O’zbekiston Xalq Harakati

Oydin Solih, Nobel va ochlik

Oydin Solih, Nobel va ochlik
20 Ekim 2016 - 20:47 'da yuklandi va 2918 marta o'qildi.
Ilknur Shahin (İlknur Şahin)

Ilknur Shahin (İlknur Şahin)

Ilknur Shahin (İlknur Şahin)

Marhuma Oydin Solih xonimafandi ilmi va merosi sifatida qoldirgan asar kuchini va muhimligini har o'tgan kun yana bir bor isbotlamoqda.

Zamonaviy sog'liq mezonlarining raqobatsizligi va insoniyatga qarshi zamonaviy tibb sanoati o'lkamizni och chigirtka to'dasi kabi bosib olgan bir paytda, an'anaviy g'oyalar modern tibb himoyachilarining kamsituvchi tashbihiga asoslangan inqiroz jarayonida Oydinxonim an'ananing umidi bo'ldi.

Albatta, boshlangan muhokamalarda himoyasiz qolgan modern dunyo tibb va sog'lik ustidagi hukmronligini qarovsiz qoldirmadi, ammo bugun kichik bo'lsada, bir an'ana asosli tibb va oziqlanish mafkuramiz bo'lsa, buning asoschisi Oydin xonimdir.

Ruhiga Allohdan g'anig'ani rahmat tilaymiz.

Oydin xonim fikriyotini va faoliyatining manbasini ilohiy hikmatdan olar edi.

Olib borgan ishlarini Islomiy tibbiyotning bir turi deb aytish mumkin.

Uning asos iddaosi inson o'ziga tavsiya etilgan nabaviy usullarga naqadar uyg'un yashasa, kasalliklardan u qadar qutular edi.

Kasallikning sababi – zamonaviy turmush tarzi va fikrlar edi, kasalliklarni boshqarib bo'lmas holga keltirgan esa zamonaviy tibb edi. Insonni kerak xastaliklardan tozalash, kerak bo'lsa sog'ligini himoya qilish yo'lida eng yaxshi tadbir ochlik seanslari, ochlikni bir yashash tarzi holiga keltirish va yana o'ziga xos organ tozalash jarayoni edi.

Bu usullar ham qisqa muddatda samarali, ham har kimning qo'llashi mumkin bo'lgan qadar arzon va hamda hech qanday yomon ta'siri bo'lmagan amaliyotlar edi.

Albatta Oydin xonim asarida tushuntirilgan bu usul va tavsiyalar zamonaviy sog'liq ta'limi olganlarning tanqidlaridan jabrlandi.

Zamonaviy tibb Inkvizitsiyachi katolik ruhoniylarinikidan ham kattarok adovat bilan Oydin xonim va unga xamfikr insonlarga hujumlar uyushtirdi.

Bugun Nobel tibbiyot mukofotini olgan Yoshinori Oshumining avtofagiya ishlari bilan bu mukofotni olishi va ochlikning inson vujudida hujayralarning yangilanishi va ularni tartibga solishi isbotlarini zamonaviy usullar bilan isbotlashi an'anaviy usullarning haq ekanligiga doir burxon bo'ldi.

Eng qizig'i, bu haqikatni yillar davomida bayon etib, bu mavzuda asar yozgan Oydin Solihning dindor bo'lgani uchungina kishi va muassasalar tomondan taqdirlanmagani bo'ldi.

Ko'z o'ngimizdagi manzara shuni ko'rsatayaptiki, zamonaviylikning sog'liq ustidagi barcha buzilishlariga qaramasdan, biz a'anachilar to'g'ri yo'ldamiz. Modern tibb biz foydalanayotgan merosni, qariyb 1500 yil kechmishini ko'rib turibdi.

Qo'rqmasdan yo'limizda davom etishimiz kerak.

Chunki biz tuproq bo'lsakda, ma'naviyatimiz ilohiy haqiqatlar nomiga zafarlar qozonishda davom etajak.

Zamonaviylik o'z halokat maydonini kengaytirar ekan, undan qochgan insonlar nafasini nabaviy nizomning soyasida olajakdir.

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Manba: www.yenisoz.com.tr

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort