O’zbekiston Xalq Harakati

Insof bormi..!

Insof bormi..!
07 Mayıs 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1795 marta o'qildi.

396_001Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(34-qism)

Pokizalik xususida islomning qat'iy hukmlari shulardan iborat… Endi bir mulohaza qilib ko'raylik-a, biz shu farmoyishlarga amal qilamizmi? Baxtga qarshi atrofga boqsak, bu amrlarga xilof ish tutishimizni ko'ramiz. Bizdagi bu parishonlik va xaroblik qanday holat o'zi? Bechora sahroyilarimiz yilda minglab bolalarini ifloslik qurboni qiladilar. Yozda mamlakatimizning har bir go'shasi bir majruhxona shakliga kiradi. Aziz millatimizning bir qismi boshdan to oyoqlarigacha chirku ifloslikka g'arq bo'lib yuradilar. Tibbiyotdan ma'lumki, ko'p jarohatlarga faqatgina yuvib, tozalash orqali ham barham berish mumkin.

Odamlarimizning bir qismi liboslarining kirligi bilan faxrlanib ham yuradilar. Hojilarimizning holiga bir bora nazar tashlangchi? Bu janoblar muazzam Ka'bani va Rasululloh qabrlarini ziyorat qilishga boradilar. Butun safar davomida bir marta kiyimlarini almashtiradilar, u ham bo'lsa ehrom bog'lash uchun. Har bir shaharda bir-ikki kun tursalar, o'sha shahar aholisi ustilaridan kulib, begona tillarda islom diniga nisbatan ta'nayu dashnomlar aytadilar. Aynan shu hojilar sabab bo'lib, bugun farangliklar dinimizni ifloslarning dini, deb ataydilar, ba'zi yirik Ovro'pa davlatlari esa yuvinishni haj man' qilgan deb o'ylaydilar. Bular har yili bir kichkina shaharga minglab iflos odamlar kelib jamoat bo'ladilar, bu qadar iflos jamoadan vabo paydo bo'lib, haj tamom bo'lgach, ularning har biri o'z mamlakatiga bu kasalliklarni yuklab olib ketadi. Shu sababdan insoniyat har yili nobudgarchilikka uchramoqda.

Insof bormi..! Nahot begonalarning shu barcha ta'nayu malomatlarini dinimizga, o'zimizga ravo ko'rsak? Butun dunyo odamlarining bizdan nafratlanishlariga qanday qilib rozi bo'lamiz? Jahon xalqlarining orasida shuncha bemazagarchiliklar bilan qay tarzda yonma-yon yashab kelamiz? Shuncha rasvogarchiliklar bilan Jazo kuni Rasululloh huzurlarida qandoq holda turamiz? Ilohiy amrlarning birortasiga amal qilmay, o'zimizni musulmon hisoblashimizda nima ma'no bor? Hazrati Muhammad alayhissalomni begonalarning malomati ostida qoldirib, yana ziyoratlariga borish nima foyda beradi?

Bugun bizning oramizdagi ba'zi azizlar pokiza kiyim kiyib, badanni toza tutib yurishni, boshqacha qilib aytganda, ziynatlanib yurishni islom diniga xilof deb biladilar.

Koni jaholat! Bu fikr mutlaqo shariatga xilof. Aksincha, dini islom bizga doimo toza bo'lib, chiroyli va ozoda liboslarda yurishni buyuradi… «Ey Odam bolalari, har bir sajda chog'ida ziynatlaningiz (ya'ni, toza libosda bo'lingiz) hamda xohlaganingizcha eb-ichaveringlar, faqat isrof qilmanglar. Zotan, U isrof qilguvchi kimsalarni sevmas. Ayting, (Ey Muhammad): Alloh bandalari uchun chiqargan bezak (liboslarni) va halol-pok rizqlarni kim harom qildi?»237

Shu erda yana hadislardan misol keltirmoqchimiz: «Libosingizni toza tuting va odamlarning nazariga chiqmasdan oldin ulovlaringizni tuzating». Oysha raziyallohu anhu aytadilar: «Men xushbo'y atrimdan Payg'ambarga surtib qo'yardim, uning hidi boshlari va muborak soqollaridan ham taralib turardi». Pokizalik xususida shu hadislarni uqdingiz, endi quloq tuting, islom dini ifloslikni qay tariqa man' etarkin.

Mo'minlarning onasi Oysha raziyallohu anhu aytadilarki, Payg'ambarimizning saodat zamonlarida odamlar juma namozi uchun shahar chekkalaridan Madinaga kelardilar, yo'lda bosh va yuz-ko'zlariga changu g'ubor qo'nib, terlab ketardilar. Bir kun shu xilda bir odam Rasuli akram huzurlariga kirganda Payg'ambarimiz: «Shu bugun pokiza bo'lib kelsangiz nima bo'lardi?!» — degan ekanlar.

Payg'ambarimizdan yana shu xildagi hadis vorid238 bo'lganki, aytganlar: «Sarimsoq piyoz egan odam bizning huzurimizga kelmasin, uyda o'tirsin». Ammo ziynatni haddan ortiq qilish isrofga kiradi, shuning uchun ziynatning ortig'i joiz emas.

(davomi bor)

237.Kur'oni karim, A'rof surasi, 31—32-oyatlar.
238.Vorid bo'lmoq — naql qilinmoq.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort