O’zbekiston Xalq Harakati

Mahbuslarni tanasida iz qoldirmasdan kaltaklashardi

Mahbuslarni tanasida iz qoldirmasdan kaltaklashardi
02 Kasım 2016 - 7:00 'da yuklandi va 3313 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(31-qism)

Yigirmanchi bob

Shahar hibsxonasida soqchilar boshlig'i Bahromni qabul etishdan bo'yin tovladi. Shunda qo'riqchi:

– Uni men ham ertalab shunday qabul etib olgan edim! – deya e'tiroz bildirdi.

– Men bilmayman! – dedi soqchilar boshlig'i. – Kimdan qabul qilgan bo'lsangiz, o'shanga topshiring. Yoki qaytarib olib keting. Xohlamasangiz, “Panelniy”ga topshirib yuboring. Menga qizig'i yo'q.

Ertalab navbatchilikni qabul qilgan soqchilar boshlig'i qaysidir sababga ko'ra almashib, o'rniga boshqasi kelgan. Bahromning yuz-ko'zlarini ko'rib, u o'z zimmasiga birovning yukini ortmoqlashni xohlamadi. Odatda, mahbuslarni tanasida iz qoldirmasdan kaltaklashardi. Bahromning hozirgi holati mingda bir takrorlanadigan hodisa edi. Baxtli tasodif tufayli uning yara-chaqasi ko'zga tashlanib turar edi. Boshqalar singari bor jarohati ichida bo'lganda, uning yurishga madori etmasdi.

Boshqa mahbuslar o'n daqiqa o'tmay kameralarga tarqab ketdilar. U esa, qo'llarini orqasiga ushlab, devorga qarab turaverdi. Bir soatga yaqin vaqt o'tganda, quloqlariga Farhodning ovozi chalindi. Qo'riqchi uni qaylardandir topib kelgandi.

U soqchilar boshlig'iga:

– Firibgarni tintishsin! – dedi.

– Muttaham, mo'ltoni xaltangni ham olib kel! – dedi tintuv xonasidagi soqchi ururshqoq xo'rozniki singari kekirdagini cho'zib.

Bahrom ortiga qaytib, devor tagidagi paketni oldi.

U xonaga kirgach, soqchi:

– Bitliqi, kiyimlaringni ech! – dedi o'shqirib.

Uning ikki ko'zi qo'lga ilgulik narsa izlardi.

U Bahromning kiyimlariga qo'l tekkizishdan jirkanib, ularni oyoqlari bilan tepkilab, borlab ko'rdi.

– Firibgarbachcha, o'g'irlagan pullaring qani? – dedi hech nima topa olmagach.

Bahromning mug'ambirlik qilgisi keldi, shekilli:

– Hammasini Shamshod Sanginov tortib oldi! – deya javob qaytardi ko'zlarini jovdiratib.

– Qaysi Shamshod Sanginov?

– Advokat Shamshod Sanginov bor-ku, o'sha-da!

– Qancha pulingni oldi?

– O'n besh AQSh dollarimni oldi, oka!

Soqchi Bahromdan yigirma yoshlar chamasi yosh edi. Uning bolasi tengi soqchiga arzi hol etayotganini atrofda kuzatib turishardi.

– Advokat o'n besh dollaringni oldimi, yoki o'n besh ming dollaringni oldimi? – deya yalang'och turgan mahbusdan soqchi dona-dona qilib so'radi.

Bahrom o'zini yana ham go'lroq ko'rsatib:

– O'n besh dollarimni oldi, oka! – dedi. – Mustaqillikning yigirma yilida tirnoqlab yiqqanman. O'n besh ming dollar pulim bo'lganda yigirma yil oldin Amriqoga ko'chib ketardim.

Sheriklari xoxolab kulib yuborganlarida, hushyor tortgan soqchi, mahbusning aqli joyida emasligiga amin bo'ldi, shekilli:

– Kiyimlaringni kiy, tentak! – dedi. – Nima deyotganingni o'zing tushunmasang, men tushunmadim.

– Bu jinni emas, seni jinni qilyapti. Senga firibgarlikning bitta tryukini namoyish etdi. Yaxshilab, eslab qol, kerak bo'ladi! – dedi soqchilar boshlig'i unga.

Kiyimlarini kiygan mahbusning qo'lidagi paketni ko'rgan soqchi, paketni tekshirmagani esiga tushib:

– Mo'ltoni xaltangni och, tentak! – dedi.

Paketda ikkita nonning orasida shashlik, tish cho'tkasi, qog'ozga o'ralgan pasta va sovun bor edi. U bu safar ham yangi buyumlarni toshga ishqashni unutgandi. Haqiqatan uning aqldan ozganiga ishongan soqchi barchasini tortib olib:

– Senga bu ham ko'plik qiladi! – deya non bilan shashlikni qo'liga qaytarib berdi.

Bu unga alam qildi va:

– Olishga haqlaringiz yo'q, qaytarib bering! – deganini o'zi ham sezmay qoldi.

G'azabi qo'zigan soqchilar boshlig'i:

– Bu iflosni jinni emas, dedim-ku! – deyarkan, uning elkasiga sholto'qmoq soldi.

Bahrom, ozurda qovurg'alari ichiga to'kilgandek, og'riq zo'ridan  cho'kkalab qoldi. Nafasini ololmasdan chiranganda:

– Tur, firibgarbachcha! – deya tintuv soqchisi ham orqasiga tepdi.

– Firibgarni 20-kameraga joylashtiringlar! – dedi qo'lidagi nishonaga qaragan soqchilar boshlig'i.

– Tur, oldimga tush, firibgar! – dedi boshqa bir soqchi uning ustiga bostirib kelib.

U o'rnidan inqillab turib, soqchining oldiga tushdi.  Chaqqon qimirlamasa, ahvoli bundan ham battar bo'lardi.

Uni egan kaltagidan ham ko'ra, soqchilar boshlig'ining, “Firibgarni 20-kameraga joylashtiringlar” degan buyrug'i ko'proq qiynayotgandi. Chunki u kecha 5-kamera tashlangandi.

Gumonlari bu tunda tortajak azoblari ehtimolidan ham dahshatliroq tuyuldi.

U kameraga kirganda, eshik qarsillab yopilib, ilgichlari ilindi. Uning ko'zlari nimqorong'ida yaxshi ko'rmadi. Qo'lidagi paketni kimdir olgach, quloqlariga Ardasherning:

– Chiqib ketolmapsiz-da. Darrov yuvinib oling, choy qo'yaman! – degan tanish ovozi eshitildi.

 Bu joylarda sinashta odamlar bilan o'tirishning ruhiy daldasini boshiga ish tushganlar biladi. Bahrom artinib, shotaxta bo'yida o'tirdi. Qo'lidan paketni olgan yigit Ikrom ekanini payqadi.

Ardasherning gapiga qaraganda, 5-kamerani dezinfeksiya qilgan edilar. Abdulla go'yoki qandaydir yuqumli kasallikdan vafot etiptiymish.  Shundan so'ngra vazirlik erto'lasidan olib kelingan mahbuslarni ko'zdan yashirish uchun boshqa joyga ko'chiripdilar. Kamerada kechagilardan Ardasher bilan Ikrom qolgandi, xolos. Ketganlarning o'rniga uchta mahbus qo'shilgandi.

Oltovlon dasturxon bo'yida borini baham ko'rdi. Mahbuslar tag'in Bahromning chuv tushganini eshitib, qo'yarda-qo'ymay unga birovi sovun, birovi pasta, erta-indin chiqishiga ishongan Ardasher sochig'i bilan ishlatilmagan tish cho'tkasini berdi.

U oyoqlarini cho'zmoqchi bo'lgan edi, egan tayoqlari asorati butun vujudini zirqiratib yubordi. Eplay olmagach, qiyshayiproq o'tirdi.

– Og'riqlar hali bir haftagacha bezovta qiladi! – dedi Ardasher. – Bardam bo'lavering.

Boshqalar tortgan azoblar oldida o'ziniki holvaligini biladigan Bahrom:

– Shu bilan qutulsam go'rga edi! – dedi nolimayotganini bildirib.

– Endi sizni ortiq qiynashmaydi! – dedi Ardasher. – Qamoqqa olishga ruxsat tegdimi, ertalab Toshturmaga olib ketishadi.

– Ertaga shanba emasmi? – dedi u.

– Toshturma yakshanba va dushanbadan boshqa kunlarda mahbuslarni qabul qilaveradi! – dedi Ardasher uning ko'nglini xotirjam qilish uchun.

Bahrom ikki kun ichidayoq tinimsiz tahqirlashlar va kaltaklashlardan to'yib bo'lgandi. Haligacha uni sarosimaga solayotgan soqchining ogohlantirishi sho'rlikni ruhiy jihatdan adoyi tamom etdi. Nozik pallada u kimga ishonishni bilmay qoldi. Bir narsa aniq edi. Uni pul uchun tuzoqqa tushirgan kimsalarning barchalari bitta to'daga uyushgan jinoyatchilar edilar. Taxminicha, o'zini jiddiy tutayotgan bosh tergovchi Jamshid ishni nazorat ostida ushlardi. Advokat chalg'ituvchi maqomdagi eng asosiy shaxs edi. U arzimagan choychaqaga kasbiy faoliyatini erga urayotgan edi. Bu bilan nochor ahvoli o'nglanib, boyib ketmasligini u xayoliga ham keltirmasdi. Uning ustidagi yangi kastum-shimi va bo'ynidagi qimmatbaho galustugidan boshqa orttirgan boyligi yo'qligini, kirdan sarg'aygan tishlari va ovqatni eshitganda liqillab turadigan tomog'idagi tugunchasi so'zsiz so'zlardi. U halol ishlaganda, hozirgi ahvolidan bir necha barobar yaxshiroq yashashini tasavvur eta olmasdi. Bundan egrilikni kasb qilgan kimsaning hech qachon biri ikki bo'lmasligini, fe'lida nuqsoni bor kimsa asosiga qo'yilgan birinchi g'ishtning qiyshiq bosilganligini ilg'ash mumkin edi. Melis bilan tuman milliy xavfsizlik xodimi Sherzod esa, bitta katakdan tovuq ovlab yurgan ikkita shog'ol edilar. Ikkalalari ham boshliqlari xohish-irodasi bilan bitta ipga tizilgandi. Ularning o'g'irligi ham, to'g'irligi ham boshliqlari shamasi bilan amalga oshardi. Tuman milliy xavfsizligi boshlig'i, ikki shog'ol qo'lidan em emaganda, Bahromni deb prokuraturaga kelmasdi. Uning o'n besh ming dollardan xabari bo'lmagan bo'lishi mumkin esa-da, bundan uning xodimi Sherzodning xabari bor edi. Bu ushbu rejaning bosh tergovchi g'oyasi asosida rejalashtirilganligini mantiqan oqlardi. O'n besh ming dollarni eb ketmoqni ko'zlagan uyushgan guruh milliy xavfsizlik boshlig'i qo'li bilan muammoni osongina hal etishga uringandi. Bahromning gunohsizligi isbotlanganda ham, milliy xavfsizlik boshlig'ining tomog'i yog'lanmasa, uning jon kuydirmasligini bilgan uyushgan guruh a'zolari chiqmagan jondan umid zaylida ish tutgan edilar. Ular Bahromning qutulib chiqishini ham, ayni vaqtda, barcha pullarning o'zlarida qolishini ham istardilar. Milliy xavfsizlik boshlig'i, ishni insof nuqtai nazaridan oydinlashtirganda ham, yuqorisidagilarga bir nima uzatmasa, uning xolisligiga hech kim ishonmasdi. U Melisning sa'y-harakati bilan oyog'ini cho'zgan bo'lsa-da, aslida ishning ijobiy hal qilinmasligidan ko'proq manfaatdor bo'lgandi. U Melis bilan Sherzodning qozonida bo'tqa pishirib o'rgangani bois, burnini balchiqqa tiqqandi. Bir tutqun taqdiridan ko'ra u uchun Melis bilan Sherzodning so'zi erda qolmasligi ahamiyatliroq edi. Nazaricha, tutqun og'zidan chiqqan “soxta” iborasi uchun 159-moddani qo'llab, uni konstitutsion tuzumga qarshi deb qamatmagani Melisning yuzi xotiri uchun edi.

Xullas, qarmoqqa xo'rak ilmasdan baliq ovlamoqchi bo'lgan bosh tergovchi berilgan pulni o'zlashtirish uchun hech narsadan qaytmaydigan ko'rinardi. Ko'raverib ko'zlari pishib ketgan prokuror bilan tuman milliy xavfsizligi boshlig'i, kosa ostidagi nim kosani ko'rmagan bo'lsa ham, uning ichida nima bo'lishi mumkinligini tasavvur eta olardi. Prokuror ish echimini qonun doirasida hal etganda ham, manfaati qondirilmagan shahar prokurori uning pora olmaganiga o'lib qolsa ishonmasdi.

Eshik ikki marta ochilib, ikki marta yopildi. Ikki martasida ham yangi tutqunlarni olib chiqdilar. O'zini olib ketishlarini kutayotgan Bahrom, tozi og'zidan zo'rg'a qutulib qolgan quyonday, devorga peshonasini bosib, har gal titragancha qolaverdi.

– Og'a, xovotir olmiyin yotaversangiza. Indi, siza dayavermasalar garak. Oljakingizi olib bo'ldingiza! – dedi uning qaltirayotganini sezgan Ikrom.

– Xavotir olayotganim yo'q! – dedi Bahrom. – Negadir, yuragim bezovta bo'lyapti.

– Xovotir olg'anigiz shu-da, og'a! – dedi u. – Yana nishetjaksiz?

– Aqli-hushi joyida odam xavotir olmay iloji yo'q! – deya Ardasher gapga qo'shildi. – Bularning pastkashliklarini Stalinning Beriya boshliq kallakesarlar to'dasi bilan Gitlerning gestaposi ham qilolmagan. Bu dunyoda aybsiz odamning o'zi yo'q. Nima bo'lganda ham, odamlarni bu darajada er bilan toptash qolipga sig'maydigan ish. Kun kelib, kimlardir bu qatag'onlar uchun javob beradilar. Ammo qiynoqlardan mayib-majruh bo'lganlarga nima naf? O'lib ketganlar u dunyodan qaytib kelmaydilar. Mamlakat urush holatida emas, tashqaridan jiddiy xavf-xatar yo'q. Nima uchun rahbarlar o'z xalqidan bunchalik qo'rqadilar? Afg'onistonga o'xshab, mamlakat boshiga kulfat tushsa, yurtni kim himoya etadi? Xalq hukumatga ishonmaydi-ku!

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube