O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Zarnigor ALIMBEKOVA: Davlat o'z fuqarolarini tunash ortidan kun ko'rarkan…

Zarnigor ALIMBEKOVA: Davlat o'z fuqarolarini tunash ortidan kun ko'rarkan…
09 Haziran 2016 - 13:48 'da yuklandi va 3040 marta o'qildi.

Alimbekova ZarnigorShu yilning 30 mart kuni mening turmush o'rtog'imning xususiy mulki bo'lgan xonadonga onam Eshonqulova Malohatga sud tomonidan solingan jarimani qoplash maqsadida Uchtepa tuman sud ijrochilari tomonidan bosqinchilik uyushtirilgan edi.

Uchtepa tuman sud ijrochilarining hatti-haraktalarini bosqinchilik deyishga haqliman.

Negaki, 10 kishi bo'lib kelgan ijrochilar xonadon sohibining ruxsatisiz, uning kelishini kutmasdan uyga bostirib kirishgan va 10 ta talonchi qo'liga ilingan narsalarni ko'tarib o'zlarini eshikka urishgan, tunab to'lishgachgina dalolatnoma tuzishgan edi.

Men, turmush o'rtog'im va huquqbon Shuhrat Rustamovlar o'zimizga tegishli bo'lgan mol-mulklarni ro'yxatdan chiqarish va qaytarishlarini so'rab Uchtepa tuman sud ijrochilar bo'limiga nisbatan fuqarolik ishlari bo'yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritgan edik.

Bugun, 2016 yilning 8 iyun' kuni bizning da'vo arizamizga asosan sud jarayoni bo'lib o'tdi.

Oddiygina mulkni ro'yxatdan chiqarish to'g'risidagi sud jarayoniga kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan “Al'yans” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti etakchisi Elena Urlaeva va huquqbon Tat'yana Davlatovalar kiritilmadi.

“Kuzatuvchilarning zudlik bilan xonadan chiqib ketishlarini talab qilaman. Aks holda sud boshqa kunga qoldiriladi” dedi Fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar, Uchtepa tumanlararo sudining sud'yasi Xashimov.

Provardida, biz, da'vogarlar sudning kuzatuvchilarsiz o'tishiga rozi bo'lishga majbur bo'ldik.

Sud deganlarida umrimda birinchi bo'lib ishtirok etishim edi. Bu bir spektakl' bo'larkan.

Sud'ya Xashimov ijro haraktalari olib borilgan uy turmush o'rtog'imning xususiy mulki ekanligini tasdiqlovchi ma'lumotlarga ham qaramadi, musodara qilish uchun olib ketilgan mol-mulklar mening, turmush o'rtog'imning, Shuhrat Rustamovning mulki ekanligini isbotlovchi xarid hujjatlariga ham e'tibor qilmadi.

Sud'yaga ko'ra, Uchtepa tuman sud ijrochilar bo'limi boshlig'i Maxamadiev imzosi bilan sudga “2016 yil 30 mart kuni Eshonqulova istiqomat qilayotgan uydan musodara qilingan mol-mulklar narxlanib, sotib yuborilgan. 7 turdagi sotilgan mol-mulklardan tushgan 2.307.600 mablag' departemant hisob raqamiga kelib tushgan” degan mazmundagi soxta ma'lumotlar bitilgan xat taqdim etilgan.

Uchtepa tumna sud ijrochilar bo'limi boshlig'i Maxamadiev tomonidan imzolangan xatni soxta deyishimga asos shuki, mazkur nomaga na sana qayd etilgan, na da chiqish raqami ko'rsatilgan.

“____.06.2016 yil” deb yozilgan xolos.

003
Buningdek tuturiqsiz xat asosida Fuqarolik ishlari bo'yicha Uchtepa tuman sudi ish ko'rishi mumkin. Biroq aqli raso kishi buningdek nomalar asosida qaror qabul qilmaydi.

Darhaqiqat, sud'ya Xashimov sud ijrochilarining xatiga asoslangan holda bizdan noqonuniy tarzda sud ijrochilar tomonidan tortib olingan, o'z uyimizdan tunab ketilgan mol-mulklarni qaytarib berishlarini so'rab yozgan da'vomizni rad etish to'g'risida qaror chiqardi.

Kuzatishlarim natijasida shunga amin bo'ldimki, muammoning ildizi Uchtepa tuman sud ijrochilarida emas, Fuqarolik ishlari bo'yicha Uchtepa tuman sudi sud'yalarida ham hech bir huquq yo'q.

Bor muammo rejimda.

Sud'ya va ijrochilar rejim qo'lidagi qo'llariga arqon tortilgan yog'och qo'g'irchoqlar xolos.

Prezident qizlari millardlab mablag'larni o'marishi, qarindoshlari millionlab xalq puliga horijdan koshonalar xarid qilishi, korcholonlarning talon-taroj qilishlari ortidan O'zbekiston hukumatining xazinasi bo'shab qolgan. Bo'm-bo'sh xazinani to'ldirish zarur. Ayni damda hukumat davlat idoralari xizmatchilariga oylik ish haqi to'lash masalasida ham ojiz qolmoqda.

Xo'sh, shunday ekan, u holda nima qilish kerak?

O'z Konstitutsion huquqidan foydalanishni istagan, qonundan chetga chiqmagan fuqarolarga jarima solishi, tinch aholining uyini tunashi, talashi, noqonuniy musodaralar ortidan ko'rkalamush kabi kemirib bitirgan davlat xazinasini but qilishlari zarur.

Bizga qarashli xususiy mulk – uyimizdan mol-mulklarimizni tunab ketilishi va pullab yuborilishi ana shu zaruratning – davlat xazinasini butlash yo'lidagi urinishning debochasi.

Sud ijrochilar niqobi ostidagi qoroqchilar tomonidan noqonuniy ravishda musodara qilingan mol-mulklar 2 million so'mga paullandimi? Ana, boring, nari borsa 10 nafar davlat idorasidagi ishchining bir oylik maoshi qoplanishiga kafolat bo'ldimi?

Balki shu bilan hukumatning qaroqchilik qilayotgan qonun idoralari qaysidir ma'noda foyda ko'rgandek tuyilishi mumkin. Biroq buningdek noqonuniy qora qilmish ortidan hukumat juda katta yo'qotishga uchradi.

Fuqarolarining ishonchini, hurmatini paymol etdi.

Bugun bizning xususiy mulkimizni noqonuniy tarzda tunash orqali xazinaga oz bo'lsa-da aqcha kirar. Biroq, ertagachi? Ertaga dalvat xazinasini nimaning evaziga to'ldiramiz?

Biz kabi o'zgalarni ham qaqshatish orqalimi?

Bu ahvolda hukumat butun boshli fuqarolarini boy berib qo'yadi-ku!

Zarnigor ALIMBEKOVA

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube