O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bu vazifani har birimiz ado etishimiz lozim

Bu vazifani har birimiz ado etishimiz lozim
31 Mayıs 2016 - 5:00 'da yuklandi va 1816 marta o'qildi.

boukkharaAbdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(42-qism)

A'mol san'ati. Er osti boyliklari va ziroat mahsu-lotlarini qo'l yo tabiiy kuch vositasida boshqa shaklga keltirishga a'mol san'ati (kasb-hunar) deyiladi.

Bu san'at yoki bu soha mahsulotlari turli dastgohlar, fabrika-zovudlarda zarur ashyolarga aylantirilib, oldi-sotdi uchun bozorga olib chiqiladi. Mas'alan, bug'doy ziroatchilik mahsuloti. Uni un, unni esa non qilib sotish a'mol san'atiga kiradi. Bu sanoat inson hayoti uchun nihoyatda zarurdir.

Agar sohalar orasida shu xildagilari bo'lmaganda odamlarning ishi mushkul kechardi. Shu sababdan hazrat Rasululloh bizga bu san'atni targ'ib qiladi. Kishining o'z kasbidan topgan taomidek shirin taom bo'lmaydi. Dovud Payg'ambar qo'l amalidan (ya'ni, hunardan) eb-ichardi, «Kasblarning pokizasi odamning qo'l kuchi ishlatib qilgan amalidir».

Odamlar orasida bu san'at ham ixroj san'ati va ziroatchilik kabi ko'hna va shular bilan bog'liq sohadir. Lekin kundan-kunga taraqqiy etmoqda. Ilgari odamlar qo'l mehnatlari bilan bu san'atni ijro etishgan bo'lsa, endilikda katta-katta fabrikalarda kishini hayratga soluvchi mashinalar bajaradi. Bugun Ovro'pa va Amriqoning ko'pgina sarvatdor, boylarining fabrikasi bor.

Ularning har bir fabrikalari mubolag'asiz bizning bir qishlog'imizga teng keladi. Bunday fabrikalarda sakkiz ming, o'n ming ishchi ishlab, nasibasini topadi. Har yili Osiyoning turli shaharlaridan minglab odam Ovro'pa va Amriqoga ishlash va yashash uchun borib, u erdagi fabrikalarda xizmat qiladilar. Shu bahonada bu davlatlarning nufuzi ziyoda bo'lib, bozorlari ravnaq topadi. Shu yo'l bilan ham davlat, ham odamlar dunyo-dunyo foyda topadilar.

Biz turkistonlilar bir vaqtlar a'mol san'atimizni, ya'ni turli sohalarni rivojlantirib, o'zimizga zarur narsalarni o'zimiz sifatli qilib ishlab chiqarardik, o'zimizdan ortib qolgan mollarni xorijiy davlatlarga yuborar edik, ular mamnuniyat bilan sotib olardilar. [Mas'alan] abbosiy xalifalar davrida xalifalar uchun liboslar Buxorodan olib ketilar edi. Hozir ham qadimiy hunarlarimiz har bir joyda mavjud, yo'qolib ketgani yo'q. Mas'alan, alacha, yaxshi sifatli gilamlar bizda to'qiladi, to'qilgan harir matolarimiz alacha va gilam kabi jahonni hozir ham hayratga soladi. Sanoatimizning avvalgi holati bugunga kelib qolmagan, zero, biz qadimda o'zimizga zarur barcha narsalarni o'zimiz tayyorlab chiqarar edik. Bugun esa butunlay boshqacha: barcha zarur narsalarni boshqalardan sotib olamiz. Bir necha yil ilgari bo'z va qalamidan libos kiyardik, bu matolar uchun xom ashyo o'zimizdan chiqardi. Ya'ni o'zimiz paxta ekib, paxtadan ip yigirib, o'zimiz yasagan dastgohlarda shu iplardan mato to'qib, shu matodan kiyim tikib kiyar edik. Xullasi kalom, liboslarimizni boshdan oxirigacha begonaga bir tiyin bermasdan o'zimiz hozirlardik.

O'zimizdan ortib qolgan narsalarni chet elga chiqarardik, qimmatga sotib foyda olardik. Ammo atrofdagi fabrikadorlar ko'zni qamashtiruvchi parcha va boshqa turdagi rango-rang matolarni bizning yurtimizga keltirganlaridan keyin bizning bo'z va qalamilarimiz ularga tenglasha olmay qisqa fursatda muomaladan chiqib ketdi.

Bu tabiiy va zaruriy bir amrdir, boshqacha bo'lishi ham mumkin emas, chunki odamlar doimo nafis va chiroyli narsalarga o'ch bo'ladilar. Bas, shunday ekan, kasbu korining rivoj topishini xohlagan har bir kishi o'zining mehnat mahsuli boshqalarnikidan past bo'lib, nazardan chetda qolmasligi uchun harakat qilishi zarur. «Jome' us-sag'ir»da ham Payg'ambarimizdan rivoyat qilinganki: «Ishlarini o'nglab, rivojlantirib yurganlarni Alloh ham do'st tutadi».

Lekin bizning ota-bobolarimiz shu andishani e'tiborga olmadilar va odamlar nima bo'lsayam bizning to'qigan bo'z va qalamimizni xohlab olaveradilar deb o'ylab, bu matolarni o'zgartirmadilar, rivojlantirmadilar. Shu bois o'zlarini ham, san'atlarini ham yo'qotdilar, bizlarni esa begona fabrikachilarga muhtoj qilib qo'ydilar. Men «Hind sayyohi» nomli risolamda bu xususda aytib o'tgan edim, bu o'rinda esa shuni arz qilmoqchimanki, agar biz ham jahon xalqlari orasida xoru zor yurishni, millatimizni tushkun va parishon holda ko'rishni istamasak, saodatli, baxtiyor hayotni orzu qilsak, har qancha ketsa ham boqiy qolishi kerak bo'lgan hunarimizni himoya qilishimiz, taraqqiy ettirib, takomillashtirishimiz kerak. Ravshanroq qilib aytadigan bo'lsam, kasbu korimiz va amaliy san'atimizni himoya qilish hayotiy vazifamiz ham dinda farz qilingandir. Bu vazifani har birimiz ado etishimiz lozim. Avvalo, shu san'at sohiblarining o'zlari aqllarini ishlatib, kasblari xususida mulohaza yuritib, diqqat qilib san'atlarining zoe' bo'lmasligi va o'zlari taraqqiyotdan qolib ketgan ustalarimizdek nongadoy bo'lib qolmasliklari uchun choralar ko'rishlari zarur.

Ikkinchidan, Rusiya va Farangiston davlatlariga borib-kelib yuradigan savdogarlarimiz u davlatlarning sanoat taraqqiyotidan voqif bo'lganliklarini bizning sanoatchilarimizga ham aytib, tushuntirib bersinlar, toki ustalarimiz yangi barpo bo'lgan fabrikalarning ishlash va idora qilish tarzlaridan, sanoatdagi yangiliklardan xabar topsinlar.

Uchinchidan, barcha aholiga lozimki, ustalarimiz qo'lidan chiqayotgan gazlamalarni dag'al va qimmat-arzonligiga qaramasdan mamnunlik bilan sotib olsinlar. Milliy sanoatimizning taraqqiyoti va boqiy qolishi uchun aslida eng muhim chora shudir, zero, har bir san'atning rivoj topishi, boqiy qolishi uning xaridoriga bog'liqdir. Ustaning qo'lidan chiqayotgan matoning xaridori bo'lmas ekan, undan foyda ham bo'lmaydi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube