O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Dunyoviy saodatning so'nggi nuqtasi umumiy saodatdir

Dunyoviy saodatning so'nggi nuqtasi umumiy saodatdir
30 Haziran 2016 - 7:00 'da yuklandi va 2347 marta o'qildi.

195687_originalAbdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(53-qism)

TURLI VAZIFALAR

Hech shubha yo'qki, odamlar qaysi din, qaysi mazhab, qaysi qavm, qaysi millatda bo'lmasinlar, bir otaning farzandlari, bir jinsning avlodlari, boshqacha qilib aytsak, bir-birlariga birodardirlar!

Shunday ekan, bir-birlariga shart qo'ymay, muhabbatli va shafqatli bo'lishlari kerak. Ya'ni o'rtalarida «umumiy birodarlik»ni barpo etishlari kerak.

Bashariyatning dunyoviy saodati umumiy birodarlik bo'lmasa kamol topmaydi. Lekin odamlar ming yillardan to hozirgacha goho maxluqiy ehtiroslar taqozosida, goho noto'g'ri, yomon muhokamalar sababli jamiyatdagi aloqalarni, umumiy birodarlikni vayron qilib, birodarlarining qonini daryo-daryo qilib oqizadilar, uylarining kulini ko'kka sovuradilar.

Hanuzgacha pushaymon bo'lmay, bir-birlarini batamom qirib bitirish uchun har kuni turli xil yangi-yangi qurollar ishlab chiqib, bashariyatni tahlikaga solmoqdalar. Necha ming yillardan buyon davom etib kelayotgan bu birodarkushlikning sababi ikkita:

1) hirs;

2) noto'g'ri, xato muhokamalar.

Ibtidoiy davrdan to hozirgacha bo'layotgan janglar yo biror-bir mamlakatga ega bo'lish, ya'ni bosqinchilik, yo diniy ixtiloflar sababli kechmoqda. Bir xalqning yurtiga ega chiqish maqsadida jang qilish va milyo'nlab jonlarning qonini to'kish hirsdan boshqa narsa emas. Ammo diniy ixtiloflar sababli jang qilish xato muhokamalarning oqibatidir. Zero, ma'lumki, din insonlarning saodatini ta'min etish uchun buyurilgan, agar odamlar taqdir lajomini o'z irodalaridan tashqariga tashlab, aqlu ilm yuzasidan tafakkur qilib muhokama qilsalar, eng foydali dinni tanlab qabul qilgan va birodarkushlikni to'xtatgan bo'lardilar.

Shu ham ma'lum va muqarrarki, hirs va xato muhokama odamzotning nuqsonlaridir. Bani bashar to hirsga va taqlidga mubtalo ekanlar, o'rtada umumiy birodarlikni paydo qilolmaydilar. Ammo haqiqiy kamolga etishib, haqni botildan, foydani zarardan farqlay olsalar, hirs va taqlid asoratidan xalos bo'lolsalar, u vaqtda o'rtalarida umumiy birodarlikni barpo eta oladilar. Zero, dunyoviy saodatning so'nggi nuqtasi ham umumiy saodatdir.

Ko'p zamonlardan buyon samoviy dinlar ham ba'zan mutafakkirlar va zamona oqillari odamlarni umumiy birodarlikka targ'ib qilib kelmoqdalar, lekin insoniyat bu savob taklifga iltifot nazarini tashlagani yo'q. Dinlarning komili bo'lmish mubin islom dini ham jiddiylik bilan «haqiqiy birodarlikka» da'vat qilib kelmoqda. Hatto hech bir zamonda hech qaysi din, hech bir mutafakkir «umumiy birodarlikka» islom dinidan ko'ra yaxshiroq da'vat qilolmagan. Zero, boshqa dinlar va zamon ulamolari umumiy birodarlikni mavhum va mubham nazariyotlarda madhu sano qildilar-u, biroq hech birlari bu maqsadga erishish uchun muayyan yo'l ko'rsata olmadilar. Aksincha, islom dini bu buyuk matlab yo'lini to'g'ri va yaxshi qilib ochib, ko'rsatib berdi, agar tamomi odamzot shu to'g'ri yo'lga doxil bo'lsa, muhaqqaqki, bashariyat umumiy saodatga noyil bo'lar edi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube