O’zbekiston Xalq Harakati

Umrimizning so'nggi daqiqalarigacha ayollarning himmati va yordamiga muhtojmiz

Umrimizning so'nggi daqiqalarigacha ayollarning himmati va yordamiga muhtojmiz
15 Haziran 2016 - 5:00 'da yuklandi va 2027 marta o'qildi.

site_0602_0016-750-0-20130729144635Abdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(47-qism)

Bizning oramizda ilohiy ahkomlarning hikmatini tushunib etmagan odamlar ancha ko'pdir. Shu bois ular xotin olishni faqat maxluqiy shahvatni qondirish uchun deb o'ylaydilar. Shundan faqatgina o'zining havoyu nafsi uchun har kuni yangi xotin olib, avvalgisini taloq qiladilar yoki xoru zor va muhtoj qilib tashlab qo'yadilar.

Bu xildagi odamlar faqat maxluqiy shahvatlarini o'ylab ish ko'radilar, hech bir narsada odil Alloh taolodan qo'rqmaydilar. Ha, bir nechta xotinga uylanish bizning shariatimizda bor, lekin shu shart bilanki, agar hammalariga teng muomala qila olsa… «…Sizlar uchun nikohi halol bo'lgan ayollarga ikkita, uchta, to'rttadan uylanaveringlar. Endi agar (ular orasida) adolat qila olmaslikdan qo'rqsangiz, bir ayolga (uylaning)…»255

Hadisda esa quyidagilar aytilgan: «Ikki xotini bo'lgan erkak xotinlari o'rtasida adolat qilolmasa (ya'ni ularning biriga zulm o'tkizsa), qiyomatda yarimta tana bilan hozir bo'ladi».

Shularni bilganimizdan keyin yana bir narsaga diqqatingizni qaratmoqchimanki, uylanmoqchi bo'lgan odam o'ziga monand, har jihatdan o'ziga barobar xotinga uylanishi kerak. Zero, Payg'ambarimiz aytganlarki: «Xotinga to'rtta narsaga qarab uylanadilar: moliga, nasabiga, jamoli va diniga. Bas, sen dindor xotinga uylan». Endi biz shu hadisi sharifdagi hikmatlarni muhokama qilamiz.

Avvalo, moliga qarab uylangin, deyilgan. Erkak kishi nikohiga o'zining mol-mulkiga teng keladigan mol-mulkli ayolga uylanishi kerak. Kambag'al oilada o'sgan qizlarning aksari to'g'ri tarbiya va ta'lim ololmay, butun axloqiy fazilatlardan mahrum qolgan bo'ladilar. Xususan, ro'zg'or tutishni bilmasdan ko'pgina noxushliklarga sabab bo'lishlari mumkin.

Ikkinchidan, nasabiga qarab uylanish kerak, ya'ni xotinining nasabi erinikidan past bo'lmasa yaxshi bo'ladi.

Chunki past toifadagi odamlarning axloqi yaxshi bo'lmaydi, axloqiy kamchiliklar irsiy yo'l bilan ham o'tar ekan. Shuning uchun ota-onaning badaxloqligi va past fitrati irsiy yo'l bilan qizlariga ham o'tadi. Shunday qizlarga uylangan kishining xatarlari oldinda bo'ladi. Erning hayotini zaharga aylantiradilar, oila nomusini saqlashga ojizlik qiladilar, axloqlaridagi fasodlar ularning farzandlariga ham o'tadi.

Uchinchi o'rinda husnu jamol turadi. Yuqorida arz qilganimizdek, Alloh taolo er-xotinni nasl qoldirish uchun joriy qilgan. Bu maqsadga erning xotiniga mayli bo'lsagina erishiladi. Agar xotinining zohiriy husni jamoli bo'lmasa, erkakning unga rag'bati bo'lmaydi, u bilan yaqinlik qilishni ham xohlamaydi, bu sababdan naslga nuqson etadi. Yana shunday bo'lishi ham mumkinki, chor-nochor shahvoniy rag'batini qondirish uchun harom yo'llarga yurib, dunyoyu oxiratini kuydiradi.

To'rtinchi talab — dindorlik. Ma'lumki, shaxs (fe'l) odamlardan bolalik chog'idan turli odatni qabul qila boshlaydi. Fazlu kamol ahli qo'lida tarbiya ko'rgan bola fazilat va kamolga oshno bo'ladi, behayo va badkirdorlar orasida o'sgan go'dak esa katta bo'lsa, o'zi ham behayo va badkirdor bo'ladi. Shuni hisobga olib bir farang hukamosi: «Bani odamning barcha go'daklarini mening tarbiyamga berilsa, hozirgi olam shaklini o'zgartirib yuborardim», — degan ekan.

Tarbiya fani ulamolari bir ovozdan aytadilarki, tarbiya natijasida hosil bo'lgan odatlar insonni tamoman odamiylik tabiatidan chiqarib yubormaydi. Yana shu ham ma'lumki, har bir bola go'dakligidan onasining tarbiyasiga mahkum.

Binobarin, biz dastlabki tarbiyani o'z onamizdan olamiz, bu onalar bashariyatning tarbiyachilaridir degani, agar ular dindor bo'lsalar, farzandlari ham dindor bo'ladi, shuning uchun uylanmoqchi bo'lgan odam dindor xotinga uylanishga harakat qilishi kerak. Ammo shu dindor so'zini hamma ham to'g'ri tushunavermaydi. Bu so'zning haqiqiy ma'nosi nima?

Dindorlik bashariyatning saodat martabalarining biri bo'lib, kasbiy aqlga, ya'ni ilmga tayangan bo'ladi. Ravshanroq aytadigan bo'lsak, dindorlik Allohga farmonbardorliqdir. Ilohiy amrlarga itoat etishning ikki sharti bor. Avvalo, koinotning xoliqi bo'lmish Allohni yaxshilab tanib olish lozim, so'ng uning Qur'oni karimda mavjud bo'lgan barcha amrlarini bilish kerak. Shu ikki shartsiz ilm hosil bo'lmaydi, shundan ham biz dindorlikning asosi ilm dedik.

Men bularni aytishimdan nima hojat? Bu haqda Qur'oni karimda tushunarli qilib: «…Allohdan qo'rqish olimlarga xos» deyilgan va bu oyatni Payg'ambarimiz ushbu hadislari bilan to'ldirganlar: «Din bu aqldir, aqli bo'lmagan odamning dini ham yo'q». Bu gaplar bir ming uch yuz yil avval aytilgan. Shunday ekan, uylanshda ana shu to'rtinchi shart, ya'ni ilmli bo'lish zaruriy shartdir.

Uylanish niyatida yurgan erkakni tasavvur qiling: u topgan to'rtga qizning biri puldor, biri kalonzoda, uchinchisi sohibjamol va so'nggisi olim va dindor. Bu erkak uchun qay birini tanlash savob? Ya'ni bu to'rt qizning qaysi birini nikohiga olsin? Mazkur hadisga binoan olim va dindor bo'lganni nikohiga olishi kerak. Boshqalaridan keladigan manfaatlar gumon, to'rtinchisi esa avvaldan mavjuddir. Aynan ana shu jihatlar aytilgan hadisda ma'nosini topgan.

Hozir esa xotinlarning ijtimoiy mavqei va ularga qilinadigan muosharat odobi haqida bir oz suhbatlashsak.

Jamiyatda ayollarning martabasi ulug'dir. Shu ayollar bizni qatra suv holimizda otamizning pushti kamaridan olib, to'qqiz oy rahmida ko'tarib, ming xil mushkulotlardan o'tadilar. Shu ayollar bir parcha ojiz go'shtligimizda bizni mehr-muhabbat og'ushiga olib, uzoq yillar uyquni uyqu demay tarbiya qiladilar.

Bizning tarbiyachilarimiz, tabiblarimiz, muallimlarimiz ham shu ayollarimizdir. Ulg'ayib voyaga etganimizdan so'ng shu ayollarning biri bizga yo'ldosh bo'lib, shodligu g'amimizga sherik bo'ladi, ro'zg'orimizni boshqaradi, turmushimiz yukini engillatadi, bizni ming xil haromdan to'sadi; xullas, hayotimizning mushfiq mudiri, axloqimizning muhofazasi bu ayollar, chunki biz otamiz sulbidan judo bo'lib, yaralib, to umrimizning so'nggi daqiqalarigacha ayollarning himmati va yordamiga muhtojmiz.

(davomi bor)

255.Kur'oni karim, Niso surasi, 30-oyat.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano