O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonda benzin narxi 35% ga oshdi

O'zbekistonda benzin narxi 35% ga oshdi
23 Ekim 2016 - 16:37 'de eklendi ve 3749 kez görüntülendi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, O'zbekiston Vazirlar mahkamasining qarori bilan mamlakatda avtobenzin narxlari 23 oktyabrdan boshlab birdaniga 35 foizga ko'tarilgan. Shu yilning o'zida yonilg'i narxi ikkinchi bor ko'tarildi. Qaror O'zbekistonda avtobenzin ta'minotida muammolar borligini amalda e'tirof etadi.

Vazirlar mahkamasining 22 oktyabrda qabul qilgan “Avtobenzin chakana narxining o'zgarishi to'g'risidagi” 360-sonli qarorga muvofiq, Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri – 2 800 so'm, Ai-91, Ai-92 va Ai-93 rusumli avtobenzinlarning 1 litri – 3 000 so'm va Ai-95 rusumli avtobenzinning 1 litri – 3 300 so'm etib belgilandi.

Ayni paytda, O'zbekiston ichki bozorini neft' va gaz bilan ta'minlashga mas'ul “O'zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bundan buyon butun mamlakat bo'ylab “benzin narxi bir xil” bo'lishini e'lon qildi.

“O'zbekneftegaz” benzin narxi ko'tarilishini ochiqcha e'lon qilmagan esa-da, “bir xil” narxning belgilanishini O'zbekistonda “avtobenzin ta'minotida bo'layotgan uzilishlar”, “ba'zi yonilg'i quyish shaxobchalarida avtobenzinning ustama narx bilan” va viloyatlarda “chayqov narxda sotilayotgani” bilan izohladi.

Yangi narxlar O'zbekistonda avtbenzin joriy yilning o'zida ikkinchi bor qimmatlaganini anglatadi.

Shu yil 1 yanvardan boshlab bir litr benzinning narxi 45 so'mga ko'tarilib, Ai-80 benzinining litri uchun yangi narx 2075 so'm (avvalgi narxi — 2030 so'm edi), Ai-91 uchun esa 2280 so'm (2235 so'm edi) qilib belgilagan edi.

O'zbekistonda avtobenzin narxining keskin ko'tarilishi aholiga benzin etkazib berish tobora muammoga aylanib borayotgan bir manzarada kuzatilmoqda.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

 BU HABER HAKKINDA YAPILAN YORUMLAR

( 1 Yorum )

  • Ali2017 ;

    Bugungi kunda avto benzinlar respublikadagi benzin kuyish shaxobchalaridan sotib olishda navbatlarning kupayib borishi balki benzinning takchilligi sezilib turibdi. Balki vazirlar maxkamasi aynan shu kabi muammolarning bartaraf etilishini taminlash maksadida ushbu karorni kabul kilgandir. Ushbu karorning kabul kilinishi balki mamlakatda benzin narxlarining stabil narxlarda sotilishini xamda benzinning chaykov narxlarda sotilishiga chek kuyishi mumkin. Meni fikrimcha enidi benzin axoliga etkazib berishda muammoni xal etar deb uylayman.

    27/10/2016 14:27
SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER