O’zbekiston Xalq Harakati

“Chingizxon turk millatiga mansub bo'lgan”

“Chingizxon turk millatiga mansub bo'lgan”
08 Haziran 2016 - 14:05 'da yuklandi va 5484 marta o'qildi.
Anatoliy Grigor'evich

Anatoliy Grigor'evich

Mo'g'ul millati tarixda mavjud bo'lmagan, bu siyosiy atama, deya ta'kidlaydi tarixchi-chingizshunos olim, akademik Anatoliy Olovintsov. Uning fikricha, XIII-asrda Ovro'osiyo cho'llarida barcha turklar bo'lgan, shu jumladan Chingizxon ham, va ular har xil qabilalarga bo'linganlar. Keyinchalik, ularning barchasini yagona davlat ostida yig'ib, Chingizxon bu davlatni shartli “Mo'g'uliston” deb atagan, bu esa “Mangu qo'shin” degan ma'noni anglatadi.

– Anatoliy Grigor'evich, siz nega Chingizxon turk bo'lgan deb hisoblaysiz?

– Bu kashfiyotni men turli tarixiy hujjatlarni uzoq vaqt o'rganishdan keyin qildim. O'zingiz o'ylab ko'ring. Tarixda mo'g'ul tilida yozilgan bir dona ham so'z yo'q, turk tilida esa istaganingizcha topasiz. Chingizxon yaqin atrofidagilarining g'arb qirollari bilan yozishmalari saqlanib qolgan, ular turk tilida olib borilgan. Xubilay xonning avlodlariga maktubi, ba'zi Markaziy Osiyolik hukmdorlarning xatlari turk tilida bitilgan va qadimiy uyg'ur shrifti qo'llanilgan. Bundan tashqari, bizgacha  buyuk hukmdor hayotligida ishlangan chingiziylar toshi etib kelgan, undagi yozuvlar ham turk tilida. Agarda o'sha vaqtda mo'g'ul tili mavjud bo'lgan bo'lsa, nega Chingizxon turkchadan foydalangan? Bundan xulosa shuki, Chingizxon turk tilida garpirgan va yozgan.

U holda mo'g'ullar qaerdan paydo bo'lgan?

– Bunday etnik guruh umuman mavjud bo'lmagan. “Mo'g'uliston” – bu siyosiy atama. Bu huddi AQShda amerikalik millati bo'lgani kabi. Amerikaliklar kim? Bular shu mamlakatda yashaydigan insonlar: inglizlar, afrikaliklar, italiyaliklar va hokazo. Yoki misol uchun, avval hammamiz Sovet xalqi edik, ammo hech kim sovet tilida gapirmas ediku. Qozoqlar qozoq tilida gapirar edi, ruslar esa rus tilida.

Chingizxon davrida Ovro'osiyo cho'llarida barcha turklar bo'lgan, ular tatarlar, kereylar, jaloirlar, naymanlar va boshqalarga ajratilgan. Solnomalarga ko'ra, bir kuni Chingizxon huzuriga Xitoy elchisi Menxun keladi, ammo hukmdor qo'shin boshchiligida yurishda bo'ladi. Shunda elchi Chingizxon boshqaruvchisi Muxali bilan garlashadi va undan so'raydi: “Sen kimsan?”. Muxali: “Men tatarman”, deya javob beradi. Avvallari tatarlar yuksak e'tiborli hisoblanishganku.

Shunday qilib, Chingizxon atrofida turli millat vakillari yig'ilgan. U o'z davlatini tashkil qilishga qaror qilganda esa, barcha shu odamlarni yagona xalq sifatida birlashtirlan. Bunday ko'p millatli mamlakatga qanday nom berish kerak? Mo'g'uliston (Mongoliya) – “mengu” – mangu va  “kol” – qo'shin – eng jarangdor va tarafsiz nom.

– Ya'ni hozir mo'g'ullar turk tilida gaplashayaptilarmi?

– Yo'q. Hozirgi xalxa-mo'g'ul tili XVII-asrda, ularni Manjurlar bosib olganda shakllangan. Bilasizmi, o'zining O'rta Osiyo va Kavkaz salb yurishlarida Chingizxon va uning o'g'illari Mo'g'ulistonning deyarli yarim aholisini olib chiqib ketishgan. Mo'g'ullar Xitoyni bosib oldilar va xitoyliklar ularni surib chiqargunga qadar u erda 100 yil hukm surdilar. Xitoyliklar Mo'g'ulistonning o'zida ham ikki marotaba qirg'in uyushtirdilar, shunchaki aholining bir qismini so'yib tashladilar. Keyin esa, Chingizxonning o'limidan so'ng, qolgan hukumat mansabdorlari birinchilik uchun o'zaro jang boshladilar. Natijada XVII-asrda mamlakatda turk bo'lgan va turk tilida gaplashadigan bor yo'g'i 60 ming tub aholi qoldi. Buni ko'rgan Manjurlar Mo'g'ulistonni bosib oldi, ularning tillari turk tilidan tubdan farq qilar edi. Aralashuv natijasida bir avlod o'tib  tungus-turk-manjur tili shakllandi – bu esa hozirgi zamonaviy xalxa-mo'g'ul tilidir.

Avval mo'g'ullar tangrichilar bo'lishgan, keyinchalik budda dinini qabul qilishgan, bu ularni manjurlar bilan bog'lovchi yagona aloqadorliklari bo'lgan. U vaqtda iqtidorli yosh mo'g'ullarni xitoy, tibet va turk tillarini o'rganish uchun Tibetga yuborishgan. Shu odamlar qaytib, bizning kunimizgacha etib kelgan solnomalarni yoza boshlaganlar. Bu bitiklar xitoy belgilarida, ammo turk tilida yozilgan, shu sababdan olimlar uzoq vaqt, deyarli 30 yil  ularni o'qiy olmaganlar.

– Chingizxonga qaytaylik.Uning qozoq millatiga mansub bo'lishi ehtimoli bormi?

– Hozir buni aniqlash qiyin. Menimcha, uning millatini o'z tarafimizga tortib, qozoq deyish noto'g'ri. Ammo hozir hamma shunday qilishga urunmoqda. Tatarlar va hattoki Yoqutlar ham hozirda u bizning millatdan bo'lgan deyapti. Bu noto'g'ri, u turk, o'z davlatini tashkil qilganda esa mo'g'ul bo'ldi va o'zini shu mamlakat hududida dafn etishlarini buyurdi.

– Aytmoqchi, qozoqlar mo'g'ullar bilan aralashgandan so'ng ranglari qoralashgan deb hisoblanar edi. Siz esa unisi ham, bunisi ham qizg'ish bo'lgan deyapsiz…

– Qozoq xonligi Chingizxon o'limidan 250 yil o'tib yuzaga keldi. Qozoqlar u vaqtda haqiqatdan ham oqish rangda bo'lganlar. Shuningdek, oltin odamni topishganda, u ham qizg'ish bo'lgan. Qozoq xonlarining ismlarini eslang, o'sha Kenesari – “kene” – kana, “sari” – sariq. Tarixda To'g'um ismli xon ham bo'lgan, u o'zining to'qqiz o'g'li bilan jangda halok bo'lgan. Shundan so'ng ularga bir doston bitilgan, nomi “To'g'iz sari”, ya'ni to'qqiz sariq.

Aralashuv bo'lgan, ammo mo'g'ullar bilan emas, balki xitoylar bilan. Turklarda Mode nomli hukmdori bo'lgan, u Xitoyga hujum qilgan, buyuk Xitoy devoridan o'tgan. Turklarni u erda nima qiziqtirgan? Choy, ipak va minglab asir olingan yosh qizlar. Mana shular ularga ko'plab metis farzandlar tug'ib bergan, shulardan aralashish boshlangan. Bu kabi bosqinlar Xitoyga deyarli ming yil davom etgan. Sekin-asta qozoqlarning tashqi ko'rinishi o'zgardi, ular qizg'ishdan bug'doy rangga aylanishdi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar