O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Axloq tarbiyasi

Axloq tarbiyasi
27 Haziran 2016 - 7:00 'da yuklandi va 2166 marta o'qildi.

al_oldotkr11_303Abdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(52-qism)

AXLOQ TARBIYaSI

Axloq tarbiyasi insonni komil, chiroyli axloq egasi, jamiyatga foydasi tegadigan a'zo qilib shakllantirishdan iborat.

Bolalarga axloqiy tarbiya berishdan avval ularning jismoniy va fikriy tarbiyalariga e'tibor berib, so'ng axloq qoidalarini tushuntirib, yaxshi amallarga odatlantirib, yomon amallardan qaytarib turing.

Bu xususda Shayx Sa'diyning maslagi263dan yaxshiroq maslak yo'q, ya'ni axloq qoidalari jajji hikoyachalarda bayon etilgan. Shu qikoyachalarni bolalarga o'qib berib, birgalikda ular bilan muhokama qiling, yaxshining foydasi va yomonning zararini xotiralariga quyib boring. Ammo axloq tarbiyasi uchun buning o'zi kifoya qilmaydi, bunda bir muhim shart mavjudki, eng avvalo, o'sha shartga qat'iy rioya qilish kerak, aks holda, har qanday say'-harakat zoe ketadi.

Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan (ya'ni, atrofdan) oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydilar, suv idishning shaklini olgandek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar. Ya'ni, uyda ota- onalaridan, maktabda sinfdosh va muallimlaridan, ko'chada o'rtokdaridan ko'rgan odat va axloqlarni tezda o'zlashtirib, shu axloq bilan yuradilar. Bolalar uyda ota-onalaridan, maktabda o'qituvchilaridan axloqqa xilof bo'lgan odat va ishlarni ko'rmasliklari axloqiy tarbiya hisoblanadi. Maktab o'qituvchilari, eng avvalo, o'zlari chiroyli axloq sohiblari bo'lishlari shart va badaxloq bolalarni maktabga qo'ymasliklari kerak, toki ularning fasodi boshqalarga yuqmasin. Shu o'rinda uyimizdagi ahvoldan qat'i nazar, maktablarimizdagi ahvolga nazar tashlasak, ularda shu muhim qoidalarga rioya qilinadimi? Sharmandalarcha javob beramizki, yo'q!

Madaniy xalqlar farzandlarining axloqiy tarbiyasiga katta ahamiyat beradilar. Buzuq axloq egalarini muallimlik u yoqda tursin, hatto maktab ostonasidan ichkariga o'tkazishmaydi, qorovullikka ham qabul qilishmaydi, bolalarning axloqiga zid kitoblarni ham kiritishmaydi.

Ammo biz bechoralarchi, bu tarbiyaviy parhezning hammasidan mahrummiz, bolalarimizning tarbiyachi va muallimlari axloqsizdirlar, bolalarimizga o'qiydigan kitoblarimiz badaxloq, ularning ma'naviy hayotini kuydiruvchi zahardir. Shunisi ajablanarliki, farzandlarining axloqsiz bo'lishini xohlamagan ota-onalar xursandlik bilan o'z ma'sum go'daklarini zikri sharob va ishqiy hikoyalarga to'la ahloqsiz kitoblarni o'qitadigan maktablarga olib borib, ularning kelajagini kuydiradilar. Shu erda o'zimning boshimdan o'tgan bir voqeani aytib bersam.

Bola edim, bir kuni maktabdan uyga qaytib kelayotsam, ko'chada bir erkak devonalarga o'xshab og'zidan ko'pigi kelib, aft-basharasiga qon sapchib, yurishga madori kelmay turibdi. Raisning ikkita mulozimi kelib, uni qo'ltig'idan ushlab sudrab olib ketishdi, orqasidan bir to'da odam ergashib ketdi. Bu odamga nima qilgan, deb so'rasam, u sharob ichib mast bo'lgan, uni muhtasibga jazosini berish uchun olib ketishyapti, deb javob berishdi. Uyga kelib shu voqeani dadamga aytib beruvdim, dadam: «nega sen mastning ketidan ergashib yuribsan» deb uzun kaltak bilan ta'zirimni berdi. Shundan bir hafta o'tgach, maktabdan keldim, dadam «kelchi, maktabdan domlangdan o'rganganingni o'qib ber» — deb so'rab qoldi. Kitobni varaqlab o'sha kuni o'tgan g'azalimizni ochib o'qib berdim:

Gul be ruxi yor xush naboshad,
Be boda bahor xush naboshad.

(Gul yorning jamolisiz xush bo'lmas,
Bahor esa bodasiz xush bo'lmas.)

Bu safar dadam meni maqtadilar. Hanuzgacha hayratlanamanki, men o'qigan dars dadamga aytib bergan voqeadan ming marta battar edi-ku. Zero, bu g'azal nafaqat sharob xo'rlikdan saboq edi, balki unda oshiq va ma'shuqlikka ham da'vat bor edi. Bas, dadamning men aytib bergan voqeadan ranjib, o'qib bergan she'rimdan xursand bo'lishining sababi nima edi?

Mana, maktablarimizning ahvoli, mana, bolalarimizga beradigan tarbiyamiz, yana biz ularning solih bo'lishlarini xohlaymiz. Hayhot! To maktab shu ahvolda bo'lar ekan, to dars shunaqa davom etarkan, bolalarimiz darddan xalos bo'lolmaydilar!

Ammo siz: «sen ta'riflagan bu kitoblar va g'azallarning har biri bir tasavvufiy ma'noni beradi», – deb aytishingiz mumkin. Mas'alan, sharobdan murod — ilohiy ishq, ma'shuqa degani — hazrati Vojibut-taolodir.

Javobim shuki, bu pinhoniy ma'nolarni bolalar u yoqda tursin, hatto muallimlar ham tushunmaydi. Ular bu g'azallardan faqat sharobxo'rlik va ma'shuqabozlikni tushunishadi va axloqlari buziladi, vassalom.

(davomi bor)

263.Maslagi — bu erda: yo'li, usuli.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube