O’zbekiston Xalq Harakati

Shikoyat

Shikoyat
20 Temmuz 2016 - 14:35 'da yuklandi va 1932 marta o'qildi.

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga
Nusxasi: Uzbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Sh.Mirziyoevga
Nusxasi: Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga
Nusxasi: O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligiga
Nusxasi: O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi Federatsiyasi raisi Tanzilya Norboevaga
Nusxasi: O'zbekiston Respublikasi xotin – qizlar qo'mitasi raisiga
Nusxasi: Uzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmatiga
Nusxasi: Inson xukuklari buyicha Ombdsman vakili S.Rashidovaga
Nusxasi: Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisiga
Navoiy viloyati Karmana tumani Farxod mfy
Shirin qo'rg'oni 6/1 xonadonda yashovchi
Farmonova Munojat tomonidan
+99 890 646 22 29 +99 893 316 84 32

Sh I K O Ya T

Muxtaram Prezident!

Men Farmonova Munojat Ro'zimurodovna 1990 yilda tug'ilganman. Yolg'iz onaman. O'g'lim Hamroev Asadbekning yolg'iz boquvchisiman. Karmanatumangaz filiali tumanida 2011 yildan 2015 yilgacha ishladim. Ammo boshliq Rahmatov Komilning shaxsiy adovati uchun ishdan jabrlanib ketkazildim. Bundan o'g'lim ham aziyat chekdi. Chunki uni edirib, ichirishim, ishsiz, pulsiz ahvolda qiyin edi. Men nokonuniy ish qilmaganman. Bu tashkilotdan manfaatim uchun foydalanmaganman. Aslida tashkilotdan o'z manfaati uchun foydalanib, davlat mulkini talon-taroj qilgan rahbarlar yallama yorim qilib o'g'irlik qilib yurib otasidan meros qolgandek meni kastdan ishdan ketkazishdi. Quyidagi ma'lumotlarni sizga fuqarolik burchim sifatida bildirar ekanman avvalambor buni ishsizlikda qiynalib yurganimni inobatga olib ishimga qaytarilishimga amaliy yordam qilasizlar degan umiddaman. Buni iltimos qilgan holda sizga Karmanatumangaz filiali mansabdor shaxslarining quyidagi jinoyatlarini batafsil yoritib bermoqchiman. Shunga ko'ra Milliy xavfsizlik tomonidan tekshiruv ishlari olib borilib, (prokuratura yoki boshka organlarga o'tkazilmasdan, sababi 2015 yil iyul', avgust oylarida prokuraturaga ariza va ma'lumot berganimda bu ish xolisona ko'rilmay, to'lig'incha o'rganilmay qolib, shuncha fakt bersak xam faqatgina bir kishini aybdor qilish bilan yakun topgandi) bu shaxslarni qonuniy chorasini ko'rilishida amaliy yordam berishingizni so'rayman.

Karmanatumangaz filiali mansabdor shaxslarini O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-205-209-moddasiga ko'ra hujjatlarni soxtalashtirib, ko'p miqdorda davlat mulkini talon taroj qilganligi holatlari yuzasidan shikoyat bermoqchiman.

Karmanatumangaz filialida 2015 yil yanvardan 2016 yil arpel' oylarida avtoxo'jalik nazoratchisi tomonidan topshirilayotgan yoqilg'i moylash maxsulotlari va ehtiyot qismlar to'g'risidagi xisobotlar umuman qoniqarsiz holda topshirilmoqda. Avtomashinalarga beriladigan yo'l varaqalarini ro'yhatga olish kitobi va avtomashinalarga olingan ehtiyot qismlar kartochkasi yuritilmagan. Bu kitoblarning yuritilmasligi natijasida avtomashinalarga ortiqcha YoMM va ehtiyot qismlar sarflanmoqda. Avtoxo'jalik nazoratchisi tomonidan yoqilig'ini quyish shaxobchasida to'ldirilgan vedomost'larning asl nusxalari topshirilmasdan uning o'rniga kalbakilashtirilgan, vedomost'lar boshqatdan to'ldirilib, haydovchilarning imzolarini avtoxo'jalik nazoratchisining o'zi imzo ko'yib, hoxlagan sanani ko'yib, hoxlagan haydovchining imzosini o'zi qo'yib, xoxlagan gazni litrda yoki m3 ni kuyib, vedomost'ni kalbakilashtirib topshirmokqda.

1

7

8

6

Misol uchun qalbaki imzolar bilan haydovchi Safarov Rahmatning avtomashinasiga 2015 yil yanvardan 2016 yil mart oylarida 7081 litr gaz propan yoki 12 653 240 sumlik gaz ortiqcha olinib hisobdan chiqarilgan. Haydovchi Raimov Bahtiyor 2015 yilning 2015 yilning 15 oktyabridan 25 oktyabrigacha Jizzax viloyatida paxta terim mavsumida ishtirok etayotgan bir vaqtda xam uning buzilgan avtomashinasiga gaz zapravka qilinib, chiqimga chiqarilgan.

4

Raimov Bahtiyorning komandirovka hujjat nushasi

Ayrim avtomashinalarga 1 kunda 2 marta gaz zapravka qilingan, vaholangki bir zapravka bilan avtomashinalar 4-5 kun yuradi. Ayrim vaktlarda vedomost'ni soxtalashtirish yoki qalbakilashtirish vaqtida haydovchi bilan avtomashinalar bir biriga to'g'ri kelmaydi yoki avtomashina boshqa bo'ladi, yoki haydovchi boshqa bo'ladi.

Qisqasi, o'z hamyonini to'ldirish maqsadida Karmanatumangaz hisobidan Qo'shtirnoq ichidagi ochilgan shaxsiy YoQSh si hisobidan 2015 yil yanvardan 2016 yil aprel' oyiga qadar Karmanatumangaz filialida suyultirilgan gazdan 20773 litr, 36 739 324 sumlik va tabiiy gaz (metan gaz) dan 10676,5 m3 14 275 225 sumlik, jami: 51 014 549 sumlik mablag' o'zlashtirilgan.

Bundan tashqari avtomashinalarga olingan ehtiyot qismlar kartochkasi yuritilmasligi natijasida 2015 yil 1 yanvardan 2016 yil aprel' oyigacha olingan ehtiyot qismlardan 20 mln dan ortiq mablag' o'zlashtirilgan. Avtomashinalarga bir xil ehtiyot qismlar ishlash muddati tugamasdan yana qaytadan olinib chiqimga chiqarilmoqda. Hayrullaev Ismat va Qodirov Jamshidlarning boshqaruvidagi avtomashinalar Gaz-52 markasida bo'lsada, avtomashinalarga Gaz-53 markadagi avtomashinaning ehtiyot qismlari olinib, Gaz-52 avtomashinalariga o'rnatildi deb yolg'ondan chiqimga chiqarilmoqda.

Suvon Asror Quruvchi MChJ ga 14.05.2015 yilda 30 512 478 so'm miqdorida pul ko'chgan, asos: To'lov topshiriqnomasi, Bu foizga nakd kiluvchi firma xam deb atalar ekan, 14.08.2015 yilda hamda 26.06.2015 yilda Karmana Kafolat Quruvchi XK ga 30 000 000 so'm pul ko'chgan asos: To'lov topshiriqnomasi.

5

Xullas mana shu o'g'irliklar orqasidan Avtoxo'jalik nazoratchisi Yadgarov Ixtiyor qimmat avtomashinalar almashtirib, uning jinoiy sheriklari buxgalter Karimov Rustam Yadgarov Ixtiyor bilan birgalikda kir yuvish kukuni ishlab chiqarish firmasini ochdi, boshliq Raxmatov Komil esa o'tgan yili Malikrabod xududidagi sotilgan gaz quvurini o'zlashtirib olgan spark rusumli avtomashinasini sotib, koblt rusumli qimmat avtomashina sotib olgan. Aslida tashkilotga matiz rusumli avtomashina bilan kelgan edi Yadgarov I va Raxmatov K lar. Karimov R esa firma ochishdan tashqari akasining nomiga matiz rusumli avtomashina olib qo'ygan edi. 2015 yil may oyida Karimov Rustam va Boshliq Rahmatov Komil birgalikda Suvon Asror Quruvchi MChJ ga 30 512 478 sum tashkilot hisobidan pul ko'chirdi. 2015-2016 yillarda Rahmatov Komil bilan Karimov Rustamga DSI tomonidan ularni ish xaqiga jarima qilingan bo'lib, bu ko'zi to'ymagan shaxslar bu jarimani tashkilot hisobidan ko'chirishgan. DSI kimga shtraf qilyapti o'zi? Bunga Bosh hisobchi Karimov Rustam ham xamtovoq bo'lib foydalanmoqda. Shofyorlarga biriktirilgan mashinalarni o'rni almashtirib yozilib, imzolar ham so xta. Shofyorlar Raimov Baxtiyor, Qodirov Jamshid, Safarov Rahmat, Xayrullaev Ismatlar imzo soxta ekani va ularga tegishli emasligini aytishgan.

2

2016 yil may oyida Yadgarov Ixtiyor texnik hisobchisi Axmedov Chori akaga materialnyy otchyotni topshirish uchun borganida Chori aka hujjat soxta ekanini ko'rsatib qabul qilmasligini aytgan. Shunda Yadgarov Ixtiyor Chori akani urmoqchi bo'lgan edi. Bu bilan mansabdor shaxslarlar til biriktirib O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-209 moddalariga ko'ra jinoyat sodir etishgan. Shofyorlarni chaqirib imzolari soxta ekanini bilish qiyin emas. Buni texnik hisobchi Axmedov Chori akani chaqirib so'ralsa bu kriminal ishni ochilishi uchun ko'rsatma berishiga ishonaman. 2015 yil aprel' oyida yirik hududlarga o'rnatilgan 14 ta elektron gaz hisoblagichlar uchun etti milliondan mablag' ajratildi deb yana yolg'on hujjat to'ldirilib, ketgan harajatlarni yolg'ondan oshirib yozilgan. Aslida eng yuqori narxda hisoblanganda ham bitta bino uchun 3 024 000 so'mlik harajat ketmagan. Ketgan harajatlar ro'yhati:

bino xarajati

 

Bu erda xarajatlar eng yuqori narxda hisoblansada baribir etti millionga bormaydi.

Ammo har bir bino uchun etti milliondan ma'lumot qilishib 14 dona bino uchun har biridan sal kam to'rt milliondan pul mablag'i o'zlashtirib yuborilgan. Bunda 55 664 000 dan ortiq pul o'zlashtirishgan. Tashkilotdagi avtomashinalarga zapchastga ko'chirish bahona yana bu nafsi hakalak otgan mansabdor shaxslar 5 milliondan firmalar bilan til biriktirgan bahona pul ko'chirib 1 million atrofida avtomashinaga ko'chirishsa qolganini cho'ntaklariga joylashadi. Soliqdan kelgan tekshiruvchilar tomonidan Karmanatumangaz filiali boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rahmatov Komil Ziyatovich, bosh hisobchi Karimov Rustam Mamadolievichga shtraf qilinadiyu ammo bu shtraflar ham ularning ish haqiga qaratilishi kerak bo'lsada nokonuniy ravishda yana filial hisobidan ko'chirib yuboriladi. Xullas filial ular uchun otasidan meros. Buni xolis tushunadigan tekshiruvchi bularni avvaldan ogohlantirib qo'ymasdan kelib o'rgansagina bu jinoyatlari ochiladi. Har oyda uy-jihoz gaz asboblariga xizmat ko'rsatish chilangarlari tomonidan 15-20 million atrofida naqd pul kelib tushadi. Ammo naqd pullar kassaga topshirilmay bosh hisobchi Karimov Rustamning buyrug'i bilan filial kassiri Nurimov Ulug'bekning sefida saqlanadi va naqd pullarni ushbu mansabdor shaxslar navbat bilan o'zaro kelishgan holda bo'lib olishadi. Keyin ish haqidan qaytarib rasxodnoy order yozishadi. Qolgan ishchilar faqat 100% plastikka ish haqilarini olishadi, bu noinsoflar esa ana shunday doim naqd pul olishadi. Aslida naqd pul o'sha zahoti bankka topshirilishi shart, ammo bizda tekshiruvchilar ham ko'zi ko'r qulog'i kar bo'lib kelib buxgalteriyani kamchiliklarini go'yoki ko'rishmaydi. Ishchilarning ish haqilaridan har oyda 30% dan pul kesiladi va bundan tashqari aholidan penya uchun talashib tortishib pul olishadi. Har oyda o'rtacha penya uchun 20 millionlar atrofida tushum bo'ladi. Tekshiruvchilar keladi, yoki tushunchasi yuq o'z sohasini tushunmaydi yoki avval boshdan boshliq va bosh hisobchi bilan hammasini aytib eshittirib, keyin “kelishib” keyin albatta kamchiliklardan va nokonuniy ishlardan ko'z yumib ikki tomon ham manfaatdor va rozima rozi bo'lib tugatishadi. Tashkilotdan chiqayotgan pul, kirim chiqimlarni o'rganish uchun faqat xolis tushunchasi bor tekshiruvchi kelib o'rganishi kerak. 2015 yil Malikrabod hududagi 273 dm lik gaz quvurini boshliq va Malikrabod uchastka boshlig'i Hamidov Muhammadali o'zlashtirib sotib yuborgan edi, ammo boshliqni bunga aloqasi bo'lmasligi mumkin emasdi. Shunday bo'lsada tergov chuqur o'rganilmay faqat bir kishini javobgar qilish bilan yakun topdi. Ammo 620 metrlik 273 dm lik gaz quvurini bir necha kun atrofida viloyat gaz boshqarmasidan ekskovator chaqirtirib qazib olishadiyu xech kim xabar topmaydimi? Buni Ayronchi mahallasida yashovchi Ro'ziev Ozod ismli shaxs sotib olib, keyin tergovga Karmanatumangaz filiali rahbarlarini iltimosi bilan 2 metr eski gaz quvurini narxni arzon hisoblatish maqsadida Hamidov Muhammadaliga bergan. 2015 yil Malikrabod hududagi 273 dm lik o'zlashtirilgan gaz quvurining to'lab berilgan 12 500 000 miqdoridagi puli yaqinda tashkilot hisobiga tashlab berilishi kerak. Ammo bu pul bilan yana nafsi ko'zini ko'r qilgan boshliq juda qiziqyapti. Endi bu pulni o'zlashtirish uchun yana nokonuniy ishlar qilib Karmanatumangaz filialiga hamda davlatga yana zarar etkazish payida. 2016 yilda ham boshliq shu hudud eski hammomni yonidan 100 dm lik gaz quvurini o'zlashtirib sotib yuborgan. Ammo ishchi-xodimlardan metallom uchun 150 000 ming so'mdan ish haqidan majburiy saqlab qolishadi. Shu gaz quvurlarini sotgan noinsoflar metallomni shu puldan to'lashsa bo'lar ediku! Shu ushlab qolingan pul qanday tarzda metallom uchun ko'chirilgani noma'lum. Narpay hududida joylashgan Bahor Inter Osiyo ohak zavodi va Izgipal Navoiy g'isht zavodi qish faslida nokonuniy faoliyat yuritishiga boshliq Rahmatov Komil kelishgan holda yul qo'yib berdi. Tabiiy gaz aholiga etmay turgan bir paytda 2 oy atrofida bu ikki katta zavod 1 kunda 10 ming kubdan har biri gaz olishi kerak edi. Ammo yolg'ondan o'chirildi deb gaz hisoblagichni olib qo'yib foydalanishdi. Buni bu ikki zavodga yaqin atrofdagi tashkilot yoki aholi fuqarolaridan so'rab bilib olish mumkin. Bu bilan qancha gaz yo'qotilyapti. Noreal qarzdorlikni yopish uchun esa aholini, yana bechora oddiy xalqni elkasiga kelib tushyapti. Aholiga shtraf qilinaverib xalqni norozigarchiliklarini kuchaytirib yuborishgan. 20 may 2016 yil kuni Bahor Inter Osiyo ohak ishlab chiqarish zavodi egalaridan biri (eshitishimcha Sohib degan shaxs) Narpay uchastka brigadiri Rahmonov Shavkat bu zavodning nokonuniy faoliyatini to'xtatish uchun asosli dalillar bilan ushlab dalolatnoma tuzgandan keyin Bahor Inter Osiyo ohak ishlab chiqarish zavodi egalaridan biri (eshitishimcha Sohib degan shaxs) Rahmonov Shavkatni bir yil oldin ovozini o'z manfaati va shantaj qilish niyatida ovozini diktafonga yozib olgan va mendan pora olgandi o'shanda deya viloyat gaz boshqarmasiga borib diktafonni eshittirib do'q urgan. Bahor Inter Osiyo zavodining nokonuniy faoliyatidan manfaatdor bo'lgan viloyat gaz boshqarmasi boshlig'i Sherali Qurbonov darhol Rahmonov Shavkatni chakirib vaqtincha otpuskaga o'tirib turishini talab qiladi. Sababi agar bu ish oshkor bo'lsa viloyat gaz boshqarmasi boshlig'i Sherali Qurbonov va Karmanatumangaz boshlig'i Komil Rahmatovlar ham Bahor Inter Osiyo ohak ishlab chiqarish zavodidan muntazam pora olib turishgani ma'lum bo'lib qolar edi. Hozirda bu zavod egasi nafsidan osilgan rahbarlarni do'g'lab yana nokonuniy faoliyatni davom ettirib tabiiy gazni kup miqdorda yo'qotilishiga sabab bo'lmoqda. Ana shunday talon-tarojliklar okibatida Karmanatumangaz filialida kata pul aylansada, tashkilot hisobida pul qolmay tashkilot nochor ahvolda. Bu pullar oyma-oy kirim pullar prochi va penya pullari hamda ish haqidan oyma-oy kesilgan pullarni xisoblanib qattiq tekshiruv o'tkazib, mansabidan foydalanib, davlat mulkini ko'p miqdorda talon-taroj qilayotgan shaxslar va rahbar xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko'rilishi kerak. Shu maqsadda Respublika MXX maxsus inspektsiyasiyaga hamda, viloyat MXX maxsus inpektsiyasiga shikoyat qildim. Shikoyatim prokuraturaga, prokutura departamentga o'tkazdi. Keyin meni departamentdan chaqirishib ma'lumotlarni to'liq taqdim qilishim kerakligi shundan so'ng ular jinoiy ish qo'zg'ashlari va qolgan ma'lumotlarni tekshiruv davomida yana ko'rib chiqishlarini aytishdi. Men boshliq va buxgalterni ishhaqiga qilingan 8 mln 500 ming so'mdan ortiq pul ularni ish xaqidan emas balki tashkilotning prochi pulidan ko'chganini isbotlovchi dalillar taqdim etdim. Hamda avtomashinalarga qo'yiladigan gazdan 51 mln dan ortiq mablag' o'zlashtirilganligi xaqida ham asosli dalillar taqdim etdim. Afsuski men ishongan bu mutasaddi organlar nafsi xakalak otgan mansabdorlarga yon bosib meni arizamni borib ko'rsatishgan va ma'lumotlar bilan ham tanishtirib so'ngra esa orqangni yopib ol qabilida ish qilib mana bir oy bo'lyapti hamki tekshirishga kelishmay endilikda soliqqa o'tkazdik deb baxona qilishyapti. Men departamentdan buni talab qilsam ular Karmanagaz boshlig'iga bu haqda axborot berib qachon tekshirishni boshlaysiz deb meni bezor qildi deya axborot berishgan. Bu haqda bir majlisda boshliq Raxmatov K aytib yuborgan, men buni menga aytgan kishini kimligini bildirolmayman. Sababi uyam tazyiqqa uchrashi yoki sobiq IIB hodimi Raxmatov K tomonidan hayoti xavf ostiga qolishiyam mumkin. Nahotki MXX bu tekshiruvni nazorat qilmayapti? Kimga ishonib topshiraylik o'zimizni?

Nima uchun bu mansabdor shaxslar davlat mulkini talon-taroj qilib, o'z mansablaridan g'araz maqsadda foydalanib yana shu tashkilotda ishlab yursayu menga o'xshagan yolg'iz ojiza ayollar bolasini birgina ish haqqi bilan boqishigayam yo'l qo'ymay ishdan ketkazib yuborishaverishsa. Nima uchun Hamidov Muhammadalini ustidan bir necha marta ariza va shikoyat tushib ish haqidan kesilsada hamda boshliq Rahmatovni yaqin tanishini nevarasi Abdurasulov Nodirning ustidan bo'lim boshlig'i 5 marta bildirgi yozib chorasini ko'rilishini so'rashsada ularni mehnat qonunchiligiga zid ravishda ish haqidan necha marta kesishsayam mehnat shartnomasini bekor qilishmaydi. ( bildirgilarni ilova qilaman). Axir men iste'mol kreditimni shu ish haqimga ishonib olgandim. Endilikda ishsiz qiynalib, kreditimni to'lashga va bolamni boqishga qiynalib qolganman. Ayniqsa bolam shu yil maktabga chiqishi kerak. Unga ust bosh olishgayam imkonim yo'q.

Muxtaram Prezident!

Karmanatumangaz filialidagi ushbu nokonuniy ishlar bilan hujjatlarni soxtalashtirib, davlat mulkini talon taroj qilib, jinoyat sodir etayotgan mansabdor shaxslarning ishlari Respublikadan tekshiruvchi chaqirtirilib, tekshiruvchining ham ishini nazorat ostiga olgan holda Milliy xavfsizlik tomonidan tekshiruv ishlari olib borilib, prokuratura yoki boshka organlarga o'tkazilmasdan qonuniy chorasini kurishingizni surayman. Chunki kelgan tekshiruvchilar ko'pchiligi xolisona tekshiruv o'tkazmasdan o'z manfaati uchun kelishgan holda ko'r ko'rona tekshiruv o'tkazishadi ko'pchiligi. Bu mansabdor shaxslarning harakatida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-205-209-moddasi alomatlari mavjud. Shuningdek ona va bola yilida o'g'limni yolg'iz boquvchisi sifatida meni Karmanatumangaz filialiga ishimga qaytishimga amaliy yordam ko'rsatishingizni so'rayman. Chunki men bu rahbarlardek noqonuniy ish qilmaganman va davlat mulkiga zarar etkazmaganman bular kabi. Xozirda majburlikdan Rossiya davlatiga ishlash uchun ketishga majbur bo'lib qolyapman, sababi o'g'lim maktabga borishi uchun menda etarli mablag' yo'q. Agar Rossiyada odam savdosi qurboniga aylanib qolsam buning uchun kim javobgar bo'ladi. Albatta meni ishsiz qoldirib, ish bilan ta'minlashga yordam bermagan bizdagi mavjud tuzum. Ammo men Muhtaram prezidentimiz 2016 yil ona va bola yili deb e'lon qilishlari, bu davlat siyosatimiz men va menga o'xshagan yolg'iz himoyasiz ayollarni himoya qilish uchun chiqarilgan qarorlari deb uylayman va ishonaman.

Asosli dalillar ilova kilinadi
1. Ish xaqiga solingan jarima uchun tashkilotdan ko'chirilganligi xujjati;
2. Suvon Asror Quruvchiga ko'chib kirim bo'lmay bir yildan beri yotgan ro'yhat;
3. Avtomashinalarga quyiladigan gazni o'zlashtirib soxtalashtirilgan hujjatlar nushalari;

Jami: 11 dona dalillar nushasi

15.07.2016
Farmonova Munojat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar