ko'rinishidir, sharafli va baxtiyordirlar. Bizga shar'an amr etilgani ham shu hayodir…

Hayo xususida quyidagi hadisni Imom Buxoriy va Muslimdan keltiramiz: «Haqiqatan ham hayo iymonning bir juz'idir. Zero, iymon Allohning hamma joyda hamisha borligiga ishonishdir». Ma'lumki, Buxoroda shunday odamlar borki, janobi oliyning shaharda ekanligini bilsalar, Registondan o'tmaydilar. Lekin Allohga iymon keltirgan, Uning har erda hoziru nozir ekanligini bilgan odam, albatta, gunoh ishga mashg'ul bo'lmaydi.

(davomi bor)

220.Vaqohat — uyatsizlik.
221.Tuxnus — xunasa.
222.Malaq — xushomad.
223.Ihmol — og'irlik.
224.Xataka — xataka.
225.Vara' — porsolik.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube