O’zbekiston Xalq Harakati

Mirziyoevga muxolifat kerakmi?

Mirziyoevga muxolifat kerakmi?
12 Ekim 2016 - 20:08 'da yuklandi va 2782 marta o'qildi.

O'zbekistonning muvaqqat Prezidenti Shavkat Mirziyoev iqtisodiy sohada qator o'zgarishlarga qo'l urgan, ammo hozirga qadar uzoq kutilgan siyosiy islohotlarni boshlashiga doir biron ishora bermagan.

Marhum prezident Islom Karimov tuzumi yakkahokimlik asosiga qurilgan dunyodagi eng repressiv tuzumlardan biri sifatida tanilgandi.

Ayni paytda O'zbekiston tashqarisidagi fuqaro jamiyati vakillari va muxolifat faollari siyosiy islohotlarga doir o'zlarining taklif va g'oyalari bilan chiqa boshlaganlar.

Ulardan ba'zilari janob Mirziyoev timsolida mamlakatning yangi rahbariyati bilan konstruktiv muloqotga tayyor ekanliklarini ham izhor qilishmoqda.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar