O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Sizning ham bu dunyoda biror vazifangiz bormi yo yo'qmi!

Sizning ham bu dunyoda biror vazifangiz bormi yo yo'qmi!
19 Mayıs 2016 - 5:00 'da yuklandi va 1899 marta o'qildi.

old_asiaAbdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(38-qism)

Suv. Mikroblar ko'proq suvda yashaydi. Shahar tashqarisidagi chashmalar, ariqlar atrofi turli xil axlatlardan xoli bo'lganligi uchun suvida mikrob bo'lmaydi. Lekin shahar ichkarisidagi ariqlar, xususan, bizning shahardagi ariqlar xalajoylarning tagidan o'tadi, quduq va hovuzlar ochiq turadi, ko'llar suvi nazorat qilinmaydi va joylar, albatta, turli mikroblarning koni, beshigi hisoblanadi.

 Men Buxoroda yoz oylarida xuruj qiladigan bezgak kasalligi xususida Istanbuldagi do'xturlar bilan suhbatlashganimda, ular Buxoroni ko'rmay turib, darhol Buxoro atrofida ko'llar bor ekan-da, dedilar.

Tib fani qoidasi bezgak va Buxoro rishtasiga sabab Buxoroning suvi ekanligini shak-shubhasiz tasdiqlaydi. Zararli mikroblar suvdan odamga bir necha xil tarzda o'tadilar. Avvalo, suvni ichish orqali o'tadi. Biz turkistonlilarning ko'pchiligimiz xalajoylarning yonidan o'tgan suvni hovuzlarda to'plab, uning bir tarafida yuz, qo'l, oyoq yuvib, burun qoqib, ikkinchi tarafidan esa, zavq bilan chanqog'imizni qondiramiz! Vaholanki, bu suvda to'plangan mikroblar ichgan suvimiz orqali halqumdan yoki tishning milklaridan qonga surilib, jigargami, yurakkami yoki boshqa bir a'zoga borib o'rnashadi, u erda gurkirab, ko'payib turli kasalliklar keltirib chiqaradi.

Ko'p odamlarimiz hovlilarida quduq qazdirib, shuning suvidan ichadilar. Agar quduqni toza joyda qazdirib, pokiza saqlab, ustini doim yopib qo'yilsa, shubhalanmay, suvini ichsa bo'ladi. Lekin bunaqa quduqlarni qazish mushkul ish, ayniqsa, shahar ichida. Chunki shahar ichidagi quduqlar ba'zan go'ristonlarga yaqin va doimo xalajoyga yaqin joylarda qaziladi, bunday holda, shubhasiz, iflos oqimlar erning tagidan yo'l topib, quduq suviga aralashib ketadi va ichganimizda undagi mikroblar bizga o'tadi.

Ikkinchidan, zararli mikroblar pashsha va chivinlar orqali bizga yuqadilar. Pashsha va chivin mikrob tashuvchilardir. Mikrobli suvlarga qo'nib, ularni o'zlariga yopishtirib, biz eyayotgan taomlar, idishlarga qo'nib bizga o'tkazadilar. Hasharotlarning chaqishi orqali ham mikroblar badanga, undan qonga o'tadi. Shuning uchun ba'zi tabiblar bir xalqning salomatlik darajasi u ichayotgan suvining tozalik darajasiga bog'liq, deydilar. Bir mamlakat suvi qanchalik iflos bo'lsa, u erdagi aholining sog'lig'i ham yaxshi bo'lmaydi.

Mas'ala juda qiziq bo'ldi-ku! Agar suv ichmasak, nima ichamiz?! Bu mas'ala Ovro'pa mamlakatlarida shov-shuvga sabab bo'lgan. Farang olimlari, tabiblari buning oldini olish uchun rosa harakat qilib, odamlar mikrobsiz suv ichishlari uchun bir qancha hayratomuz mashinalar ishlab chiqdilar, lekin ularning hech biri batamom foyda bermadi. Eng yaxshi va foydali chora shuki, ichadigan suvimizni yaxshilab qaynatib, bir toza idishga solib, o'zimizga keragini iste'mol qilishlikdir.

Mumkin qadar hovuz va ariqlarimizni iflosliklardan saqlaylik. Islom dini ham suvlarni muhofaza qilishga farmon beradi. Bu xususda Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan ko'plab hadislar kelgan.

«Uyqungizdan turgach, qo'lingizni uch marta yuvmay turib idishga suv solmang, zero, uxlaganingizda qo'lingizning qaerda tunaganini bilmaysiz».

«Turgan suvga qo'lingizni yuvib uni iflos qilmang».

Tuproq. Mikroblarning yana bir yashash joyi tuproq. Nega ham bo'lmasin, qachonki, hamma hayvonlarning chiqindilari va odamlarning siydigu axlatlari tuproqqa tushsa. Hamma maxluqlarning murdasi ham erda yotadi. Bular vaqt o'tishi bilan havoning haroratiga qarab, chirib- bijg'ib atrofga ming xil zararli mikroblarni tarqatadilar. Bu mikroblar tuproqdan odamga qanday o'tadi? Avvalo, yuqorida aytganimizdek, chivin, pashshalar orqali, keyin suv orqali. Suv qaynatilsa (undan mikroblar) o'tmaydi. Uchinchidan, havo orqali o'gadi.

Er yuzidagi mavjud mikroblar shamol va chang-g'ubor bilan erdan ko'tarilib, havoda javlon urib, havodan bir necha yo'llar orqali bizga ko'chadi. Avvalo, taomimizga, xususan, meva-chevaga qo'nadi, shuning uchun ularni yuvib eyish kerak. To'rtinchidan, nafas olishimiz bilan ichimizga kirib, biror-bir ichki a'zolarimizda o'rnashib oladi. Buning chorasi shahar ko'chalarini pokiza saqlab, havosini toza tutish kerak. Farang va Rusiyadagi keng va ozoda ko'chalarni ko'rib, hayron qolib labingizni tishlarsiz, ularning hech biri ko'zbo'yamachilik uchun emas, balki hukumatlari buning uchun to'g'ri, zarur qonun tayinlaganlar.

Baxtga qarshi bizning ko'chalarimiz iflosligi bizda shunday nafrat uyg'otadiki, tasvirda ojizmiz. Vaholanki, shaharlarning toza va ozodaligi har bir millat hayoti uchun muhimdir. Dini islom ko'chalarni toza tutishga amr etgan!

«Ko'chalaringizni toza saqlang, zero yahudlarning ko'chalari iflosdir».

«Masjidlaringizni past qilib, shaharlaringizni esa baland qilib quringlar».

«Alloh tayyib va pokdir. Karim va kechiruvchidir, (U) pokizalik va karamni xush ko'radi. Bas, hovlilaringizni toza saqlang, yahudlarga o'xshamang».

«Yo'lda yotgan shoxni olib tashlagan odamdan Alloh xushnud bo'lib, gunohlarini afv etadi».

«Musulmonlarga ranj etkazgan narsani ularning yo'lidan uzoq qil».

Barchaga ma'lumki, yozning uch oyida shahrimizdagi ko'pchilik odamlar kasal bo'ladilar. Bu bechoralarning ko'pchiligiga yigirma-o'ttizta rishta chiqib, boshdan oyoqlarigacha qon va yiringga g'arq bo'lib yuradilar.

Har bir xonadonda to'rt-beshta odam 30—40 kunlab isitmalab yotadilar. Ko'pincha, bir xonadon ahlining hammasi kasal bo'ladi. Bu holatlarni yashirib, inkor etib bo'lmaydi. Bilasizki, shahrimizdagi ko'pchilik savdogarlar har yili tijorat uchun Rusiya tarafga ketib, ma'lum muddat yashab keladilar. Marhamat qilib, shularning oldiga borib so'rang-chi, mazkur kasalliklar Rusiyada ham bormikan? Albatga, sizga «yo'q» deb javob beradvdar. To'g'ri, u mamlakatdagilar ham goh kasal bo'ladilar, lekin darhol hoziq246 tabiblarga borib davolanadilar.

Ana endi bir nozik mas'alaga keldik, sizdan so'rasak, bizning mamlakatimiz va Rusiyadagi bu farq qaerdan, sababi nima? Nega endi bizning millat zahmatu dard cheksa, boshqalar rohatda sog'lom yuradilar? Albatta, siz «Xudoning ishi» deysiz.

Ofarin sizga, ofarin! Zotan, bundan boshqa javob berolmaysiz-da. Allohni nazaringizda g'ayb ko'rib, uyatsizlarcha har bir gunohni unga havola qilasiz? Siz bemor bo'lsangiz Allohdan, mazlum bo'lsangiz Allohdan, faqir bo'lsangiz Allohdan, musibat ko'rsangiz ham Allohdan. Azbaroyi Xudo… unda sizga nima qoladi? Sizning ham bu dunyoda biror vazifangiz bormi yo yo'qmi! Alloh sizga bo'yin tomiringizdan ham yaqin turadi-ya, unga bo'hton qilmang… Chunki «Alloh sha'niga yolg'on to'qiydigan kimsalar hech najot topmaslar», — deyilgan Qur'oni karimda247.

Bugungi kunda boshimizga tushgan va tushayotgan badbaxtliklarning hammasi shum amallarimizdandir, Alloh bandasining haqiga zulm qilmaydi.

Ahli ayol. Mutammima fazilatlarning uchinchi guruhi ahli ayol bo'lishini talab qiladi, biz ushbu risolamizning ikkinchi qismida bu haqda uzoq gapirdik.

(davomi bor)

246.Hoziq — bilimdon.
247.Kur'oni karim, Naxl surasi, 116-oyat.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube