O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Oila vazifasi

Oila vazifasi
12 Haziran 2016 - 6:00 'da yuklandi va 2042 marta o'qildi.

0_f0af4_57a41e6d_XLAbdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(46-qism)

OILA VAZIFASI254

Bu olam darajama-daraja takomillasha borgan. Har bir ish xoh yaxshi, xoh yomon bo'lsin, asta-sekin rivojlanib, asta-sekin tanazzulga yuz tutadi. Binobarin, nafsingizni isloh etishga muvaffaq bo'lsangiz, ul vaqtda oila vazifasi siz uchun oson kechadi. Oila vazifasiga oilani tashkil qilish kiradi. Biz shu erda oilani tashkil etish va boshqarish xususida andak bahs yuritamiz.

Shuni bilish kerakki, tabiatdagi barcha mavjudotda ikki xil mavjudiyat bor: biri — shaxsiy mavjudiyat, ikkinchisi, nav'iy mavjudiyatdir. Shaxsiy mavjudiyatning muddati nisbatan qisqa bo'lib, koinotda unchalik ahamiyatga ega emas. Ammo nav'iy mavjudiyat barqaror va muhimdir.

Masalan, Eshmat, Toshmatlarning mavjudiyati necha yildan buyon yo'q va bu maxluqlarning bo'lgan-bo'lmagani muhim emas. Ammo ularning nav'iy mavjudiyatlari, insoniy hayotlari borki, to qiyomatga qadar barqarordir va nisbatan koinotga muhim ta'sir o'tkazib turadi.

Janobi Xoliqu hakim bu mavjudiyatlarning hifzi himoyasi uchun alohida qonunlarni tayin etgan. Eb-ichish va uxlash shaxsiy mavjudiyatni saqlab turadi. Tanosul va nasl berish esa nav'iy mavjudiyatni himoya qiladi.

Biz bu ilohiy qonunlarning har biriga tobe bo'lishga majburmiz. Agar bilfarz ularning birortasiga amal qilmasak, shaxsimiz yoki nav'imiz, tabiatimiz zarar ko'radi. Mas'alan, falonchi eb-ichmasa va uxlamasa, shubhasiz, andak fursatdan so'ng halok bo'ladi. Shuning uchun barcha odamlar, yo ularning ko'pchiligi tanosul va tavallud qoidalarini tark etishsa, basharning nav'iy mavjudiyati mahv bo'ladi, ya'ni odam nasli barham topadi.

Yana shu ham ma'lumki, rohat va ozodlikda taallukdorlik bo'lmaydi. Tanho, biror odamga bog'lanmagan kishi, hayotning ancha alamu tashvishlaridan xalos bo'lgan va umrini rohat, osudalikda o'tkazishi mumkin. Lekin oilali odamlarga bu baxt kamroq nasib etadi. Shunday odamlarning ixtiyori o'zida bo'lganda edi, yakkalikning rohatini taalluqdorlik mehnatiga almashtirmas edilar. Ya'ni hech kim xotin olish fikrini xayoliga ham yaqin yo'latmasdi.

Shu sababdan odam nasli asta-sekin yo'qolib borardi yoki bo'lmasdi. Yaratuvchi hazrat hakimning hikmatlari benihoya, bu tahlikali yo'lni odamlarga foydali qilib bog'lab qo'ygan. Erkagu ayolning tabiatiga shahvatni qo'shib, ularni bir-biridan lazzat oluvchi qilgan, shu lazzat uchun ular bir-birlarini ixtiyor qiladilar, natijada tavallud va nasl davom etadi.

Shahvoniy quvvatning berilish hikmatlaridan biri ana shudir. Ammo, biz kitobimizning avvalida arz qilgan edikki, odamlar bu quvvatlarini ifrot darajasigacha tushirib, ba'zi bir behayolar birovlarning nomusini poymol qilib ham yurishi mumkin.

Qodir Alloh bu xatarning oldini olish choralarini tayin qilganki, bu chora sunnati saniya (ma'qul), ya'ni nikohdir. Nikohning joriy etilishi shahvoniy quvvatni bog'lab, bir maromga solib turadi…

Bu xususda Imom Buxoriy juda ko'p hadislar rivoyat qilgan, ularda shunday deyiladi: «Ey yoshlar, agar qudratingiz etsa uylaning. Zero, uylanish ko'zingizni gunohdan saqlaydi, porsoligingizga sabab bo'ladi. Agar uylanishga qudratingiz etmasa, ro'za tuting, ro'za tutmoqlik shahvoniy quvvatni zaif qiladi va kishini haromga yurishdan asraydi».

Shu muqaddimadan ma'lum bo'ladiki, har bir qudrati bor kishiga uylanish lozim ekan, shu ilohiy qonunga xilof borgan kishi bilsinki, Alloh roziligi va bashariyat manfaatiga qarshi boribdi… Mana shu to'g'ridagi hadislardan ham bu ma'lum bo'ladi: «Uylaning va farzandlar ko'ring, men qiyomatda ummatimning ko'pligi bilan faxrlanay».

«Alloh haqqiki, men sizlardan ko'ra taqvodor va iymonliroqman, lekin men ro'za tutib, namoz o'qiyman, uxlayman va uylanaman. Kimki mening qilganlarimga xilof chiqsa, u odam mendan emas».

«Sizlardan battarrog'ingiz uylanishga qudrati bo'lib, uylanmay yurganingizdir. Ayoldor kishining o'qigan ikki rakaat namozi ayoli bo'lmagan kishining etmish rakaat o'qigan namozidan afzaldir».

«Sizlardan battarlaringiz uylanmagan kishilardir, eng past tabiatlilaringiz esa uylanmay o'lib ketganlardir».

Chunonchi, arz qildikki, uylanishdan maqsad nav'iy mavjudiyatni davom etgirishdan iboratdir, ya'ni inson nomini boqiy qildirishdir. Biroq bunga xotin olish har kimga oson bo'lgandagina erishish mumkin. Ammo bizning mamlakatimizda uylanish shu qadar qiyinki, bu xayrli ishni har kim ham orzu qilavermaydi.

Avvalo, qizning otasi qizining xuni bahosida naqd pul talab qiladi. Shunga ilova tarzida hech bir munosabatsiz bir olam harir, kimxob va shunga o'xshash narsalar talab qiladi. So'ngra uylanish orzusida bo'lgan erkak yuztadan ortiq yo kamroq odam chaqirib, ularga oshu non qilishga va kelganlarga to'n kiydirishga majbur bo'ladi. Bu xarajatlar uchun kamida o'n ming tanga bemalol ketadi. Shu sababdan millatimizning bir qismi xotin ololmay, bu dunyodan ko'z yumib ketmoqda va naslimiz kundan-kunga kamayib bormoqda.

Agar bu shum odat davom etaversa, naslimiz qolmay nomimiz dunyo sahifasidan o'chib ketadi, deb qo'rqaman. Vaholanki, bu kabi munosabatsizliklarni islom dini qat'iyan man' qiladi. Bu haqda «Jome' us-sag'ir»da quyidagi hadislar kelgan: «Nikohning afzali uning osonligidadir», «Nikohida og'irligi kam bo'lgan ayolda xayru baraka ko'pdir».

(davomi bor)

254.Bobda Fitrat oila haqidagi umumiy islomiy aqidalarni berish bilan cheklangan, keyinroq bu xususda maxsus to'xtalish lozimligini anglab, alohida risola bitgan.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube