O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Beshta narsani beshta narsadan oldin g'animat bil…

Beshta narsani beshta narsadan oldin g'animat bil…
16 Mayıs 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1933 marta o'qildi.

200555Abdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(37-qism)

Sihat-salomatlik. Bu so'z butun olamni maftunu sargardon qilgan. Dunyoda biror-bir odam yo'qki, sihat va ofiyatni biror narsaga almashtirsa. Hakimlarning ba'zilari dunyoviy saodat — to'g'ri fikrlash va salim, sog'lom badanda, deydilar.

Shu ham muqarrarki, salim aql doimo sog'lom badanda bo'ladi. Binobarin, sihat va ofiyat dunyoviy saodatning asosi deb aytish mumkin. Faqat bu dunyo saodati uchungina emas, balki oxirat saodati uchun ham sihat va ofiyat lozim. Zero, biz say'-harakatsiz ikki dunyo saodatiga erishib bo'lmaydi, deb takror va takror aytdik. Albatta, sihat va ofiyati bor odamning harakati bemor odamning harakatidan ortiq bo'ladi-da. O'z sihat va tinchligini muhofaza qilolmagan millat, shak-shubha yo'qki, hayotning kurash maydonida orqada qolib, oqibat xohlasa (xohlamasa) halok bo'lishi mumkin. Shuning uchun madaniyatli davlatlar hukumati o'z millatlarining sog'lig'ini saqlashda himmatlarini ayamaydilar. Rusiya va Farangiston shaharlaridagi bog'i Eramdek joylar, xushhavo maydonlar, ozoda ko'chalar biron-bir shaxsning hoyu havasi uchun emas, balki xalq sog'lig'ini muhofazasi uchun qilingan.

Farangiston va Rusiya hukumatlari bir mushfiq ota kabi raiyatning salomatligi to'g'risida qayg'uradilar. Biz bechora buxorolilar qay tarafga yuz burmaylik, misoli cho'ponsiz qo'ylar bo'riga duch kelgandek, turli kasalliklarga chalinamiz, biror kishi ahvolimizdan xabar olmaydi. Lekin, andak diqqat qilib nazar solsak, ayb o'zimizda ekanligi namoyon bo'ladi. Zero, biz boshqa xalqlarga o'xshab salomatligimizni muhofaza qilishda hukumatning targ'ib va tashviqiga muhtoj emasmiz. Islom dinimiz bizni borlig'imizni saqlashga amr qiladi. Islom dinining salomatlikka qanchalik e'tibor berishini quyidagi hadislarda ko'rasiz:

«Beshta narsani beshta narsadan oldin g'animat bil: o'limdan oldin tiriklikni, kasallikdan oldin sog'liqni, mashg'ullikdan oldin bo'sh vaqtni, keksalikdan oldin yoshlikni, faqirlikdan oldin boylikni».

«Sihat-salomatlik va ofiyatingni so'rab ko'proq duo qil».

«Omonlik va ofiyat ikki katta ne'matkim, ko'pchilik ularning qadriga etmaydi».

Sihat-salomatlik va ofiyatni islom nazari bilan ko'rib chiqdik. Endi asrimiz hakimlarining insoniylikni muhofaza etish uchun tavsiya etgan qoidalari ustida bahs yuritsak. Odamning jismi turli xil charxlari, qismlari, asboblari bo'lgan mashinaga o'xshaydi. Mazkur asbob, qismlarni doim asl holatidek tutilsa, ya'ni parvarish qilinsa, o'sha mashina jahdu jadal bilan o'z ishini bajaradi. Agar uning biror-bir charxiga zarar etsa, darhol mashina ham ishdan chiqib buziladi.

Ayrim va aksar hayvonlarning jismida shunday turli xil quvvat va moddalar mavjudki, bular o'z holatlarini muhofaza qilib turganda, odam kuchdan va ishdan tolmaydi. Lekin chetdan etgan bir sabab tufayli ularning biriga xalal etsa, odam ishdan chiqadi yoki oldingi intizom va tartibini yo'qotadi. Mazkur quvvat moddalar o'z o'rnida durust ishlab turgan holda odam sog'lom holatda bo'ladi. Ammo chetdan etgan bir sabab orqali bu quvvat va moddalarning biriga zarar va bizda shunday bir holat paydo bo'ladiki, uni kasallik deb ataymiz. Dunyoda xilma-xil kasalliklar mavjud. Bugunga kelib fan tadqiqotlari shuni isbotladiki, bu kasalliklarning asosiy qismi, ya'ni bezgak, sil, rishta, qizamiq, suvchechak, chubushak245 va boshqalar chetdagi sabab orqali odamga yuqib, boshqaga ham o'tadi. Umumiy fan hay'ati bu sababni mikrob atamasi bilan qabul qilishgan.

Mikrob nima? Koinotda biz ko'ra oladigan maxluqlardan tashqari ko'z ko'ra olmaydigan maxluqlar ham bor. Lekin asrimiz hakimlari eng kichik zarrachalarni ko'ruvchi mukammal asboblar bilan bu ko'zga ko'rinmas maxluqlarni ko'rib, ularni bir-biridan farqlashadi. Bu gapimiz mazkur maxluqotlar to'g'risida eshitmagan odamlarga ajabtovur tuyulishi mumkin. Ammo taajjubga o'rin yo'q, chunki hazrati

Xalloqi qodir bu kabi maxluqotlarni yaratishdan ojiz emas, albatta. Mikroblar ikkita guruhga ajratiladi: birinchisi, foydali mikroblar, ular maxluqlarning mavjudligini va salomatlikni ta'minlab turadi, ikkinchi guruh mikroblar esa turli kasalliklar tarqatib yuradi.

Qanday mikroblar vujudimizda bemorlikka sabab bo'larkin? Avvalo, ularning konini, yashash joyini, keyin esa qay tariqa ko'chib yurishini bilib olish kerak. Banda toqat qadar shulardan bahs yuritaman.

(davomi bor)

245. Chubushak — toshma kasalligi.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Raxim ;

    Ofarin!!! Boshka suzga urin yuk.

    16/05/2016 11:19
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube