O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Eshitishga quloq qani, ko'rishga e'tibor qani?

Eshitishga quloq qani, ko'rishga e'tibor qani?
03 Haziran 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1881 marta o'qildi.

Uz15-16Abdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(43-qism)

Naqliyot san'ati.

Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish naqliyot san'atiga yoki naqliyot sohasiga kiradi.

Biz yuqorida tilga olgan uchta san'at bir mamlakatning boyligini ziyoda qilmaydi, balki himoya qiladi, saqlaydi. Vaholanki, har bir millat o'z xazinasini kundan-kun ko'payishi xususida o'ylashi lozim.

Ziroatchilik bilan shug'ullanuvchi, fabrikadorlik qiluvchi va erosti boyliklarini qazish bilan shug'ullanuvchi xalqlar kasblari keltirgan mahsulotlarni bir-birlariga sotsalar, bu ham ularning davlatini ziyoda qilmaydi. Bir millatning davlati qachon ziyoda bo'ladi, qachonki boshqa xorijiy davlatlardan pul kela boshlasa.

Mas'alan, faraz qiling: bir kishining besh yuz tanga puli va beshta cho'ntagi bor. U bu pullarni cho'ntaklarining biridan ikkinchisiga o'tkazib turgani bilan to qiyomatgacha puli besh yuz tangaligicha qolaveradi. Bu kishining puli qachon besh yuz ellik tanga bo'ladi, qachonki chetdan cho'ntagiga ellik tanga tushsa. Bir davlatning ham xazinasi shunga o'xshash, puli ko'payishini istagan millat chet ellardan pul keltirishi kerak. Ajabo, bu qay tariqa bo'lishi mumkin?

Farangiston olimlari otasharava va kemalarni shu muddaoni hal qilish uchun yaratganlar. Biz esa butun olamdagilarni o'zimizga o'xshatib, ovro'palilar bu otasharava va kemalarni hoyu havaslari uchun yaratgan bo'lsalar kerak, deb o'ylaymiz, lekin aslida unday emas. Ular mashina va kemalarni o'zlaridagi san'at va dehqonchilik mahsulotlarini atrofga chiqarib sotib, pul qilib, shu yo'sinda xazinalarini boyitish uchun (harakat) qiladilar. Ularning ziroati va sanoatining kundan-kunga taraqqiy topishi shu otasharava orqasidandir.

Ha, bir mulkning ziroati va sanoatining ravnaq topishida otasharava nihoyatda katga ahamiyat kasb etadi. Mas'alan, Afg'onistonda otasharava yo'q, faraz qiling-a, Afg'onistonning hamma erlariga ishlov berilsa, har yili 200 ming man bug'doy beradi. Lekin afg'on xalqiga bir yilda ellik ming bug'doy kifoya qiladi. Shu holatda afg'on xalqi faqat o'ziga kerakli bo'ladigan miqdorda bug'doy etishtirib, qolgan erlar bekor yotaveradi, agar bundan ko'p etishtirsalar, ortib qolgan bug'doy nobud bo'lishi mumkin. Lekin, har bir shaharida otasharavaga ega bo'lgan millat quvvatlari etguncha dehqonchilik qilib va yig'ilgan har bir mahsulotning o'zlaridan ortganini otasharavalarga yuklab, boshqa davlatlarga olib borib sotsalar, foyda oladilar. Demak, har bir davlat sarvati ziyoda bo'lishi uchun o'zining molini xorijga chiqarib sotishi zarur ekan, busiz sarvat hosil bo'lmaydi.

Hozir xotiramga ajoyib voqea keldi, shuni aytib o'tmoqchiman. Buxoroda ekanligimda bir nechta xorijdan kelgan ajnabiylar ba'zi bir mevalarimizni xomligicha arzonroq bahoda sotib olmoqchi bo'ldilar. Buxoro hukumati amaldorlari ularga ruxsat berishmadi. Nega? Chunki agar ular mevalarimizni xomligicha arzon bahoda olib ketsalar, Buxoroda meva qimmat bo'lar emish… Kim nima desa desin-u, lekin mening fikrimcha, hukumat arboblarimizning bu ajoyib tadbiri faqat kulguni qistatadi, xolos. Bir insof bilan o'ylang-a, falon bir shaharning odami kelib, bir oz xom o'rikni ikki pul arzoniga olib esa nima qilibdi, unga man' etib, yuzlab dehqonlarimizni halol pul topishdan mahrum qilishda ne ma'no bor ekan?

Shu ergacha otasharavalarning ba'zi bir umumiy foydalarini zikr qildik. Otasharavada xususiy foydalarning borligiga ham zarracha shubha yo'qdir. Mas'alan, bir necha davlatmand odam kengashib, birlashib, otasharavaga imtiyoz olib, uni yaratib, keyin o'zlari boshqarsalar, bir oz muddat o'tmay milyo'nlab sarvat egasiga aylanadilar.

Binobarin, bu xususda ko'p gapirdik. Agar bizning boylarimiz ham kengashib katta ishlarga qo'l ursalar edi, dunyo-dunyo foyda olgan bo'lar edilar, ammo (bu gaplarni) «Eshitishga quloq qani, ko'rishga e'tibor qani?».

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • SHUXRAT ;

    Xulas aytsang uying kuyadi aytmasang tiling kuyadi mana masalan kozokiston xalki tirikchilik uchun biroz tadbirkorlik tugrisdagi konunlarni buzib kun kechirsa xam davlat bunga kuz yuumayapti shu tufayli kozok xalki korni tuk tukis yaashayaapdi bizga uxshab tirikchilik ilinjda darbadar kushni davlatlarni kezib kul bulib yuurganmas bizda xar soxada red tadbirlar omon bulsin biringizni ikki kilgani kuymaydi sabab nimada ochdan uldirmasa tukdan tuyudirmasa xalk yuukori bilan ishi bulmay fakat korin gamda yaashaydi xalkimizga erkinlik berilishni juda xoxlardim shunda 1 kun bulsayam korin gamin unitib kelajagimiz xakda bosh kotirardik

    04/06/2016 04:11
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube