O’zbekiston Xalq Harakati

Boboy, tikucharda uchib ko'rganmisan?

Boboy, tikucharda uchib ko'rganmisan?
05 Kasım 2016 - 7:00 'da yuklandi va 3156 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(32-qism)

Eshik uchinchi marta sharaqlab ochildi. Ardasherning so'zi og'zida qoldi. Birinchi soqchi eshikni lang ochishi bilan ikkinchi soqchi eshikdan to'g'ri bo'lib, qo'lidagi qog'ozga qarab:

– Qurbonov Bahrom. Firibgar! – dedi.

Bahrom:

– Men! – degan edi, soqchi:

– Chiq bu yoqqa! – dedi.

Bahrom liftda yuqorigi qavatga ko'tarilib borardi. Azizning ertalabki so'zlari bilan qo'riqchining ogohlantirishi quloqlari ostida jaranglayotgani bois, u lift ovozini eshitmasdi.

– Firibgar, yiqqan pullaringni qaerga yashirding? – deya tezkor vakil borguncha uning ketiga tepib bordi.

Berilajak qiynoqlar dahshati uning shuurini muzlatib, vujudini karaxt qilib qo'ygandi.

Xonaga kirishi bilanoq qozoqbashara xodim Bahromning qorniga musht urib, uni polga ag'dardi. U nafas rostlashga ulgurmasdan, ikki kimsa oyoqlari va qo'llaridan ushlab, shiftga otdi. Qaytib tushganda, ichidan bir nima uzilib ketganday bo'ldi. Bu holat kamida besh-olti marta takrorlandi. Keyin uning loshini qop kabi bir chekkaga irg'itdilar.

Kirib kelgan boshqa bir mahbus uning joniga ora kirgandi.

Bechoraning boshida osmon, oyog'i ostida er aylanayotgandek edi. Bo'g'ziga tiqilgan ichakchavog'i og'zidan otilib ketguday bo'lardi. Qo'llari kishanlanganidan, butun ixtiyorini raqibga berishga majbur bo'lib, o'zini himoya etishga imkon qolmadi. Qarshilik ko'rsatish mast buqaning qozig'ini sug'urishdek gap edi. Ularning eshikdan kirishi bilan qo'qqisdan quturgan itday o'zi ustiga tashlanishi uni sarosimaga solgandi.

– Voy, o'lmasam! – dedi kirib kelgan kimsani shiftga otganlarida. – Soqolim oqini hurmat qilinglar, ichakalarim uziladi. Qovurg'amni sindirib qo'yasizlar

– Boboy, tikucharda uchib ko'rganmisan?

– Yo'-o'-o'q, bo-olam!

Ana, uchyapsiz!

– Vo-oy!

Yumaloq yostiq bo'lgan cholni Bahromning ustiga otib yubordilar.

Shunda dahlizdan kirgan xodim:

– Boshliq oldiga kirarkansizlar! – dedida, orqasiga qaytdi.

Bunday paytlarda shunchaki chaqirilmasliklarini yaxshi biladigan xodimlar Bahromning qo'lidagi kishan bilan chol ikkalovini isitkichga bog'lab, chiqib ketdilar.

Ko'ngil aynashi ancha tinib, ko'zlariga yorug'lik ina boshlagan Bahrom chol bilan bitta kishanga kishanlanganini payqadi. Chol, tamshanib, havo kapalardi. Bo'lavermagach, ko'zlarini chirt yumib, boshini Bahromning pinjiga tiqdi. Oppoq soqoli ko'ksiga tushgan cholning yosh boladay suykalishidan xijolat tortgan Bahrom uning boshini bilagi bilan nari surmoqchi bo'ldi. U esa battar yopishdi

– O'lib qolaman! Chidolmayman, chidolmayman! – dedi og'zidan pivo ko'pigiga o'xshash qon sizganda.

Bahrom amallab uning kamzuli barini tortib, og'zini artdi. Uning oppoq soqoliga qizil dog'lar qo'ndi. Har o'qchiganda ko'zlari xonasidan chiqay derdi.

– Siz ham masjiddanmisiz? – dedi chol ilkisdan ingrab.

Bahromning pinjiga uning issiq nafasi ufurdi.

– Ha, masjiddanman! – dedi Bahrom uning nima uchun so'rayotganini bilish uchun.

U shu bitta iborada dardlar kaliti boriligini darrov anglagandi.

– Sizni ham shunga olib kelishdimi?

Ha, shunaqa shekilli!

Chol, o'zining iqroriga ko'ra, mirshablarning dindorlar ichidagi xufiyasi edi. U masjidda uzoq yillar faoliyat yurgizgan. Ixlosi zo'r, halol kimsa sifatida jamoa hurmatini qozongan. Voqealarni oqizmay-tomizmay etkazib turgani uchun mirshablar oldida ham hurmat-e'tiborga sazovor bo'lgan. Xizmatlari evaziga iqtisodiy dalda olgan. Qarib, ishlashga qurbi etmaydigan bo'lganda, unga munosabat o'zgargan. U yaxshi ishlamagach, ma'lumotlar birinchi bo'lib mirshabxonaga tushmasdan, milliy xavfsizlikka etib boradigan bo'lgan. Bundan jahli chiqqan boshqarma boshlig'i tezkor vakilga uning aqlini kiritib qo'yishni buyurgan.

Bundan tashqari, cholning tili qisiq joyi borga o'xshardi. Chunki u O'sha paytda qamalib chiqsam, boshimga bu ko'rguliklar tushmasdi, deya nimagadir shama qildi.

Gapirib yuragini bo'shatgan chol, og'zidan oqayotgan qon aralash so'lagini kamzuli bari bilan bu safar o'zi artdi. 

Dahlizdan bo'kirgan ovoz eshtildi. Eshik zarb bilan ochilib, o'n chog'li mirshab bir mahbusni sudraklab xonaga olib kirdi. Qo'l va oyoqlari kishanlangan mahbus arslondek quturib, mirshablarga kuch bermasdi. Uni sholto'qmoqlar bilan urib, kursiga o'tirg'izdilar.

– O'zbek degan bir millatni dunyo ko'zi oldida qulga aylantirdilaring! – derdi u. – Sharmandayu sharmisor etdilaring. Birortangda or-nomus, hamiyat degan narsa qolmagan. Pulga xotinlaringiz bilan qizlaringizni ham sotasizlar. Davlatchilikdan yiroq, siyosat va iqtisod nimaligini tushunmagan nodonlar. Erkaklarni tig'siz pichtinglar, o'zbek ayollarini yoppasiga fohishalikka majburladinglar. Mard bo'lsangiz, qo'limni echinglar. Baring bilan bir yo'la mushtlashaman. Qo'rqoqlar, ifloslar Haromdan bola boqib, uy-ro'zg'or tebratgandan ko'ra o'lganlaring afzal emasmi?!

 Shunda bir mirshab sholto'qmoq bilan mahbusning boshiga tushirib qoldi. Uning og'zidan sharillab qon otildi. U tupurgandi, tishlari polga to'kildi.  

Kimdir mahbusni urgan mirshabga:

– Hurmatli boshliq, qon chiqadigan joyiga urmang, iltimos! – dedi

– Bu jinni bo'lsa, men undan o'tgan jinniman! – dedi u. – Haqoratlarini eshitmayapsizlarmi?

– Eshitib turipmiz! – dedi u. – Biror joyi ko'karmasin. Yuqoridan shunaqa buyruq bo'lgan. Bo'lmasa, bu iflosni pora-pora etib, yirtib tashlasak, bizdan ketardi.

– Men shu erlarda o'lsam, baxting! dedi o'zini urgan mirshabga tiklanib mahbus. – Chiqsam, avval, o'g'illaring bilan qizlaringni …man, ketidan, pagoningni tishlatib qo'yib, o'zing bilan xotiningni …manda, keyin, butun oilangdagilarni uyjoying bilan qo'shib, yoqib yuboraman!

U bu so'zlarni favqulodda bir vajohat bilan aytdi. Mahbus tasvirlab bergan hodisa xuddi shu topda, o'zlarining ko'z o'ngida ro'y berayotganday, mirshablar bir muddat vahimadan qotib qoldilar. Uni urgan mirshabning tili kalimaga kelmay qoldi. Boshqalarining ham popuklari pasayib, dovdiray boshladilar.

– Shuhrat, behudaga o'zingni qiynab nima qilasan? – dedi mirshablarning unvoni yuqorisi. Qo'yilgan ayblarni tan olib, qog'ozga qo'l qo'yib ber, olam guliston. Bu ayblov bilan qamashmaydi. Katta ketsa, Qozog'istoningga badarg'a qilib yuborishadi. Besh yil bu yoqqa kirolmaysan, shu ham muammomi?

Oxirigacha tinglagan Shuhrat uning ko'zlariga bir nafas tik boqib turib:

Haqiqat borligiga ishonasanmi? – dedi.

– Albatta, ishonaman! – dedi u.

Halol mehnat qilib, halol eb-ichib, halol ro'zg'or tebratishni istaysanmi?

– Men shunday ham, halol mehnat qilib, halol eb-ichib, halol ro'zg'or tebratayotgan odamman!

– Gaplaring chin bo'lsa, nima uchun etmagan aybimga iqror qilishga tirishasan? Bu ishlarga aloqam yo'qligini yaxshi bilib turipsan-ku

– Ayblovlarni men o'ylab topmaganman-ku! – dedi u. – Barchasini bir qorindan talashib tushgan akang yozib bergan. Begona bo'lganda ham, boshqa gap edi. Akang tuhmatga borib, vijdonini eb qo'ymagandir.

Senlar bilan payg'ambar hamtovoq bo'lsa, u ham ig'vogarga aylangan bo'lardi. Akam kim bo'lipti? U ham bilib-bilmasdan tuzoqlaringga ilinganlardan biri. Sizlar millatni, dinni tan olmagandan keyin, imon va e'tiqod haqida gapirib nima qilasizlar?

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube