O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bu dunyo umumiy bir jadalgoh, kurash maydonidir…

Bu dunyo umumiy bir jadalgoh, kurash maydonidir…
22 Mayıs 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1846 marta o'qildi.

0_1145f2_2987eb22_origAbdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(39-qism)

SARVAT

Mazkur fazilatlarning uchinchi qismi sarvatdan iborat. Qachondan beri jon kuydirib aytib kelyapmanki, odam tabiatan har narsaga muhtoj maxluq, ya'ni ehtiyoj odamning tabiiy intilishidir.

Shu erda mas'alaga umumiyroq qarasak, tabiatdagi jamiki maxluqlar muhtoj va majburlar, to tirik ekanlar, ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladilar. Odamzod yoki maxluq ehtiyojlarining hujumiga qarshi tursa, boshqacha ibora bilan aytganda, tanballik yoki sustlik tufayli ehtiyojlarini qondirmasa, beshubha mahv va nobud bo'ladi. Mas'alan, har bir egulikka muhtoj jondor agar say'-harakat qilib, narsa topib emasa, ko'pi bilan ikki-uch kun yashab keyin o'ladi.

Bu xususda hamma maxluqlar barobarlar, lekin odamning va maxluqning ehtiyojlari o'rtasida bir farq bor. Maxluqning ehtiyojlari doimo bir xilda bo'ladi. Bundan bir necha yil ilgari otasharobaga muhtoj emas edik. Bugun esa otasharoba odamlarning zaruriyatiga aylandi. Bugun odamlar tayyoralarga uncha muhtoj emaslar. Lekin, shubha yo'qki, bir necha yildan so'ng bu ham odamzodning zaruriyatiga aylanadi. Shu erda xotirangizga odamzod ehtiyojining taraqqiy etishiga sabab nimada, degan savol keladi. Hozir shu jihatga e'tiborimizni qaratsak.

Aslida basharning ehtiyoji taraqqiy etmaydi va o'zgarmaydi. Odamlarning ehtiyojlari azaldan qanday bo'lgan bo'lsa, hozir ham shunday. Ehtiyojlarning sababini bartaraf etish usullarigina taraqqiy etib, o'zgarib turadi. Mas'alan, odamlar kiyimga doim muhtoj. Ammo ibtidoiy odamlar bu ehtiyojlarini maxluq terilari yopinib, keyinroq tikilmagan dag'al bo'zga o'ranib qondirishgan. Bugun esa bu ehtiyoj turli-tuman, rango-rang kiyimlar kiyish orqali qondirilmoqda. Odamlar yaratilishlaridan boshlab ba'zi ishlarni bajarish uchun asbob-anjom va naqliyot vositalariga muhtojlik sezganlar. Avvalo, bu ehtiyojlarni o'zlari yurib, asta-sekin maxluqlar vositasida, keyinroq aravalar yasab, keyin otasharobalardan foydalanib daf' qilganlar. Yana bir necha yillardan so'ng bu ehtiyojlarini tayyoralar orqali qondirishga majbur bo'ladilar.

Ushbu muqaddimadan so'ng ehtiyojlarni qondirish sabablarining taraqqiyotini ham tushunishimiz oson bo'ladi. Ma'lumki, bu dunyo umumiy bir jadalgoh, kurash maydonidir. Bu maydonda g'olib chiqqan har bir odam boshqalarni o'ziga hammol va mardikor qilib oladi. Masalan, insonlar aqliy quvvatlari tufayli maxluqot dunyosidan g'olib chiqib, ulardan foydalanib keladilar.

Inchunun, kurash maydonida g'olib chiqqan bir qavm yoki millat boshqa qavmlarni o'ziga tobe' qilib olishi tabiiy bir holdir. Hech bir kuch u qavmni bu haqdan man' etolmaydi. Bu umumiy jadalgohda ehtiyojlarini tezlik va osonlik bilan hal qilgan millat g'alabaga muyassar bo'ladi. Bas, kurash maydonida g'olib chiqishni istagan har bir millat ehtiyojlarini tezroq qondirish maqsadida harakat qilib, bunga muvaffaq ham bo'ladilar. Ya'ni aql va ilm soyasida ehtiyojlarni qondirish sabablari usullarini mukammallashtirib, buning natijasida turmush lavozimlarini zudlik bilan yaxshilab, o'z g'alabalarini ta'minlaydilar. Mag'lub bo'lishni istamagan juda ko'p xalqlar ehtiyojlarini qondirish sabablarini rivojlantirib, boshqa millatlardan orqada qolmaslikka harakat qiladilar.

Ehtiyojlarning daf' qilish sabablarining taraqqiyoti va takomili aynan shundadir. Garchi basharning ehtiyojlari va ularning daf' etish sabablari bayonimiz ichiga sig'maydi, ammo olam bilittifoq shu qarorga kelganki, ehtiyojlarni qondirishning asosiy sababi sarvat ilmini, sarvat fazilatini o'rganishdadir. Har bir sarvatni egallagan millat tezda va osonlikcha ehtiyojlardan qutula oladi va bu kurash maydonida g'oliblikni qo'lga kiritadi. Sarvat tahsili hamma uchun zarur va umumiydir. Hech kim undan xalos bo'lolmaydi. Har kim qay tariqa yashamasin, sarvat tahsili uchun harakat qilmagan bo'lishi mumkin emas.

Bas, endi aytish mumkinki, tarkidunyochilik qobil va durust emas, mubin islom din bizni sarvat tahsilini olishga chaqiradi. Garchi biz bu muddaoning isboti uchun kitobimizning talay joylarida oyat va hadislarni zikr qilgan bo'lsak-da, bu erda ham oyati karimaning tarjimasini keltiramiz: «Va Alloh senga ato etgan mol-davlat bilan (avvalo) oxirat obodligini istagin va dunyodan bo'lgan nasibangni ham unutmagin»248.

«Jome' us-sag'ir»da ham shunday hadis kelgan: «Halolning talabida bo'lish har bir musulmon uchun vojibdir».

Xullas, sarvat shar'an va aqlan lozimdir. Zero, bashar hayotining davomi busiz mumkin emas, zotan bu dunyoda sarvat tahsilidan yuz o'girgan kishining o'zi yo'q. Lekin ba'zi odamlar shu xususda sustlik qilib ehtiyojlari uchun sarvatni egallamaydilar. Binobarin, bular doimo muhtojlik, ehtiyoj yuki ostida qolib ketib, bora-bora nobud bo'ladilar. Ularning bu holatlarini, faqirlik holatlarini saodat bilib, hatto islom dini bizni shunday yashashga buyurgan, deydilar. Bularning bu gaplari g'irt yolg'ondir. Mubin islom dini bunaqa kambag'allikni va bebizoatlik249ni aslo amr qilmagan, aksincha, muzammat qiladi. «Yahudiylar qaerda bo'lmasin xoru zordirlar, agarda Alloh va mo''minlar panohiga kirmasalar, ular ilohiy g'azabga giriftor bo'ladilar. Ularga qashshoqlik va miskinlik tayin bo'lgandir, chunki ular kofirdirlar»250.

Miskinlik Allohning g'azabi va iymonsizlik natijasidir. Bu haqda «Jome' us-sag'ir»da hadislar keltirilgan: faqirlikdan, bechoralikdan, zolimlik va mazlumlikdan Allohdan panoh so'rang: «Ey bor Xudoyo, faqirlik va xorlikdan o'zingdan panoh so'rayman» deng.

(davomi bor)

248.Kur'oni karim, Qasos surasi, 76—77-oyatlar.
249.Bebizoatlik — bisotsiz, kambag'allik.
250.Kur'oni karim, Oli Imron surasi, 112-oyat.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube