O’zbekiston Xalq Harakati

Shol bo'lib bo'shashgan mahbus o'zini tashlab yubordi

Shol bo'lib bo'shashgan mahbus o'zini tashlab yubordi
07 Kasım 2016 - 8:00 'da yuklandi va 3786 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(33-qism)

Boshliq yaxshilik bilan ish bitmasligini anglagach, chekkada turgan ikkita mirshabga sirli qaradi. Ular yon tomonlarida turgan sumka og'zini ochib, ichidan bir quti chiqardilar. Qolganlar kutilmagan hamla bilan mahbusning ustiga yoprilib, butun gavdasini arqon bilan o'rab bog'ladilar. U mirshablarni boloxonador qilib so'kishni boshlaganda, qon oqib turgan og'ziga bir parcha lattani tiqib, ovozini o'chirdilar. Ikki mirshab qutidan chiqqan simlarning qisqichlarini mahbusning ko'kraklari uchiga ilib, buyruq kuta boshladilar. Vaqt borida aqlingni yig', deganday, boshliq mahbusga termuldi. Ko'zlaridagi g'azab uchqunlarini ko'rgach, qo'l silkib, boshlang degan ishorani berdi.

Biri qutiga o'rnatilgan dastakni tikuv mashinasi kabi aylantira boshladi. Og'ziga latta tiqilgan mahbusning ko'zlari katta-katta bo'lib ketdi, tusi ko'k-qora rangga kirib, qaltirashga tushdi. U kuchanganda vujudiga o'ralgan arqonni go'yo uzmoqchidek mushaklari bo'rtib chiqdi. Mirshablar qo'rqqanlaridan ortga tisarildilar.

Chol hayratdan barmoq tishlab, qum to'kilgan supada tuproq o'ynayotgan boladay, oyoqlarini cho'zib olgandi. Ko'z yoshlari qurigan Bahrom esa ich-ichidan yig'lardi. Chol tag'in ko'zlarini chirt yumib, uning pinjiga boshini tiqdi. Tosh qotgan Bahrom qo'llari cholning boshini silay boshlaganini sezmadi.

Shol bo'lib bo'shashgan mahbus o'zini tashlab yubordi. Shunda murvatni burayotgan mirshab ham ishni to'xtatdi. Boshqasi uning og'zidagi lattasini tortib, yuziga muzday suv urdi. U o'ziga kelib, atrofga madorsiz nazar soldi.

– Sodir etgan jinoyatingga iqrormisan? – dedi boshliq.

Uning ko'zlari suzilib, lablari shivirladi:

– Tiriklayin teringni shilib, seni qiymalagichdan o'tqazamanda, etingni itlarga ediraman

Dahshatdan haykalday qotib qolgan Bahrom ustida kelib to'xtagan soyani sezmagandi. Elkasiga kimdir turtganda, boshini tiklab, tepasida turgan Farhodni ko'rdi.

Firibgar, ismi-sharifing kim edi? – so'radi u.

– Qurbonov Bahrom!

– Bu erda nima qilyapsan?

– Olib kelishdi, o'tiripman!

Farhod qozoqbashara xodimni chekkaga tortib, unga bir nimalar deya pichirladi. Bahromning quloqlariga Jalolning nomi chalachulpa chalingach, qozoqbashara xodimning Kandiyor Kajalievni yo'qlaganini aniq eshitdi. U barcha ko'rguliklar zamirini lahzalar ichida anglab, ustiga osmon ag'darildi. Tushkunlik ko'lankasi bulutdek bosib, ruhiy olamini vayron etdi. Qozoqbashara xodimni ko'ndira olmagach, Farhod borib boshliqning qulog'iga pichirladi. U orqasiga aylanib, Bahromga boqarkan, sheriklariga:

– Bir oz dam olamiz! – dedi.

Og'zidan qon sizayotgan mahbus hali o'ziga kelmagandi. Favqulodda holatlarda ishga kirishadigan to'rtbesh mirshab u xususida suhbatlashib qoldi. Ularning gurungidan Bahrom o'z savollariga javob izlardi.

Chiqib ketgan Farhod birpas o'tib, xonaga Damongirni boshlab kirib keldi. O'zaro suhbatlashayotgan mirshablar uni ko'rib, o'zlarini yig'ishtirib oldilar. Damongir Bahromni olib chiqqan xodimga:

– Hoziroq firibgarni kameraga olib borib tashla! – dediyu, atrofiga bir ko'z yugurtirib, qaytib xonadan chiqib ketdi.

Farhod qozoqbashara xodimga, ajab qildimmi, deganday nazar tashlab, uning orqasidan ergashdi.

Bahrom kameraga kirishi bilan Ardasher bilan Ikrom uni qarshi oldi.

– Xudobezorilar rosa qiynadilarmi? Padarlariga ming la'nat! – dedi tishinitishiga qo'yib charchagan Ardasher.

– Og'a, hich joyigiz og'rivotirg'ani yo'qmi? – so'radi Ikrom.

Kamerada Ardasher bilan Ikromdan bo'lak hech kim qolmagandi.

– Meni hech kim urmadi. Ammo kaltaklaganlarida, bu qadar qiynalmagan bo'lardim! – dedi Bahrom.

U qaynoq choy ichib, biroz o'ziga kelgach, sodir bo'lgan voqeani hikoya qilib berdi. Shuhratni o'n yildan buyon tanishini aytgan Ardasher u haqda bilganlarini so'yladi.

Mahbuslar mizg'ish uchun oyoq cho'zganlarida, soat tongi to'rtdan o'tgandi. Avval Ikrom, so'ngra Ardasher pishillab uxlab qoldi. Ko'rgankechirganlarini unuta olmayotgan Bahromning hushi joyidamasdi. Ko'p narsaning tagiga etgani bois, bir tarafdan ko'ngli taskin topgan bo'lsa, ikkinchi tarafdan, ko'p narsani tushunolmayotganligi uni iztirobga solayotgandi. Jalolning ta'siri tufayli qiynoqlardan qutuldi. Bu hech qachon hurmat ko'zi bilan boqmagan insoniga nisbatan ehtirom tuyg'usini uyg'otdi. O'la-o'lgunicha undan minnatdor bo'lsa arzirdi. Uni qiynayotgan yana bir narsa Kandiyorning o'zini orqasidan ovlayotgani edi. Uning yonida Melisning borligi, kurakka sanchilgan xanjardek, uning yuragini siqardi.

Bahrom bir yil oldin qamalgan jinoiy sherigi – Nozima Munis bilan u Toshturmadaligida xat orqali xabarlashib turardi. U xatida bir qozoq tergovchining Bahrom bilan qattiq qiziqqanini yozgandi. O'ylab qarasa, Kandiyor unga boshdan tish qayragan. Ma'lum bo'lishicha, Melisning andishaning otini qo'rqoq qo'yishida ham uning yaxshigina xizmati bor. U yana, Kandiyor ta'kidlagandek, qozoq mirshablardan tuzilgan guruh borligini o'z ko'zlari bilan ko'rdi. Demak, uning Qozog'istondagi yashirin firmalarning xavfsizlik tashkilotlari bilan norasmiy aloqalari borligi xususidagi so'zlarida ham jon bor edi. Uning so'zlariga ko'ra, 159modda bilan ayblangan mahkumlarni xavfsizlik tashkilotlari o'sha firmalarga sotardi. Qozog'iston cho'lidagi odamlarni ayovsiz ishlatadigan o'sha nuqtadan eng yaqin ovulgacha uch yuz chaqirim kelardi. U yoqqa tushgan kimsaning ismi o'zgartirilar, vaqt o'tishi bilan u o'zining kimligini unutib yuborardi. Niqoblangan o'sha mudhish nuqtani fazodan kuzatishning ham iloji yo'q deyishardi. Qochgan mahkumlarni yirtqichlar eb bitirardi.

Shuhratning suvratini u ko'z oldiga keltirar ekan, uning qo'rqmas va jasurligini eslab, o'zining ojiz va notovonligini tasavvur etdi.

Ardasherning aytishicha, Shuhrat chimkentlik bo'lib, chegaraning har ikki tomonida anchayin taniqli edi. U o'zbek bo'lsa ham, qozoqlar bilan o'sgani uchun ruhi ozod, qomati durkun, erga ursa, osmonga sapchiydigan eski o'zbeklarga o'xshardi.

Turkiston bir butun bo'lsa ham,  Rusiya tarafidan parchalanib, yillar davomida mintaqa xalqlari ruhiyati har xil mezonlarda shakllantirildi. Sovet hokimiyati, har bir respublikaga alohida nuqtai nazardan munosabatda siyosat yurgizgani bois, ildizlari bitta xalqlar tafovutlarga uchradilar. Doimiy bosim, qattiq nazorat va surunkali qatag'onlar ostida, og'ir mehnatga jalb etilgan markaziy turkistonliklar – egiluvchan, boshliqlar ko'ngliga qarab qadam tashlaydigan, sharoitdan kelib chiqib ish ko'radigan, milliy hissiyotlarni yuzaga chiqarishdan hayiqadigan toifaga aylanib qoldilar. Chaqilmagan, nisbatan erkin shimolliklar – ajdodlar ruhiyatini shuurlarida ozroq saqlab qolishga erishgan bo'lsalar-da, yaxshi udumlarning ko'pidan mosuvo bo'ldilar. Shu sabab, Turon kengliklarida sochilib ketgan o'zbeklar ruhiyati boshqalarnikiga solishtirilsa, unisiniki bunisinikiga yaqin yo'lamaydi. Shuhratni ko'rgan Bahrom ham, uni oydan tushgan o'zbeklardan bo'lsa kerak, deb o'yladi. U sof o'zbek tilida fikrlarini ifoda etsa ham, so'zlaridan yaltoqlanish ohangi sezilmasdi. Haq-huquqini qa'tiy talab qilishi, hamiyati zo'rligi, yovqurligi va xatarni pisand etmasligi markaziy turkistonliklarnikiga sira o'xshamasdi. Uning sodir etgan jinoyati ikkinchi darajali bo'lib, mirshablarga yoqmagan narsa uning qaysarligi, o'z qadri uchun talashayotgani edi. U boshqa bir millatga mansub bo'lib, qonunlar oldiga yuqoridagi talablarni qo'yganda, mirshablarning jahllari chiqmasdi. Qonli tuzum gumashtalari, o'zbek qay bir mamlakat fuqarosi bo'lmasin, qay toifaga mansub bo'lmasin, uni o'z shaxsiy molxonalaridagi sigirlarning tagini tozalab yuradigan hammol deb biladilar. Qizig'i shundaki, Shuhratni qiynoqlarga solib, bo'yniga jinoyat ilmoqchi bo'lganlarning barchalari qozoq edi. Ularda qozoq degan yorliqlari bo'lgani bilan sifatlari o'zbeklarnikidan qilcha farqlanmasdi.

Bahrom Otashqul shayton Sultonmurodga ta'riflab bergan shahar boshqarmasi qiynoqxona”sining bittasini kecha ko'rgan bo'lsa, ikkinchisini bugun ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Otashqul shaytonning iqroriga ko'ra, ikkinchi qiynoqxonada qozoqlar ish olib borardi. Poytaxt atrofini Qozog'iston chegaralari o'rab olgani uchun, sharoit shuni taqazo etardi.  Guruh tashkil etilishida prezidentning shaxsan o'zi jonbozlik ko'rsatgan bo'lsa, ajab emas. Maqsad qo'shni mamlakatdagi o'zbek millatiga mansub kishilar ichidan chiqqan kuchli shaxslarning boshlarini majaqlash va ularning Ozodlik haqida qo'shiq kuylab, millatdoshlarini uyg'otib yubormasliklari uchun siyosiy barrikadada turish edi. Melisning so'ziga qaraganda, qozoq guruhi boshida qozoq millatiga mansub To'sinxon turardi. U mustaqillik va ozodlik uchun ko'chalarga chiqqan kimsalarga qarshi jarayonlarda kommunistlar tomonida turib kurashgandi. Shu bois, prezident nazariga tushib, ishonchli kimsalar sirasiga kirgandi. 1989 90 yillarda shahar boshqarmasi o'rinbosari bo'lib ishlagan To'sinxon haligacha mansab pillapoyalaridan yuqorilab kelayotgandi. Kandiyor ham o'z millatdoshlari kabi uning himoyasi ostida edi. Hatto uning yoshi nafaqaga chiqishni taqazo qilsa ham, u hamon rahbarlik lavozimida edi. Melis, “To'sinxon nafaqaga chiqmasa, Kandiyorni hech kim nafaqaga chiqara olmaydi”, deyardi. To'sinxon qaysidir maktabning bir qismiga hashamatli uy qurgandi. Ota-onalar ustidan arz qilib, prezidentga yozgandilar. Prezident sal o'tib, xavfsizlik tashkilotlari qo'li bilan arizachilarning o'zlarini jazoladi. Buni ko'pchilik eslardi. Oradan bir oz vaqt o'tib, maktab hovlisining yana bir qismiga “Parizod” guruhi xonandasi Rashidxon uy qurib oldi. Og'zi kuygan ota-onalar bu safar damlarini ichlariga yutdilar. Melisdan bu gaplarni eshitgan Bahrom, Bir kun keladi. To'sinxonning ham, “Parizod”ning ham uyini xalq buzib, maktabni eski holiga keltiradi”, deganda, Melis, Endi hech qachon bunday voqea sodir bo'lmaydi”, deb javob qaytargandi. Bahrom, Mamlakat istiqloli ham, istiqboli ham maktab partasidan boshlanadi. Yo'qsa, qaroqchilar to'dasidan maktabini himoya qilolmagan millat hech qachonda ozodlikka erisha olmaydi. Adolatli qonunlarga asoslangan, kuchli fuqaroviy jamiyat qura olmaydi”, deb Melisning ko'zini ochib qo'ymoqchi bo'ldi. Melis, Bu gapingizga qo'shilaman”, deya o'shanda mavzuga nuqta qo'ygan edi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • asad ;

    Bu aytib utilgan kora kuti aslida xarbiylarga tegishli ta-57 dala telefon apparati buladi

    07/11/2016 13:59
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube