O’zbekiston Xalq Harakati

Avlod tarbiyasi

Avlod tarbiyasi
21 Haziran 2016 - 5:00 'da yuklandi va 1898 marta o'qildi.

1966.-Bazar.-Buxara.Abdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(49-qism)

AVLOD TARBIYaSI

Avlod tarbiyasi oiladagi vazifalardan biridir. Bu mas'ala hayot binosining poydevori bo'lganligi sababli nihoyatda muhim va ancha mushkuldir.

Bu bahsni uddasidan chiqib yuritishga mening qalamim ojizlik qiladi. Men hatgo bu bahsni boshlashga jasorat ham ko'rsatolmagan bo'lar edim, lekin ne qilayki, jim o'tiradigan zamon emas. …Ma'xud262 qalandar kabi men ham «dam g'animat» deb bilganimcha yozmoqchiman, bu mas'alani yaxshiroq bilganlar yozganlarimni atroflicha isloh qilishar, deb o'ylayman.

Hayotning umumiy jadalgohida insonning o'rni buyuk. Har bir odam ulg'aygach, baxt-saodatini ta'minlash uchun bu jadalgohga kirib kurashishga majbur. Bu kurash maydonida o'zida uch narsani mujassamlashtirgan insongina g'oliblikka erishishi mumkin.

Bu uch narsa: tansihatlik, sog'lom fikr va yaxshi axloqdan iborat. Shu uch narsaning bittasidan ham mahrum bo'lgan odam bu kurashda mag'lub bo'lib chiqishi muqarrar. Boshqa ibora bilan aytganda, baxt-saodat jismonan sog'lom, sog'lom fikrli va chiroyli xulqli insonga nasib etadi, shu jihatlarga ega bo'lgan kishilar turli xil badbaxtliklarni munosib kutib oladilar. Bas, farzandining baxtsiz bo'lishini istamagan har bir ota uni mustaqil hayotga qo'yib yuborishdan oldin shu mazkur uchta aslaha bilan qurollantirib qo'yishi kerak. Tarbiyaning mahsuli ham shunday, ya'ni odamni tarbiya qilish uni jismonan, fikran va xulqan kamolga etkazib, saodatga erishishga qobil qilishdan iborat. Garchi har bir inson beshikdan to qabrgacha tarbiya olish qobiliyatiga ega bo'lsa-da, lekin uni bolalikdan tarbiyalash ta'sirliroq va juda muhimdir.

Shunda har bir madaniy toifa go'daklarni tarbiyasi xususida jiddiy bosh qotirib, sarfi himmat qiladilar. Ular istiqbollarining saodatli yoki falokatli bo'lishini yosh avlod tarbiyasiga bog'liq holda ko'radilar. Ular bir qavmning tarbiyasiga etgan ozgina nuqson borib-borib katta zararga sabab bo'ladi, deb aniq ishonadilar.

Chunonchi, yuqorida arz qilganimizdek tarbiya uch qismdan iborat:

1) badan tarbiyasi;

2) fikr tarbiyasi;

3) axloq tarbiyasi.

(davomi bor)

262.Ma'xud — Mashrabning izdoshlari bo'lgan qirq qalandardan biri.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort