O’zbekiston Xalq Harakati

Toshni surayotgan “qo'l”

Toshni surayotgan “qo'l”
31 Ekim 2016 - 11:54 'da yuklandi va 2836 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(30-qism)

O'n to'qqizinchi bob

Mahbuslar yo'l bo'yi prokuror Bahrom Durmatov xususida gurunglashib bordilar. Gaplarga qaraganda, u bu tuman prokurorligiga qo'shni tumandan o'tgandi. Qo'shnilar, undan qutulganlariga suyunib, qo'y so'yib ziyofat berganmishlar. Laqabi “supurgi” bo'lib, uni hamma yomon ko'rarmish…

Qamalishi uzil-kesil hal bo'lib, yo'qotadigan narsasi qolmagan Bahromning xotiri jam bo'la boshladi.  Shu kabilarni tinglab, endi uning g'ashi kelardi. Aslida, boshqa prokurorlarning ham bunisinikidan o'tib tushadigan yaxshi jihatlarini topish qiyin edi. Hammasi bir go'r bo'lgach, oddiy xalq uchun kimning prokuror bo'lishining nima ahamiyati bor? Bola-chaqalarini zo'rg'a eplayotgan bir davrda, ular eski prokuror ketib, yangisi kelsa, qo'y so'yarmidi? Avvalambor, tumanliklarning to'qson to'qqiz foizi prokuror kim ekanligini bilmasdi.

Soha kishilari taxta ustidagi shatranj toshlari misoli bir xil bo'lib, ular bir-birlariga qorishib ketmasliklari uchun oq-qora rangga bo'yalgandi, xolos. Bajarayotgan ishlar, maqsad va mohiyat, yo'nalishlar toshni surayotgan “qo'l” izmida edi. Niyatlari pok va xolis bo'lganda ham, boshqalar tugul, ular hayotlarida poklik tomon burilish yasashga jur'at topa olmasdilar. Shatranj taxtasi duru javohirlar bilan bezatilgan marmardan, donalari filning dandonidan yasalgan bo'lsa ham, shatranjchining aqli shashvarcha ishlamasa, dasturning  kosib suprasidan, dandondan yasalgan toshlarning it g'ajigan eshak suyagidan nima farqi bor? Biroq shatranj taxtasi oddiy yog'ochdan, donalari balchiqdan olingan loydan quyilgan bo'lsa-da, uni surayotgan qo'l aql va tadbir xojasi ersa, oddiy taxtaning duru javohirlardan, balchiq-loydan quyilgan toshning fil suyagidan yo'nilgan dandon toshlardan qiymati yuqori bo'ladi.

Shu sabab, taffakur va halollik, haqiqat va shijoatni hayot mazmuniga aylantirgan yo'lboshchilar – rahbar bo'lgan zamonlarda, fuqarolar ichki o'zgarishlar ehtiyoji tufayli izlanishlardan to'xtamaganlar. Bir tuman prokurorligidan olinib, ikkinchi bir tuman prokurorligiga o'tirgan muttahamni deya bor imkoniyatlari tortib olingan, konstitutsion  haq-huquqlari poymol qilingan xalq nima uchun suyunishi yoki kuyinishi kerak? Ali xo'ja xo'ja Ali bo'lgan bir zamonda, o'rin almashgan bilan qiymat o'zgarmaydi. Bitta-yarimtasi, Bahrom Durmatov bilan bir qozonda qaynay olmasdan, to'rtta o'ziga o'xshagan “jabrdiyda” haromi tovoqdoshiga ziyofat bergan bo'lsa, buni gap deb, xalq nomidan butun jahonga doston etishning nima hojati bor? Kimsa hayotga qay bir qirradan boqsa, hayot ham o'zini o'sha qirrada namoyon etadi. Shu bois, yaxshi yashash uchun hayotga to'g'ri nazar bilan qarash kerak. To'g'ri idrok qilish, to'g'ri fikrlash va to'g'ri so'zlay olish to'g'ri munosabatlar qozonida etiladi.

Tuman hibsxonasiga olib kelingan sakkizta mahbus katalaklarga bo'lib tashlandi. Bahrom bu gal ham o'ziga tanish katalakka tushdi. Uning badbo'y hiddan ko'ngli aynib, ko'z oldi qorong'ilashdi. Miyasi achishib, dimog'idan qon hidi anqidi. Qusgisi kelgach, mushtlarini tugib, tishlarini qisdi. Quvvati boricha kuchanib, lohaslikdan qutulishga tirishdi. Bo'yin tomirlari bo'rtib, peshonasidan sovuq ter tomchiladi. Biroz shu alfozda turgach, quloqlariga g'o'ng'illagan ovozlar eshitildi. Dimog'ini sigaretning quyuq tutuni tutib, bo'g'ilganida, tutqunlar g'alati sharpalar singari ko'lanka sola boshladilar. Uning tizzalarida madori qolmagandi. O'tirishga chog'langanda, oyoq bosishga joy yo'qligini angladi. O'zini eplay olmay, bir tomonga og'a boshladi…

U ko'zlarini ochganda, yuziga sovuq suv sepayotgan kimsalarni ko'rdi. Uning o'ziga kelayotganini ko'rgan mahbuslardan biri:

– Mizg'ib, damingizni oling, charchagansiz! – dedi mehribonlik ko'rgizib.

Tundagi ruhiy va jismoniy azoblar zo'ridan uning qalbi janda kabi titilgandi. U, to'yib uxlashni orzulardi. Bu istakni dunyodagi biror narsaga almashtirishni xohlamasdi. Qaytib ko'zlarini yumganda, hali yopilmagan quloqlariga o'zi haqdagi gap-so'zlar chalinib turdi.

– Tunni shahar hibsxonasida o'tkazganga o'xshaydi…

– Ha, ertalab birga keldik.

– Rosa po'stagini qoqishipdi boyaqishning.

– El qatori, hech kimni ham ayashmaydi.

– Ko'pchilik bir umrga kasal orttirib chiqyapti.

– Yosh yigitlarga ko'p azob berishadi. Buyraklarini urib, ezib tashlashadi.

– Buyragidan ish topmagan yigirma foiz ham yigit qolmagan bo'lsa kerak…

Oxiri u tosh qotib uxlab qoldi. Ko'p o'tmasdan tush ko'ra boshladi. Ko'rayotgan tushi qaysi zamonga taalluqli ekani bilinmas edi…

…Yozning issiq kunlari… u derazalari shimolga qaratib qurilgan bolalikdagi uyida  uxlab yotganmish. Deraza rovoqlari lang ochiq. Tanni yayratadigan salqin shamol esmoqda. Onasining tovushi quloqlariga kirganda, u uyg'onib ketdi. Onasi qo'shni kampir bilan qovurilgan baliq eb, choy ichib o'tirardi. Boyoqish, boshini yostiqdan ko'targanda, onasi qo'liga to'pponchasini tutqazdi. Baliqning xushbo'y hidi dimog'iga urilgach, u to'pponchani qo'yib, baliqqa qo'l cho'zdi. Onasi avval unga iliq choy tutdi, keyin baliqdan edirdi. Mazali ta'mdan uning so'lagi oqib, luqmani chaynamasdan, qumaqaylab yuta boshladi. Tugilib qolmasin, deya onasi yana choy tutdi. Sabrbosti bo'lganda, manglayidan o'pib, “Shoshmasdan chaynab egin, o'g'lim”, dedi. Qo'shni kampir, “Bolalarning hammasi ham shunaqa. Oshqozoniga ovqat tushmaguncha, hovliqadi. Keyin chimsalik etadi”, dedi.

Bahrom besh yoshidagi bu voqeani juda yaxshi eslardi. Biroq qirq yildan ko'proq vaqt o'tib, nima uchun buni tushida ko'rayotganiga tushida ham hayratlanayotgan edi. Ko'ngli uni bolaligiga qarab tortavergach, tushida bir ovoz unga, “onaizoring tizzalariga bosh qo'yib, miriqib, uxla”, deganday bo'ldi. Onasining tizzasiga qaytib bosh qo'ydiyu o'zini jannatlardagiday his etdi. U shu topda butun umrini onasi tizzasiga bosh qo'yib o'tkazishga tayyor edi. Ammo soqchining “Qurbonov Bahrom” degan chaqirig'i uning shirin orzusini chilparchin qildi.

Kimdir elkasidan ohista siltalaganda, u suv to'ldirilgan baqlashkadan boshini ko'tarib:

– Tinchlikmi? – deb so'rashga majbur bo'ldi.

– Ismi-sharifingiz Qurbonov Bahrom emasmi?

– Ha, shunday, nima edi?

– Shahar hibsxonasiga ketadigan mahbuslarni chaqirishyapti!

U o'rnidan turib, chiqishga chog'langanda, birov qo'liga paket tutqazdi. Tashqariga chiqqanda, kunning allamahal bo'lganini ko'rib, u o'zining ancha uxlaganini payqadi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube