O’zbekiston Xalq Harakati

Rog'un GESi to'g'onining qurilishi boshlandi

Rog'un GESi to'g'onining qurilishi boshlandi
29 Ekim 2016 - 18:04 'de eklendi ve 3743 kez görüntülendi.

Tojikiston hukumati Vaxsh daryosida Rog'un GESining 335 metrlik to'g'onini qurishga kirishgan. Tojikiston hukumati Rog'un GESining birinchi ikkita agregatini 2019 yilgacha qurib bitkazishni rejalamoqda. GESning 13 milliard kub metr hajmli suv omborini esa Dushanbe hukumati Orol dengizi atrofida joylashgan davlatlar bilan kelishuv bo'yicha belgilangan kvota doirasida to'ldirishini bildirmoqda.

29 oktyabr' kuni to'g'on qurilishini boshlash rasmiy marosimida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qatnashdi.

Poytaxt Dushanbedan 110 kilometr uzoqlikda joylashgan Rog'un GESi, janob Rahmonning ta'kidicha, olti agregatdan iborat, ishlab chiqarish quvvati esa 3600 megavatt elektr energiyaga ega mintaqada eng yirik stantsiya bo'ladi.

“Balandligi 335 metr bӯlgan Rog'un GESi tӯg'oni dunyodagi eng baland tosh-er tӯg'oni bӯlib, 3600 megavatt (17 milliard kilovatt-soatdan ziyod) kuchga ega gidroelektrostantsiya mintaqadagi eng yirik elektr manbalaridan biriga aylanadi”, – dedi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon.

Janob Rahmonning Vaxsh daryosi oqimini ӯzgartirish marosimida sӯzlagan nutqi Tojikiston prezidenti ma'muriyatining rasmiy saytida ilk bor o'zbek tilida ham e'lon qilindi.

Emomali Rahmon bu nutqida jumladan shunday deydi:

“Markaziy Osiyoning birodar xalqlariga murojaat qilar ekanman, tojik xalqi uzoq asrlar davomida ӯz qӯshnilari bilan tinchlik, xotirjamlik, ӯzaro tushunish va hamkorlik fazosida yashab kelganligini ta'kidlayman. Biz ajdodlarimizning bu ezgu an'anasini davom ettirgan holda ӯz qӯshnilarimizni hech qachon va hech qanday sharoitda suvsiz qoldirmasligimizni yuksak mas'uliyat bilan ayta olaman. Bugun biz mintaqa mamlakatlari, jumladan, dӯst va birodar Ӯzbekiston bilan ӯzaro foydali yӯnalishlar, ayniqsa, suv, energetika, transport va boshqa sohalarda yaxshi qӯshnilik munosabatlarini yӯlga qӯydik, hamda ikki tomonlama munosabatlarning barcha muhim masalalari ӯzaro tushunish, xalqlarimiz manfaatlari yӯlida ӯz echimini topishiga ishonchimiz komil”, deydi Emomali Rahmon.

Italiyaning “Salini Impredjilo” kompaniyasi tenderda g'olib chiqib, gidroelektrostantsiya tӯg'oni qurilishi ishlarini boshlab yuborgan.

Tojikiston hukumati suv omborining hajmi 13 milliard kub metrga teng Rog'un GESining birinchi ikkita agregatini 2019 yilgacha qurib bitkazishni rejalamoqda.

“Rog'un GESi birinchi navbati, ya'ni uning birinchi agregati 2018 yilning oxirigacha, ikkinchi agregati 2019 yilning aprel oyigacha ishga tushirilib, ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya mamlakat yagona energetik tizimiga uzatiladi. Ya'ni 2018 yilning dekabrida gidroelektrostantsiya elektroenergiya ishlab chiqara boshlaydi va “Rog'un” elektri Tojikistonning har bir oilasiga uzatiladi”, – dedi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon.

Islom Karimov Rog'un omborini suvga to'ldirish jarayonida daryoning quyi mintaqalarida joylashgan mamlakatlar suvsiz qolishi mumkinligi borasida havotir bildirib kelgan.

Islom Karimov Rog'un omborini suvga to'ldirish jarayonida daryoning quyi mintaqalarida joylashgan mamlakatlar suvsiz qolishi mumkinligi borasida havotir bildirib kelgan.

O'zbekiston hukumati yillardan beri Tojikistondagi Vaxsh daryosida yirik to'g'on qurilishiga keskin qarshilik ko'rsatib, Rog'un GESi loyihasi Amudarë quyi oqimida joylashgan hududlar uchun ham ekologik¸ ham iqtisodiy falokat keltirib chiqarishini ta'kidlab keladi.

Jumladan O'zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov hayotligi payti qilgan chiqishlarida Rog'un omborini suvga to'ldirish jarayonida daryoning quyi mintaqalarida joylashgan mamlakatlar aholisi suvsiz qolishi mumkinligi borasida xavotir bildirib kelgan.

Tojikiston rasmiylari esa Rog'un GESi qurilishi mamlakatni energetik mustaqilligini ta'minlash uchun zarurligini urg'ulashadi.

Tojikiston rasmiylari esa Rog'un GESi qurilishi mamlakatni energetik mustaqilligini ta'minlash uchun zarurligini urg'ulashadi.

Bu iddaolarni muttasil rad etib kelayotgan Tojikiston rasmiylari esa Rog'un GESi qurilishi mamlakatni energetik mustaqilligini ta'minlash uchun zarurligini urg'ulashadi.

GES omboridagi suvni esa Dushanbe hukumati Orol dengizi atrofida joylashgan davlatlar bilan kelishuv bo'yicha belgilangan kvota doirasida to'ldirishini bildirmoqda.

Kuzatuvchilar O'zbekiston prezidenti Islom Karimov vafotidan so'ng Toshkent va Dushanbe aloqalarida iliqlik kuzatila boshlaganini aytishadi.

O'tgan oy ohirida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o'rtasidagi uchrashuvda “suv-energetika va transport logistika sohalari, shuningdek fuqarolarning o'zaro bordi-keldisi bilan bog'liq masalalar faol va konstruktiv hamkorlik talab qiladigan masalalar” muhokama qilingandi.

Manba: “Ozodlik” radiosi

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

 BU HABER HAKKINDA YAPILAN YORUMLAR

( 2 Yorum )

  • Ali 2017 ;

    Ro'g'un GES ning qurilishi Tojikiston davlatining va xalqining energetika mustaqilligini ta'minlar lekin orol bo'yi mintaqasida yagayotgan turkman v o'zbek xalqlarning qolaversa GES atrofida istiqomat qilayotgan tojik xalqining ertangi kuni va taqdiriga qay darajada raxna solfyotganini naxotki tushinishmasa. Rog'un GES ning qurilishi oqibatida kelib chiqadigan ekologik va qishloq xo'jaligi muammolarini qo'ya turing inson manfaatlari va xayoti xamma narsadan muxim emasmi? GES ning seysmik faol nuqtada barpo etilayotgani chegaradosh davlatlarnigini tashvishga solayotgani yo'q, orol bo'yi mintaqasida yashayotgan insonlarni ham tashvishga solmoqda. Ular doim taxlikada va qo'rquvda yashashga mahkum etilmayaptimi? Energetika mustaqilligiga erishishning naxotki boshqa yo'llari yo'q? Bu savollarga javob beradiganlar bormi axir?

    01/11/2016 08:55
  • Samariddin ;

    Qani ko'ramiz ushbu GES qanday oqibatlarga olib kelarkan. Yaxshillikka bo'lsin iloyim. Aks holda O'zbekiston va Turkmanistonda qishloq xo'jaligi o'ladi. Yanayam kim biladi. Hammasi Allohimning irodasi bilan bo'lyapti. Insoniyat shu vaqtgacha tabiatni o'zlashtirish uchun harakat qildi. Bu esa ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Birgina Orol dengizi fojeasini esga olaylik. Orolbo'yi hududlari aholisining qiyinchiliklarini hech kimga tilamagan bo'lardim. Quruvchilarga va Tojikiston rahbariyatiga insof tilayman, tsementini ayamasdan baquvvat qilib qilib qurishsin Rog'unni 🙂

    31/10/2016 15:35
SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER