O’zbekiston Xalq Harakati

Aybini bo'yniga qo'yib olib kelasan, demaganmidim?

Aybini bo'yniga qo'yib olib kelasan, demaganmidim?
25 Ekim 2016 - 14:39 'da yuklandi va 3436 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.

Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(29-qism)

O'tirganlar barchasi, “soxta” so'zini eshitganda, tomog'iga suyak tiqilgan itdek bezovtalanib, bir-birlariga sirli qarab qo'ydilar. O'lkadagi eng yomon so'z “soxta” so'zi edi. “Ozodlik”, “Bibisi” radiostansiyalari, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, har xil maqomga ega bo'lgan o'zga xalqaro tashkilotlar – aksariyat fuqarolarning “soxta ayblovlar” tufayli qamalishini bong urib, butun jahonga jar solardilar. Islohotlar “soxta”ligini, prezidentning “soxtalashtirish” yo'li bilan mansabini suiste'mol etayotganini, uning aytgan so'zlari, amalga oshirayotgan barcha ishlari “soxtalik”dan boshqa narsa emasligini yigirma yildan buyon tinmasdan ta'kidlab kelardilar. Dunyo bo'ylab tarqalgan xabarlar har tongda mansabdorlar shotaxtasi ustida turardi. Hukumat boshidagi “qoziq”lar, xulosa chiqarish o'rniga: Muvaffaqiyatlarimizni ko'rolmayaptilar. Mafkurasi buzuq unsurlar tinchlik va farovon hayotni beqarorlashtirishga urinyaptilar”, deb oshkora soxtakorlik bilan o'zlarini “soxta” ig'volarga qarshi kurashganday ko'rsatib, ommani chalg'itmoqchi bo'lardilar. Prezidentning mazkur da'volarga qarshi tor doiradagi ma'ruzalari maxsus video kassetalarga yozilib, butun tizimlarga tarqatilardi. Quyi qatlamlardan eng yuqori pog'onalargacha, maxsus kimsalar nazorati ostida o'rganiladigan bu kassetalarning har bittasi raqamlangan bo'lardi. Vaqti etib, ularni joylardagi milliy xavfsizlik idorasi xodimlari yig'ishtirib, tushgan joyiga qaytarib yuborardi. Bu video kassetani ko'chirishga uringan kimsa o'sha zahoti yo'q qilinardi. Videoyozuvda, yuqorida tilga olinganlardan tashqari, ko'plab noqonuniy ko'rsatmalar va yashirin farmoyishlar bo'lardi.

Buqalamun vaziyatlarda shakllantirilgan rahbarlarga yomonotliq qilingan atamalarni kimdir qo'qqisdan aytib qolsa, ular chayonni changallab olgan chaqaloqday shaytonlab qolmaydilarmi, axir?

– Ayblar soxtalashtirilgan deganda nimani tushunasiz o'zi? – dedi tuman milliy xavfsizligi boshlig'i.

– Kechirasizlar, “soxta”, deb yuboripman, “yolg'on” demoqchi, edim! – dedi Bahrom o'zini go'likka solib.

Kasbiy hushyorligi bilan tashabbus ko'rsatgan tuman milliy xavfsizligi boshlig'i mamlakat oldidagi burchini qoyilmaqom qilib do'ndirganday, boshqa e'tiroz bildirmadi. O'zini jiddiy ko'rsatish uchun qovoqlarini yanayam uyib oldi, xolos. Uning o'zini soxtakorona tutishi “soxta”likning yuksak namunasi edi.

Qo'rqoq oldin musht ko'taradi, deganlariday, tutqun bilan tanishligini bildirib qo'ygan prokuror, hamtovoqlari oldida “soxta” so'ziga urg'u berib baraka topmasligini anglagach, gap nishabini boshqa tomonga burishga urindi.

– O'zingizga qo'yilgan ayblarning yolg'onligini qanday isbot qilib berasiz? – dedi u.

– Menga qarshi ko'rsatma bergan Sojida Nozir va boshqa shaxslarni tergovchi men bilan yuzlashtirsin! – dedi Bahrom. – Biror-bittasi bir so'm pul berdim deb aytsa, men aybimga iqror bo'laman. Tergovchi hech kim bilan yuzlashtirmasdan, meni ayblamoqchi bo'ladi. Qolaversa, o'zimning o'n ikki ming dollarimni undirish ilinjida Nozima Munisni shaxsan o'zim milliy xavfsizlikka etaklab borganman. Ish obdan o'rganilganda, kimning kim ekanligi o'zo'zidan oydinlashadi. O'zim jabrlanuvchi bo'laturib, qanaqasiga jinoyatchiga aylanib qolishim mumkin?

Tutqunning tirishib o'zini himoya qilishga bel bog'laganini ko'rgan prokuror yordamchisi, “…Aybini bo'yniga qo'yib olib kelasan, demaganmidim?” deganday, tergovchiga eb qo'ygudek xo'mraydi. Uning bu qarashiga dosh berolmagan tergovchi, yana qo'ltig'idan qovun tushirib qo'yganini tan olib, ko'zlarini undan olib qochdi.

– Yuzi-ko'zingiz shishib ketipti, biror-bittasi kaltaklamadimi, ishqilib? – dedi shunda prokuror.

Uning bu savoli Bahromga, boqqa kirgan o'g'riga bog'bon, Nima uchun uzum o'g'irlading, desa, o'g'ri, bog'bonga, nima uchun xotiningga kavush olib bermading, degan latifani eslatdi.

– Hech kim urmadi! – dedi u. – Mashinadan tushayotganda qoqilib, yiqilib tushdim.

Javobdan qoniqmagan o'rinbosar, shu rostmi”, deganday tergovchiga boqdi. Tutqunning o'zini tutishi ta'zirini eb, tavbasiga tayangan kimsaning holiga o'xshamasdi. Aslida, qiynoqlarni o'ylab, ichidan zil ketib turgan bechora tutqun esa, qutulish uchun boshini dorga tikkandi.

Bu safar ham gapni qovushtira olmagan prokuror tergovchiga qayrilib:

– Nima uchun gumondorni jabrlanuvchi bilan yuzlashtirmadingiz? – deb so'radi.

Shu ishni deya ikki marta noqulay ahvolga tushayotgan tergovchi ko'zlarini pirpiratib:

– Sojida Nozirni topolmayapmiz, qolganlarning ko'pchiliklari chet ellarga ishlashga ketganlar. Topish uchun vaqt kerak, janob prokuror! – deya javob qaytardi.

Uning gapiga e'tibor bermagan prokuror Bahromga boshini burib:

– Sizni vaqtincha ushlab turishga majburmiz! – dedi. – Ishga aniqlik kiritilgach, aybsizligingiz isbotlansa, chiqarib yuboramiz.

Adi-badi aytib o'tirgandan foyda chiqmasligini fahmlagan prokuror masalaga shu tariqa nuqta qo'ydi. Uning prokurorlik faoliyatidagi gumondor bilan eng uzun muloqoti to'rt daqiqalik mazkur muloqot bo'lsa, ajab emas.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube