O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bizni najot sohilidan halokat girdobiga tashladilar

Bizni najot sohilidan halokat girdobiga tashladilar
06 Haziran 2016 - 6:00 'da yuklandi va 1737 marta o'qildi.

163621666Abdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(44-qism)

Tijorat san'ati.

Biz yuqorida aytib o'tgan uch xil san'at mahsulotlarini naqliyot vositasida har tarafga olib borish, olib kelish va odamlarning talablari uchun kerakli narsalarni etkazib berishga tijorat san'ati deyiladi.

Biz yuqorida naqliyotning foydalarini arz qildik, lekin shuni ham muhtaram o'quvchilarimizga aytib o'tishimiz lozim, naqliyot hamma joyda, hamma holatlarda ham foyda keltiravermaydi, naqliyotdan bilib foydalanmasa, albatta, zarar ko'rish mumkin. Zotan, dunyodagi har bir ishda ham shunday suiiste'mol qilinsa, zarar ko'riladi.

Mas'alan, to'yda ko'p foydalar bor, ammo biz turkistonlilar uni suiiste'mol qilishdan to'xtamas ekanmiz, zarar topamiz. Namozning ham foydalari ko'p, lekin riyokorlik bilan o'qilgan namoz zarar keltiradi, ya'ni gunohkor bo'lamiz.

Otasharava va kemalar ham shunday: savdogarlar ularga o'z mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yuklab, chetga chiqarib sotib, chetdan imkon qadar mol olib kelib, o'z yurtlarida sotsalar naqliyotdan foyda ko'radilar.

Agar begonalar xorijiy molni ularning mulkiga keltirib sotsa va savdogarlarning molini xorijga olib borib sotsa, savdogarlarning o'zi bu xususda o'zlari harakat qilmasalar, shubha yo'qki, shu davlat o'zida bor otasharavadan foyda ko'rmaydi.

Tijoratning foydalari faqat oldi-sotdidan emas, balki bir davlatning xilma-xil sanoatining taraqqiy topishi, millatning ravnaqu osoyishtaligi, uning ulug'ligi va e'tibori tijoratga bog'liqdir.

Bashar toifasi tijoratga doimo ehtiyoj sezib kelgan, agar bu muborak san'at bo'lmasa edi, odamlar Alloh ne'matlarining bir qismidan mahrum bo'lib qolaverardi. Shu tijorat borki, mamlakatimizga Hind diyoridan choylar, Rusiyadan shakarlar kelib turadi, shu tijorat sabab paxtamiz va qorako'l terilarimizni jahon bozoriga chiqarib sotamiz.

Tijorat ibtidoiy davrlardan to hozirgacha har bir millat orasida baland mavqega ega bo'lib kelgan, lekin, xususan, bizning zamonga kelib yanada e'tibori ortib ketdi. Har bir qavmning boqiyligi, har bir davlatning quvvat va shavkati batamom uning tijoratiga tobe'dir. Yahudiylar o'zlarining parishonliklariga, tarqalib ketishlariga qaramay millatlarini ana shu tijorat soyasida himoya qiladilar, o'zlarining yarimmustaqil davlatlari bo'lmay turib ham Farangning aksar hukumatlari ularni tan olib, quloch ochib ko'rishadilar, chunki ularning pullari bor, tijoratlari rivojlangan.

Shu e'tibordan islom dini bizga tijorat bilan shug'ullanishni buyuradi… «Alloh (dengizdagi) kemalar o'zining amri bilan joriy bo'lishi hamda sizlar (u kemalarda) Uning fazlu marhamatidan (rizqu ro'z) istashlaringiz va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga dengizni bo'ysundirib qo'ygan zotdir»253.

Bu oyat qatorida Payg'ambarimizdan hadislar ham rivoyat qilingan: «Halol ish qilib, to'g'riso'z bo'lgan tojir qiyomatda shahidlar bilan barobar mukofot oladi».

«Halol ish qiluvchi tojir Payg'ambarlar, siddiqlar va shahidlarga hamrohdirlar».

Insof qiling, bu dunyoda islom dinigina tijoratga shu qadar baland martaba va oliy daraja tayin etgan. Baxtga qarshi, bugun oramizda e'tibori yo'q kasblardan biri shu tijoratdir. Shuni ham yaxshi bilish kerakki, tijoratdan foyda ko'rish kerak, faqat oldi-sotdi bilan chegaralanmasdan.

Bugunga kelib tijoratdan yaxshi foyda olish uchun bir qancha ilmlarni bilish zarur. Odat yuzasidan yoki ming yillik noshudligimizni oshkor qilmaslik uchun tijorat bilan shug'ullanish foyda keltirmaydi, shuning uchun ham milliy tijoratimiz kundan-kunga tanazzulga yuz tutib bormoqda. Men aniq ishonamanki, millatimizning hayot mamoti savdogarlarimiz qo'lida.

Ha, bundan bir necha yil muqaddam bizning idora tizimimiz ulamolar qo'lida edi, lekin ular bizga rahbarlik qilishga ojiz qoldilar, bizni halokat girdobidan najot sohiliga chiqarish o'rniga, ular najot sohilidan halokat girdobiga tashladilar.

Shu sababdan xohu noxoh bu millatga rahnamolik qilishdek muqaddas vazifa ularning qo'lidan chiqib, zamon taqozosiga ko'ra boylarimiz qo'liga o'tdi. Binoanlayh, bugun boylarimiz oldida turgan vazifalar ham ulug' bo'lib, islom nazdida ularning martabalari ham ortdi.

Bas, ularga vazifalarini tushunib, rahbarlik qilishlariga muhtoj bo'lgan millatlariga yordam ko'rsatib, rahbarlik qilsinlar. Lekin ular ham o'z ishlarini zamon talabi va xohishlariga qarab tartibga solmasalar, bu vazifani ado etolmaydilar.

Men shuning uchun uch yildan beri faryod urib, ularni hushyorlikka da'vat qilib kelsam-da, hayhot, ularning hushyorligini tushimdan boshqa hech erda ko'rmayapman.

(davomi bor)

253.Qur'oni karim, Josiya surasi, 12-oyat.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube