O’zbekiston Xalq Harakati

Markaziy Osiëda Chor istibdodiga qarshi qo'zg'olonga yuz yil to'ldi

Markaziy Osiëda Chor istibdodiga qarshi qo'zg'olonga yuz yil to'ldi
20 Temmuz 2016 - 13:49 'de eklendi ve 2283 kez görüntülendi.

F962EC68-FD46-42DC-B044-41F0A1E0FA77_cx0_cy7_cw0_w987_r1_s_r1Samarqand, Xo'jand, Sirdaryo va Farg'ona vodiysida 1916 yilning iyulida boshlangan xalq qo'zg'olonlari va bu isyonlarning Chor Rossiyasi tomonidan ayovsiz bostirilganiga 100 yil to'ldi. Tarixchilarga tayanilsa, qo'zg'olonlarni bostirish chog'ida kamida 500 ming kishi qirib tashlangan.

O'zbekiston va Turkmanistonda 1916 yilda ko'tarilgan xalq qo'zg'olonlari va bu isyonlarning Chor Rossiyasi tomonidan ayovsiz bostirilganiga 100 yil to'lgani bilan bog'liq mavzuni tarixchilar ham, fuqaroviy jamiyat ham, hukumat ham eslanmayotir.

Bu sana munosabati bilan Tojikistoning Xo'jand shahrida rejalangan ilmiy anjuman bekor qilingan.

Qozog'iston fanlar akademiyasida anjuman bilan eslangan bu sana Qirg'izistonda davlat miqësida nishonlandi.

Qirg'iziston prezidenti 1916 yil voqealarining yuz yilligini nishonlash to'g'risida Farmon imzolagan edi.

Prezident qarori bilan tarixchilardan iborat guruh tuzilgan bo'lib, ularga 1916 yil voqealariga tarixiy baho berish vazifasi yuklatilgan.

Bu olimlardan biri professor Tinchlikboy Cho'rateginning aytishicha, bir asr oldin Markaziy Osië xalqlarining Oq Poshshoga qarshi isënini eslash bugungi murakkab geopolitik vaziyatda xayrli ishdir:

1916 yilda Markaziy Osiyodagi xalqlar Chor Rossiyasining mardikor olish siyosatiga qarshi isyon ko'targandi. 1916 yil 25 iyunda podsho Nikolay Ikkinchi imzolagan Turkistonning rus bo'lmagan millatlaridan mardikor olish to'g'risidagi Farmonga qarshi isyon o'sha yilning 4 iyulida o'sha paytda Samarqand viloyatiga qarashli bo'lgan Xo'jandda boshlangan. Unda o'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar ishtirok etgan edi, – deydi Tinchlikboy Cho'rategin.

Unga ko'ra¸1916 yilning iyulida Samarqandda 25 ta, Sirdaryoda 20 ta, Farg'ona vodiysida 86 ta qo'zg'olon ko'tarilgan.

Barcha isyonlar Rossiya qo'shinlari tomonidan ayovsiz bostirilgan. Chor hukumati isyonlarni bostirish uchun 1916 yilning 17 iyulidan boshlab Turkiston o'lkasida faqulodda harbiy holat joriy etishga majbur bo'lgan.

Isyonchilarga qarshi 30 ming rus harbiysi pulemyot va zambaraklardan o'q otgan. Yoz oxirlariga borib Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg'ona vodiysidagi isyonlar bostirilgan.

Tarixchi Goga Hidoyatov tirik paytida Ozodlikka suhbat berib, bu unutilish sovet davri mafkurasining oqavasi ekanligini ta'kidlagan edi.

Bundan yuz yil oldin sodir bo'lgan qonli voqealar haqida chor davrida ham gapirish taqiqlangan edi. Ammo xalq bu borada qo'shiqlar to'qidi.

“Poezdingni jildirgan o'txonasi bilan do'ngalagi”

Chor podishohi Nikolay rafiqasi bilan

Chor podishohi Nikolay rafiqasi bilan

Marhum tarixchi Hamid Ziyoevning “O'zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi” asarida qayd etilishicha, zo'rlik bilan uylaridan olib chiqib ketilgan mardikorlardan 101 600 kishi Rossiyaning Evropa qismiga, 4000 kishi Sibirga, 7405 kishi Kavkazga joylashtirilgan. O'n mingdan ortiq kishi Turkiston o'lkasida ishlatilgan. Mardikorlar ochlikdan, xo'rlikdan, mashaqqatli mehnatdan mislsiz aziat chekdilar. Ko'plari qattiq sovuqdan, turli kasalliklardan o'lib ketdilar, yoki bir umrga nogiron bo'lib qoldilar.

Ayrim tarixiy manbaalarda mardikorlar ro'yxatida 566-raqam bilan qayd etilib, Andijonning Oqyor guzaridan mardikorlikka safarbar etilgan 31 yoshli Xudoyberdi Qoraboev mardikorlik mavzusida yozilgan va o'zbeklarning milliy qo'shig'iga aylangan “Do'ngaligim” she'rining muallifi bo'lgani aytiladi.

Poezdingni jildirgan

O'txonasi bilan do'ngalagi

Dvinskaga ketdi Andijonni

Mard yigitining bir bo'lagi.

Dvinskaga ketmas edi

Mard yigitning bir bo'lagi,

Dvinskaga ketkizvorgan

Nikolay zolim zambaragi.

Dvinskaga yo'l bo'lsin,

Qarag'ayzoring qul bo'lsin.

Yigitlarni qiynagan

Nikolaying yo'q bo'lsin.

Bizni to'qqiz oy ishlatdi,

Sizran' degan o'rmonda.

Ketolmaymiz Andijon,

Bir chaqa yo'q karmonda.

So'k oshingni ichmayman,

O'tigimni echmayman.

Qorda qarag'ay kesganman.

Hech haqqimdan kechmayman.

Og'a sog' borsangiz avval..

O'zbek taraqqiyparvar shoiri Hamza Hakimzoda ham 1916 yil qo'zg'olonini tanqid qilib she'rlar ëzdi:

SOG'INIB

1916 yilda front orqasi ishiga olingan bir mardikor tilidan yozilib, Farg'onacha “Yor-yorey” kuyiga, solingan bir ashula:

Qora sochim o'sib qoshimga tushdi, yor-yorey

Bu savdolar mani boshimga tushdi, yor-yorey

Borib ayting mani kimki so'rasa, yor-yorey

Judolikning zahri oshimga tushdi, yor-yorey.

(xalq qo'shig'i)

Qattiq tegma menga muncha yuzboshim,

Oquzma ko'p g'amim uzra ko'z yoshim,

Yurak-bag'rim o'zi hadsiz ezilgan,

Yurtu vatan, ellarimni sog'inib.

Olti oydur tushdim shundoq g'urbatga,

Suyganlarim tashlab birdan furqatga,

Dilim qondur shirin o'g'lon, qizlarim,

Muhabbatlik dilbarimni sog'inib.

Rangim somon yanglig' dard ila g'amdan,

Judolig'dan tushgan hajru alamdan,

Toqatim yo'q eslab chidab turarga,

Oka, singil, jigarimni sog'inib.

O'z yurtimdan keldim qancha uzog'lab,

Bilolmasdan kimdan elim so'rog'lab,

Kundan-kunga ortar dardu hasratim,

Mumis ahli dardlarimni sog'inib.

Tushsa nogah qaysi biri yodimga,

Falak titrar chin oh ursam dodimga

Bosolmasman ko'nglim ketar dam-badam,

Qari ota, madorimni sog'inib.

Yurtimdagi esga tushub chorbog'lar,

Jo'ralarim, jondan ortuq o'rtoqlar,

Butun aqlu hushsiz devona bo'lg'um,

O'ynab yurgan kunlarimni sog'inib.

Alalxusus to'y qilolmay o'g'lonim,

Ketarmu deb yurakda bu armonim,

Qo'lum ishga bormas, ko'zimdan o'tsa.

Shirin qizim Rahbarimni sog'inib…

Ko'ngli sinuq musofirman qaqshatma,

Bo'laklarga mani hargiz o'xshatma,

Dilim ko'tar yozib xatlar elimga,

O'qusunlar daftarimni sog'inib.

Qachon ozod bo'lur, tangri, boshimiz?

Vatan borib qurur ko'zdan yoshimiz,

Ko'p qatori rahm aylag'il bu zora,

Ado bo'ldim ellarimni sog'inib.

1916 yil.

SALOM AYTING

(Mardikorlardan biri o'z mahallaligidan bir hamrohini yurtiga uzatayotganda aytganlari. Ohangi esa, “Sar daftari” musiqaning debochasi bo'lgan “Savti chorgoh” ohangidadir)

Og'a, sog' borsangiz, avval

Dadamlarga salom ayting.

Yugurib chiqqan ul mushfiq

Onamlarga salom ayting.

Ko'zi qon hamshiram birlan

Akamlarga salom ayting.

O'pub peshonasin menchun

Ukamlarga salom ayting.

Qo'nu qo'shni, kichik-katta

Og'amlarga salom ayting.

Salomat deng, onajonim

Ko'zin zinhor yoshlatmang.

Judolig' dog'i bas, bemor deb

Ming bor qaqshatmang.

Onam bechorani g'am bistariga

Zor tashlatmang.

Og'a, hamshiralarga motamim

Takror boshlatmang.

Eshitgan bo'lsalar notoblig'im,

O'zga marom ayting,

Otam ranjitmasunlar bu

Suyuk o'g'lin anosini,

O'zi hayron, topolmasdan

Bu dardining davosini,

Jigar-bag'ri ezilgandir

Yo'qotib ko'z qarosini,

Ayurmasin anosidan

Egam bir qush bolosini,

Otam yolg'uz topib bu so'zlarim

Bir-bir tamom ayting.

Akam, hamshiralar munglug'

Onamni ko'p quvontirsin,

Salomat erkan o'g'ling deb,

Olub ko'nglin yupantirsin.

Bukun, erta kelarmish deb,

Gahi aldab ishontirsin,

Mani yo'qlig'im bildirmasin

Xizmatla bu qondirsin.

Choqirib har birin mandan bu xil

Arzu payom ayting…

So'rang bizdan agar kelsa,

So'rashib jo'ra, o'rtog'lar,

Qalay deb so'rasalar, ayting:

Shukr sihat, omon, sog'lar.

Kelib qolgay, deng albatta

Och, ilguncha gulu bog'lar.

Alar ko'ngliga ham “betob”

Debon solmang qaro drg'lar.

Yozib xat hol so'rashganga

Salomim nom-banom ayting.

1916 yil.

Qutlug' qon ëki qo'zg'olon haqidagi kino olgan rejissyorni Sovetlar qatl qildi

Sovet davrining ilk yillarida qo'zg'olon haqida gapirishga izn berildi. 1932 yilda uzbek kinorejisseri Sulaymon Xujaev “Tong oldidan” degan fil'mni suratga oldi. Fil'm 1916 yilgi Jizzax qo'zg'oloni haqida edi.

1934 yil Sulaymon Xo'jaev qamoqqa olindi. 1937 yilda “xalq dushmani” sifatida otib tashlandi. Taqdir hazili bilan Xo'jaev o'z fil'midagi o'zi o'ynagan bosh qaxramon taqdirini takrorladi.

Xo'jaev 1916 yilgi voqealarni Sovet prizmasidan ëritmagani uchun qatl qilingan edi. Keyinchalik o'zbek Sovet ëzuvchisi Muso Oybek 1967 yilda bu qo'zg'olonni kommunistik mafkura quyushqonida ëritishga urindi. Ëzuvchining “Qutlug' qon” romani qaxramoni bo'lgan Yo'lchi qo'zg'olonda qatnashib rus askari o'qidan nobud bo'ladi.

Roman ëzilganidan 50 yil o'tgan bo'lsa ham o'zbeki adabiëtida 1916 yil voqealari aks etgan biror epik asar yaratilmadi.

O'zbekistonlik ëzuvchi Habib Temirov nazarida Markaziy Osiëda Chor istibdodiga qarshi qo'zg'olon mavzusida yangi romanlar ëzilishi kerak.

O'zbekistonlik siësatshunos Komron Aliev 1916 yil voqealarini bugungi kunda o'zbek tarixchilari tomonidan o'rganishga qiziqish bildirmayotganidan afsus bildirdi.

Rossiyaning O'zbekistondagi elchixonasi va “Rossotrudnichestvo” federal agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi “Rossiyaning Turkistonni bosib olishi Turkiston uchun xayrli bo'ldi va mintaqa taraqqiëtiga xizmat qildi” degan anjumanlarni o'tkazib ëtibdi. Bizni tarixchilarimiz esa 1916 yil 25 iyunda podsho Nikolay Ikkinchi imzolagan Turkistonning rus bo'lmagan millatlaridan mardikor olish to'g'risidagi haqoratli farmonga qarshi isyonning 100 yilligi haqida lom-mim demayapti¸ deya taassuf bildirdi suhbatdosh.

Manba: “Ozodlik” radiosi

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER