O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ma'danlardan foydalanish va ziroat san'ati

Ma'danlardan foydalanish va ziroat san'ati
28 Mayıs 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1807 marta o'qildi.

al_oldotkr11_536Abdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(41-qism)

Ma'danlardan foydalanish san'ati.

Bugungi kunda bashariyat olamining asosiy qismi foydali qazilmalarni topib, ularni kerakli ravishda ishlatib, shuning orqasidan kun kechirib kelmokda.

Masalan, neft' (lampa moyi) bugun dunyoning har bir chekkasida ishlatiladi, toshko'mir esa har bir madaniylashgan mamlakatga zarur: otasharavalar, kemalar, fabrikalar shu ne'mat soyasida ishlaydi.

Ingliz davlati o'zidagi boyliklarni ana shu ikki ma'dan: temir va toshko'mir orqali qo'lga kiritgan. Hatgo Ingliz davlatining jahongirligi ham shu toshko'mir ma'dani sabablidir, chunki Ingliz davlatining qo'lga kiritilgan jangovar kemalari toshko'mirsiz harakatlanmaydi. Agar Ingliz davlatida toshko'mir ma'danlari bo'lmaganda edi, hozirgidek harbiy kemalarni yarata olmagan bo'lardi.

Temir ma'danlar orasida muhim o'rin egallaydi, bashariyat dunyosi o'zining ehtiyojlarini shu ma'dan orqali qondirib turadi. Temir ma'danlarining foydasi to'g'risidagi shu quyidagi bir oyat etadi: «…Yana bir temir tushirdik — yaratdik. Unda kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir»252.

Ma'lumki, tez-tez sarflanib turadigan molning xaridori bisyor bo'ladi, narsaning xaridori ko'p bo'lsa, bozori chaqqon bo'ladi, bozori chaqqon savdogarning davlati ko'payadi. Farang davlatining sanash ojiz bo'lgan xazinalari shu ma'danlar tufayli qo'lga kiritilgan. Biz badbaxtlar esa haliyam shu san'atdan, shu kasbdan bexabar yuribmiz. Shu ma'danlarning qaysi biri bizning yurtda yo'q, deysiz?

Aminmanki, Turkistonning turli nuqtalari va Buxoro zaminida ham yashirinib yotgan neft', temir, toshko'mir kabi ko'pgina ma'danlar mavjud va ularning hammasi misol keltirganimiz oyati karima hukmiga binoan biz uchun, bizning foydamiz uchun yaratilgan. Lekin biz bu ma'danlarni topib, ishlatish xususida o'ylamayapmiz va bu rabboniy ne'matlarga kufr keltiramiz.

Bizning boylarimiz bu barcha Xudo bergan ne'matlarning zoe' bo'lishiga insoniyat olami rozi bo'lmasligini biladilar. Binoanlayh, agar ular itgifoq bo'lib, ma'danlarni topib, ulardan foydalanmas ekanlar, bugun yo erta dunyoning bir tarafidan begonalar kelib, ma'danlarni qazib, dunyo-dunyo foyda topadi, boylarimiz esa hasrat barmoqlarini tishlab qolaveradilar. Lekin, u vaqtda hasratning foydasi bo'lmaydi.

Ziroat san'ati.

Kimyoviy va tibbiy usullar orqali tabiat qo'ynidan olingan, odamlar uchun foydali bo'lgan narsalarni ishlab chiqarishga ziroat san'ati deyiladi.

Insoniyat hayotida ziroat nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bashariyat o'ziga zarur moddalarning ko'pchiligini shu san'at vositasida qo'lga kiritdi. Olamning har bir nuqtasida, xususan, bizning mamlakatimizda ham ziroat yuqori o'rinda turadi. Ha, mamlakatimizda ziroatga katta ahamiyat berilgandir. Zero, mamlakatimiz, eng avvalo, ziroatga moslashgan (agrar) davlatdir va odamlarimizning ko'pchiligi ziroat bilan shug'ullanishadi.

Farangiston va, xususan, Yapon erlari ziroatga moslashmagan. Binobarin, ularning serg'ayrat aholisi tog'lar etagiga turli xil dorilar sepib, dehqonchilik qilishadi. Biz bechoralar esa shu dehqonbop erlarimizdan ham foydalanishni bilmaymiz. Agar biznikidaqa erlar yaponlarda bo'lganda bormi, qisqa vaqt ichida u erning dehqonlari milyo'nlab daromadlarni qo'lga kiritishardi.

Shunday muborak erlarning egasi bo'lmish bizning dehqonlarimiz esa dunyoda eng kambag'al odamlar bo'lib yurishibdi. Ovro'pa mamlakatlari va Yaponiyada ziroatning foydalari qay darajada bo'lishini bilganliklaridan, ularning hukumatlari ziroatni rivojlantirish va taraqqiy ettirish yo'lida turli qonun va nizomlar ishlab chiqqanlar, hayratomuz mashinalar yaratib, ziroatchilikdan tahsil beradigan maktablar ochganlar. Boshqa tarafdan esa, bu davlatlarda bu sohaning rivoji va takomili uchun jamiyatlar ta'sis qilinib, ular doim fidokorlik bilan harakat qilib keladilar.

Baxtga qarshi bizning mamlakatda Buxoro va Xiva hukumatlari o'zlarining butun kuch-quvvatlarini dehqonchilikning zarariga ishlatadilar. Ha, Buxoroning idora tashkilotlaridagi amlokdorlik usullaridan dehqonlar xarob bo'ladilarki, foyda ololmaydilar.

Kamoli jur'at bilan aytamanki, Buxoro qishloqlariga borib turadigan amlokdor va qozilarning har biri go'yoki dehqonlarning xirmoniga tushgan jahannam otashiga o'xshaydilar. Bir tarafdan, bizning aholimiz ekish-yig'ish ishlariga uncha ahamiyat bermaydilar va himmat qilmaydilar. Vaholanki, dehqonlarimiz samimiyat bilan ishlarini tartibga solib zo'r bersalar, zarbaxsh erlarimiz qisqa fursat ichida yaxshi daromad berib, er sohiblari sarvat egalariga aylangan bo'lardilar.

Mubin islom dini ham musulmonlarni ziroat bilan shug'ullanishga targ'ib qiladi. Payg'ambarimizdan Imom Buxoriy quyidagi hadislarni keltirgan: «Musulmon daraxt ekib, ekin-tikin qilsa va uning hosilidan odamlar, hayvonlar yo parrandalar esa, bu o'sha musulmonning sadaqa bergani kabi» bo'ladi.

«Kimning eri bo'lsa unda ishlasin, agar ishlashga quvvati bo'lmasa, birovga bersinki, u ishlatsin. Agar bularni qilmasa, uning eri men undan hech yaxshilik ko'rmadim, deydi».

(davomi bor)

  1. Kur'oni karim, Hadid surasi, 273-oyat.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube