O’zbekiston Xalq Harakati

Xulosa yasash lozim bo'lganda, xulosa yasamaslik ham, aslida, xulosa

Xulosa yasash lozim bo'lganda, xulosa yasamaslik ham, aslida, xulosa
09 Kasım 2016 - 6:00 'da yuklandi va 3239 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(34-qism)

Yigirma birinchi bob

12 may. Odatdagidek, Azizni maxsus katalakka tiqdilar. Bahrom ikkovi chiqayotganda, bir-birlarini ko'rgan bo'lsalar-da, yashirin imo-ishoralardan nari o'tolmadilar. Yo'lchi mashina Toshturma tomon siljidi.

Uzil-kesil qamoqni bo'yniga olgan Bahrom shaklsiz jamiyatdagi… shaklsiz odamlarning… shaklsiz qilmishlarini… “mavhumot” deb o'yladi. Miyasiga kelgan bu fikr ko'zlari bilan ko'rib, quloqlari bilan eshitgan voqe-hodisalar asosida tug'ildi. Jamiyatdagi jaholat ildizlari, rahnamolar fe'lidagi yuholik soxtalik va yolg'onlardan o'sib rivojlangandi. Illatlar o'zagini yo'lboshchilar o'z yuraklari ostida ko'z qorachug'laridek asrardilar. Xulosa yasash lozim bo'lganda, xulosa yasamaslik ham, aslida, xulosa edi. Bu shaxsning yoxud jamiyatning inqirozidan darak berardi. Shu bois Bahrom har bir narsa mohiyatini idrok etish va xulosa chiqarishdan, xatolari boshini izlardi. Biroq u qidirganini topa olmayotgandi. Shakllanayotgan ongning shaklsiz hodisalardan mazmun kasb etishga tirishishi balki qalb isyonidir. Yoxud ojizligidir. O'zgacha bo'lishi ham mumkin edi…

Mashina Toshturmaning baland devorlari soyasida motorini o'chirdi. Tamaki tutuniga to'la mashina ichida o'n to'rtta mahbus bor edi. Temir darvozaning damo-dam ochilib-yopilishidan navbat kutish zarurligi anglashinardi. Quyoshning kuydirguvchi nurlaridan mashina ichi yonay der, quyuq tutunda mahbuslar bir-birlarini zo'rg'a ko'rardilar. Shunda Azizning Bahromni chaqirayotgan ovozi eshitildi. U javob qaytarish uchun og'zini juftlaganda, ko'rinmas bir qo'l tomog'idan xippa bo'g'ganday, nafasi ichiga qaytdi. So'ngra Aziz har qancha chaqirmasin, sochiq bilan og'zini to'sgach, u “miq” etmadi. Motor har ikki-uch daqiqada o't olib, oldinga besh-o'n qadam siljirdi-da, tag'in o'chardi. Bu hol qirq besh daqiqaga yaqin davom etdi. Bir payt mashina birinchi darvozadan ichkariga kirdi. Shu zahoti darvoza qaytib yopildi. Ichkarida ham tashqaridagi singari baland devor va temir darvoza bor edi. Mahbuslarni topshirish uchun o'nga yaqin mashina navbat poylardi. Qo'riqchilar mashina eshigini lang ochib qo'ydilar. Oldda o'tirganlarga kichkina hovlidagi narsalar ko'rinib qoldi. Gupurib kirgan toza havodan huzurlanib nafas olgan Bahrom boshini orqaga tashladi. U ko'zlarini ochishni hech ham istamasdi. Ajdarhodek olov purkayotgan quyosh hovuridan cho'g'ga aylangan mashina devori, ensasini kuydirganda, ko'zlari ochilib ketdi. Hayvonot bog'ida bolalar g'uj-g'uj bo'lib, maymunlarni tomosha qilish uchun panjaraga qanday yopishsalar, mahbuslar ham bir-birlari ustidan bosib, hovliga shunday boqardilar. Yigirma daqiqalar o'tib, qo'riqchilar panjara qulflarini echa boshladilar.

Birinchi Azizning nomi o'qildi. Kishandan qo'llarini bo'shatgan Aziz tushishga chog'lanayotib:

– Omadingizni bersin, Qurbonov, endi ko'chada uchrashamiz! – deya pastga sakradi.

 Inchunin, Bahrom qamoqdan qutulib chiqquncha ham uni qaytib ko'rmadi.

O'n uchta mahbus baland ayvon ostida devorga qarab, cho'nqayib o'tirardi. Toshturma mirshablari shahar boshqarmasi mirshablaridan har bir mahbusni nishona asosida, bitta-bittalab, yoriq-yirtig'ini tekshirib qabul etdi.

Shaharliklar mahbuslarni topshirganda, nishonalar jamlangan kitoblarni qo'ltiqlab olgan sarg'imtil, ko'zlari g'ilay mirshab mahbuslarga:

– Hamalaringiz o'rinlaringizdan turib, qo'llaringizni orqangizga tutib, bu yoqqa o'girilinglar! – dedi.

Mahbuslar o'girilgach, u:

– Hech kim kasal emasmi, tutqanog'i yo'qmi? Kimning odam ko'rolmaydigan joyida yuqadigan yara-chaqasi bo'lsa, aytsin! – dedi.

Hech kim indamagach, u qiyshiq yog'du sochayotgan fara singari g'ilay ko'zlarini g'alati pirpiratib:

– Tushunarli! – deb qo'ydi. So'ngra hammaga bir-bir nazar tashlab, sekin yurib, Bahromning oldiga keldi. – Tayoq eb, ko'kargan joylari borlar, jabr ko'rganlar bo'lsa, bir qadam oldinga chiqsin!

Yana hech kimdan sado chiqmagach, Bahromga boqib:

– Nima uchun chiqmayapsan, bu gap senga taalluqli emasmi? – dedi.

Bahrom uning kulgu qistatadigan qiyshiq boqayotgan g'ilay ko'zlariga qaramaslikka harakat qilardi. U:

– Men hech kimdan jabr ko'rmadim, tayoq ham emadim! – dedi. – Mashinadan tushayotganda, qoqilib yiqildim. Burnim shunda shilindi.

Mirshab bir zamon yovqarash qilib, qotib turdi-da:

– Hech kimdan shikoyating yo'qligiga ishonching komilmi? – dedi.

G'ilay mirshab ogohlantirilganidan Bahromning gumoni yo'q edi. Tegishli joydan buyruq bo'lmaganda, uni orqasiga qaytarib yuborardilar. Uning yaralari o'n ikkita mahbusning ichki jarohatlari oldida holva edi. Qolganlarning ko'plari oyoqlarida bazo'r turardilar. Shunday bo'lgach, uning qanaqangi shikoyati bo'lishi mumkin? Bo'lganda ham, og'zidan gullab qo'yib, boshqarmaga qaytib borgach, kaltaklar ostida beajal o'lib ketish niyati yo'q edi. Shuning uchun ham hozirjavoblik bilan:

– Ishonchim komil! Birov meni urmagan bo'lsa, nima deb shikoyat qilaman? – dedi.

Javobdan mamnun g'ilay mirshab, ko'knor urug'idan to'ygan xo'rozdek, ko'krak kerib, uning boshidan oyog'igacha qarab chiqdi. U Bahromga nigoh solayotgan bo'lsa ham, ko'zlari teskari tomonga boqayotgandek edi.

– Tuzuk! – dedi u. – Joning bor, boqsa odam bo'lasan. Qaysi modda bilan qamoqqa olinding, jigar?

– 168-modda!

 G'ilay mirshabning ko'zlari aloq-jaloq bo'lib o'ynadi.

– 168-modda? Voy, firibgar-hey! Voy, muttaham-hey! Kimga devor ushlatding? O'marganlaringni qaerga ko'mding, ablah? – dedi u.

Bahrom indamasdan boshini xam qildi. Uning bu turishini uzr so'rash alomati deb tushungan mirshab, nishonalar jamlangan kitobni qattiqroq bag'riga bosib:

– Uyalmaydi-hey, beti eshak terisidan ham qalin, har baloni egurning! – deya nari ketdi. – Ichlaringizda “xafa”lar yo'qmi, ishqilib?

Oq aralash qora sochlari yoniga silliq taralgan, kastum-shimdagi yoshi bir joyga chiqqan ziyolinamo mahbus:

– Men xafaman! – deb oldinga bir qadam bosdi.

Buni ko'rgan mahbuslar taajjubga tushdilar. G'ilay mirshab oshkora burnini jiyirib, undan jirkandi. Umrida burnini jiyirgan g'ilayni ko'rmagan Bahromning ko'ngli yorishib ketdi. Mirshabning g'ijim, ammo beg'ubor basharasi – bulutlar ortidan quyosh balqqandek, qizarib, boshqalar labiga ham kulgu indi. Uning bu basharasini asrimiz Afandisi – Hojiboy Tojiboy ko'rganda, bu lavhadan katta kansert dasturi tayyorlardi.

– Sening “xafa”ligingni qo'riqchilar bilarmidilar? – deb u mahbusga g'alati boqdi.

– Ular so'ramagandan keyin, men ham indamadim! – dedi u.

Boshi qotgan g'ilay mirshab:

– Bu gapni aytishing uchun birov sendan so'rashi shart emas-ku! – dedi.  – Sen birinchi kun “xafa”ligingni bildirib qo'yishing kerak edi.

– Menga imkon berishsa, aytamanmi? – dedi jahli chiqqan mahbus.

– Menga nima uchun to'ng'illayapsan k..t! – dedi ensasi qotgan g'ilay mirshab ham.

– Menga k..t demang, og'zingizga qarab gapiring, uka! – dedi mahbus.

– K..t bo'lganingdan keyin, k..t deymanda, oliftalik qilasan! – dedi g'ilay mirshab g'azabi qo'zib. – Sholto'qmoqni ketingga tiqib, og'zingdan chiqaraman, k..t…

– Men k..t emasman! – deya mahbus axiri bo'kirib yubordi.

Mirshablar uni o'rab oldilar. Shunda hushyorrog'i:

– To'xtanglar, unga tegmanglar! – dedi.

Sheriklari unga hayron boqdilar. U mahbusdan:

– Sen kimdan xafasan? – deb so'radi.

– Shahar prokurori Bahriddin Valievdan xafaman! – dedi u. – U qamash “ruxsatnoma”sini menga nohaq berdi.

Barcha qah-qah otib kulib yubordi. Bir-ikki Bahromga o'xshash “xafa”ni tushunmaydiganlar angrayib qoldilar. Bahrom mirshablar va mahbuslarning birvarakayiga bunaqangi kulganini qaytib qamoqdan chiqquncha ham ko'rmadi. Gapning tagini anglagan g'ilay mirshab, ko'z yoshlarini artib, hayratga tushgan mahbusdan:

– Kim bo'lib ishlagansan? – deb so'radi.

– Universitetda dars berardim. Shahar prokurori Bahriddinjonni o'qishga o'zim joylaganman, qo'limda tahsil olgan! – dedi, u.

– Qaysi modda bilan aybladilar?

– 210-moddani qo'ydilar! – dedi u nihoyat, o'zidan hol so'raydigan odam topilganidan quvonib.

– Sening joying erto'lada ekan! – dedi g'ilay mirshab. – U erda seni haqiqatdan ham “xafa” qiladilar.

“Xafa” nimaligini haliyam tushunmayotgan mahbus:

– Men hech kimga yomonlik istamasam, nima uchun xafa qiladilar? – dedi.

– “Xafa” deb turmada k..tlarni aytadilar! – dedi g'ilay mirshab. – Pora bilan qo'lga tushdingmi, yiqqanlaringni qaytarasan endi. Bo'lmasa, butun tanangni ilma-teshik qiladilar, jigar.

Nima deyotganini endi ilg'agan mahbus, bexosdan peshonasini simyog'ochga urgan odam singari karaxt bo'lib qoldi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube