O’zbekiston Xalq Harakati

To'g'ri yo'lga hidoyat qiluvchilarga rahmat va maqtovlar bo'lsin!

To'g'ri yo'lga hidoyat qiluvchilarga rahmat va maqtovlar bo'lsin!
12 Temmuz 2016 - 8:00 'da yuklandi va 2057 marta o'qildi.
Abdurauf Fitrat, turmada olingan so'nggi surat... 1938 yil 5 oktyabr kuni Toshkentda otib tashlangan...

Abdurauf Fitrat, turmada olingan so'nggi surat… 1938 yil 5 oktyabr kuni Toshkentda otib tashlangan…

Abdurauf FITRAT

NAJOT YO'LI

(55-qism)

Musulmonlar o'rtasida haqiqiy birodarlik qaror topganidan so'ng ular diniy hukmlarga binoan umumiy birodarlikni barpo qilish uchun harakat qilishlari zarur bo'ladi. Gapimizning isboti uchun quyidagi hadislar kifoya qiladi:

«Rahm qilguvchilarga Alloh rahm qiladi. Zamin ahliga rahm qilingki, toki Alloh sizga rahm qilsin».

«Bu dunyoda odamlarga azob bergan odamni Alloh ham, albatta, azoblaydi».

Shu tariqa islom dini umumbashariy saodat yo'lini tayin qiladi. Men aminmanki, agar butun dunyoning donolari harakat qilsalar ham bundan yaxshiroq yo'l topa olmaydilar. Ha, islom dini insoniyatning saodat yo'li va umumiy birodarlik yo'nalishini mana shunday go'zal etib tayinlagan.

Lekin o'zimizni musulmon bilib, din tayin etgan yo'ldan farsax-farsax orqada qolganimizga qanday chora ko'rish kerak? Mulohaza qiling-a, islom dini bizni, avvalo, shaxsimizga muhabbat, keyin ota-onamizga, keyin oilamizga, keyin qarindosh-urug'ga, so'ngra millatimizga, dindoshlarimizga va oxirida umumiy bashariy birodarlikka chaqiryapti. Lekin biz bularning qay biriga amal qilyapmiz? Qaysi birimiz qo'shnimizga ozor bermaganmiz? Qaysi birimiz hamshaharlarimizga muhabbatli bo'lganmiz?

Ha, islom dini diniy birodarlikni umumiy birodarlikka chiqish uchun poya, pogona qilgan, umumbashariy birodarlikka erishish uchun o'rtada diniy birodarlikni barqaror qilish kerak. Ammo bizning davrimizda nafaqat hamma musulmonlar, balki bir shaharning aholisi bir-biriga dushman. Islom dini bizni diniy ixtiloflardan qaytarib turganda ulamolarimiz shia, sunniy, zaydiy273, vahobiy, mo''taziliy, ismoiliy kabi etmish ikkita mazhabni tashkil qilib, ularning har biri etmish bitta mazhabga tobe'lar bilan talashib-tortishib, bir-birlarini dabdaba va tantana bilan jahannamga ravona qiladilar.

Ajabo, dinimiz bir, qiblamiz bir, Payg'ambarimiz bir, Xudoyimiz bir bo'lsa, shuncha mazhabga nima hojat bor? Nega ularning har biri boshqasini kofir sanaydi?

Gapimiz asl mavzudan qaytib, nozik bir yo'lga kirib qoldi. Bu mas'ala shu qadar muhimki, bir-ikki satr yozgan bilan tamom bo'lmaydi. Binobarin, u bahsimiz mavzuiga kirib kelgan ekan, qisqacha bo'lsada, isbot qilishga harakat qilamiz, ammo bizning mamlakatimizda shia va sunniy mazhablaridan boshqasi bo'lmaganligi sababli muhokamamizni ham shu ikki mazhab haqida yuritamiz.

Yuqorida aytganimdek, bir dinning tobe'lari, xususan, bir yurtning aholisi shia va sunniy unvonlari ostida bir-birlariga dushmanlik qilishlari shar'an gunohdir. «Va barchangiz Allohning arkoniga bog'laningiz va bo'linmangiz! Hamda Allohning sizlarga bergan ne'matini eslang: bir-biringizga dushman bo'lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo'ydiyu sizlar Uning ne'mati sabab birodarlarga aylandingiz. Aniq hujjatlar kelganidan keyin bo'linib ketgan va bir-birlari bilan ixtilof qilib talashib-tortishgan kimsalar kabi bo'lmangiz! Ana undaylar uchun ulug' azob bordir»274.

«Ey mo''minlar, to'da holda islomga kiringiz! (Ya'ni islomning ba'zi hukmlariga itoat qilib, ba'zilariga itoat qilmaydigan kimsalardan bo'lmangiz!) Va shaytonning izidan ergashmanglar! Agar sizlarga ochiq hujjatlar kelganidan keyin ham toyilsangiz, bilingki, albatta, Alloh qudratli, hikmatli zotdir»275.

«Nozil qilgan narsam (Qur'oni karim)ga iymon keltiringiz. Uni birinchi inkor qiluvchilardan bo'lmangiz.

Va oyatlarimni qiymati oz narsalarga almashtirmanglar… Haqni botilga aralashtirmanglar va bilgan holingizda haqni berkitmanglar»276.

Ushbu oyatlarning mazmunini quyida Imom Buxoriy keltirgan hadis yanada to'ddiradi: «Qur'on hukmlari xususida ixtilof qilmangki, zero sizdan avvalgi o'tganlar diniy ahkomlar xususida ixtilof qilganliklari sababli halok qilingandirlar».

Ajablanarlisi yana shuki, ulamolarimizga bu nifoq va ajralishlar ham kifoya qilmay, yaqinda qadim va jadid nomlari ostida yana bir ixtilofni ixtiro qiddilar. Millatimizning o'limiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan shuncha ijtimoiy jarohatlar ustiga yana bir zaharli xanjarni sanchdilar.

Xilma-xil yo'llarda yurgan bu janoblarga biz Qur'oni karim va hadisi sharif hukmi bilan javob beramiz: «Shia va sunniy yoki qadim va jadid nomlari ostida kelib chiqayotgan nizo va ixtiloflarning barchasi shariatga xilofdir va bizni gunohkor qilguvchidir».

Shu o'rinda ba'zi qorilarimiz aytishlari mumkinki, nizo va bo'linishlarimiz yaxshi emas ekan, ijtimoiy hayotimizning badbaxtlik sabablari ham shu ixtilof va nizodir. Lekin nima qilmoq kerak? Bugun sunniylar bilan shialar ba'zi mazhab mas'alalarida, qadimlar va jadidlar esa ba'zi ijtimoiy qoidalarda kelishmaydilar, ixtilof qiladilar, ularning hech biri qarshi tarafning ra'yini qabul qilmaydi, shuning uchun millat o'rtasida muxolifat va nizo qolaveradi.

Sizlarning ana shu e'tiborlaringizga ham Qur'oni karim javob beradi: «Ey mo''minlar, Allohga itoat qilingiz va Payg'ambarga hamda o'zlaringizdan bo'lgan (ya'ni musulmon) hokimlarga bo'ysuningiz! Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz — agar haqiqatan Allohga va Oxirat kuniga ishonsangiz, u narsani Allohga va Payg'ambariga qaytaringiz»277.

«Sizlar bu (hayoti dunyoda kofirlar bilan) ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi (Qiyomat kunida) Allohga qaytarilur va U zot kim haq, kim nohaq ekanligini ajratib berur…»278

Ustod ul-muhaqqiq Imom G'azzoliy «Al-qistosi-l-mus- taqim»279 nomli kitobida ustod va yashirin mazhablarning birida bo'lgan shogirdning o'rtalarida bo'lib o'tgan munozarani keltiradi. Bahsning oxirida o'sha shogird ustodidan ixtilof mas'alasini ham so'raydi. Imom javob beribdi. Shogirdning «Xaloyiqni ixtilofotlardan qanday qilib xalos qilish mumkin?» — degan savoliga Imom: «Agar odamlar mening so'zlarimni tinglashganda edi, bu ixtiloflarga Qur'oni karim yordamida barham berardik, lekin buning uchun ular mening gaplarimni eshitishlaridan boshqa chora yo'q», — deb javob beribdi.

Imom G'azzoliy ham shu javobning tarafdori ekanligini bildiradi-yu, lekin afsus bilan buning iloji bo'lmasligiga iqror bo'ladi.

Voqean, islomdagi bu ixtiloflar qadim zamonlardan buyon davom etib keladi, ildiz otib ketgan, mazhablarning tobe'larini bir doiraga kiritish mahol ish, biroq bundan ma'yus bo'lib, qo'l siltash yaramaydi, zero, da'vat qilish bilan ish bitmasa ham, lekin ularni isloh qilib kamaytirish mumkin.

Bugun islom ahli o'rtasidagi ixtiloflar dushmanlik tusini olgan, turli mazhab tobe'lari boshqa mazhabdagilarni «kofir» deydi. Lekin ularning hammalari mazhabidan qat'i nazar, «la ilaha illalloh Muhammadur-rasululloh» deydi. Ajabo, ularning o'rtasidagi bu dushmanlikni yo'qotib, qanday qilib birodarlikni o'rnatish mumkin? Mening nazarimda, bu ish juda ham qiyin emasdek ko'rinadi. Mas'alani shia va sunniy mazhablari misolida ko'rib chiqamiz.

Mamlakatimizda mavjud bo'lgan bu ikki jamoa doimo bir-birlariga mushohada qiladilar, ularning har biri musulmonga jabru zulmni istamaydi, o'zlarini musulmon deb biladilar, qiblalari bir – Ka'ba, Payg'ambarlari — Muhammad alayhissalom, kitoblari — Qur'on, yagona Allohga ibodat qiladilar. Endi Qur'oni karim va hadisi sharif hukmlariga nazar tashlaylik-chi, shu ikki jamoaning bir-birlariga kofir deyishlari to'g'rimikan?

«…Va bu hayotiy dunyoning narsasini istab sizlarga salom bergan kishiga: «Sen mo''min emassan!» demanglar!»

Hazrati Imom Buxoriy ushbu hadisni keltirganlar: «Biz qaraydigan qiblaga qarab, biz kabi namoz o'qiydigan va so'yilgan qurbonliklarimizni eydigan kishi musulmondirki, Xudo va Rasuliga iymon keltirgan, bas, siz uning ahd qilgan iymoniga xalal bermang».

Shu xususiyatlardan kelib chiqib mas'ala echimiga qaraydigan bo'lsak, hamma islomiy mazhablarga nazar tashlasak, ularning tobe'larini kofir deb bo'lmaydi. Kofir deb bo'lmaydi, degan bir vaqgda ularga bir-birovlarining qonini to'kishi joizmi? Aslo ham joiz emas! «Kim qasddan bir mo''minni o'ldirsa, uning jazosi jahannam bo'lib, o'sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g'azabi va la'natiga duchor bo'lgan, Alloh uning uchun ulug' azobni tayyorlab qo'ygandir». Mazkur oyatlar mazmunini quyidagi Imom Buxoriy keltirgan hadislar to'ldirib keladi: «…Agar ikki musulmon qilich yalong'ochlab, bir-biriga hamla qilsa, o'ldirgan ham, o'lgan ham do'zaxga tushadir». «Yo Rasululloh, o'ldirgan-ku mayliya, o'lgan nega tushgaydir», — deganimda, «U ham sherigini o'ldirmoqqa jazm qilgandir», — deganlar, deb rivoyat qiladi Abu Bakr.

«Qo'li bilan va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir».

«Musulmonga dashnom berish fisq, o'ldirish esa kufrdir».

Mas'alani yaxshilab tushuntirgan bo'lsam kerak, deb o'ylayman. Endi yana bir savol qoldi. Bir-birovimizga do'st-birodar bo'lishimiz uchun shularning barchasiga rioya qilishimiz lozimmi? Albatga, lozimdir!

Mo''minlar bir-birlariga birodardirlar, deb yana qaytaryapmiz. Hamma musulmonlar qaysi mazhabda bo'lishlaridan qat'i nazar bir-birlari bilan birodar bo'lsalargina umumbashariy saodat yo'lida harakat qilishga vaqt etib keladi. Shunda musulmonlar hech bir qavmga nafrat qilmaydilar, bezor bo'lmaydilar, hech kim bilan xusumatlashmaydilar, balki himmat kamarini bog'lab, aqliy dalillar va ilmu hikmat hamrohligida haq yo'lda bardavom bo'ladilar. Islom dinining g'oyasi mana shundan iborat. Hazrat Payg'ambarning «Rahmatul-olamin» ekanligining ma'nosi ham shunda.

To'g'ri yo'lga hidoyat qiluvchilarga rahmat va maqtovlar bo'lsin! Omin!

(tugadi)

273.Zaydiy — islomdagi mazhablardan biri.
274.Qur'oni karim, Oli Imron surasi, 103—105-oyatlar.
275.Qur'oni karim, Baqara surasi, 208-209-oyatlar.
276.Qur'oni karim, Baqara surasi, 41—42-oyatlar.
277.Qur'oni karim, Niso surasi, 59-oyat.
278.Qur'oni karim, Sho'ro surasi, 10-oyat.
279.«Al-qistosi-l-mustaqim» — aniq tarozi. Imom G'azzoliyning vahdati vujud haqidagi asari.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano