O’zbekiston Xalq Harakati

Katta bir mamlakatning kaftdagi ko'rinishi

Katta bir mamlakatning kaftdagi ko'rinishi
12 Kasım 2016 - 9:00 'da yuklandi va 3766 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(35-qism)

Mahbuslarni ayvonning har ikki tomonidagi katalaklarga tarqatib tashladilar. Bahrom mahbuslar liq to'la, isqirt bir katalakka tushdi. Aslida, katalaklarning hech bittasi bir-biridan avlo emasdi.

Bu erda respublikaning barcha qamoqxona va hibsxonalaridan keltirilgan mahbuslar va mahkumlarni uchratish mumkin edi. Qirq kvadrat quloch katalakda yuzga yaqin mahbus bor edi. Nina tashlasa, erga tushmasdi. Katalak burchagiga o'rnatilgan ochiq hojatxona atrofi hech nima bilan ihotalanmagan edi. Hojatxonadan tarqayotgan qo'lansa, nosoz suvuzatgich jo'mragidan shildirayotgan suv har bir mahbusga qaerdaligini eslatib turardi. Soat o'n ikkida bu joyga kirgan Bahrom o'n beshgacha tik oyoqda turaverib tinkasi quridi. Soqchilar har-har zamonda besh-olti kimsa nomini o'qib, ularni ichkaridan olib chiqardilar. Ular chiqmaslaridan, yangilari kirib kelardi. Ichkari biroz siyraklashgach, Bahrom devorga o'rnatilgan skameykada cho'zilib, oyoqlari chigalini yozdi. Bir-biriga ayqashib-uyqashib ketgan mahbuslar ovozi, arilar uyasidan chiqayotganday, g'uv-g'uv etib, bir nafas tinmasdi. Asabi qaqshagan Bahrom, ko'zlarini yumganda, qovurg'alari zirqirab og'rib, ko'zlari oldiga Musurmonning qiyofasi keldi. U mushtlarini tugib, tishlarini qisganida, shishib ketgan burni achishib, ko'zlari ochilib ketdi.

U biror mahbus bilan vaqt o'tkazish maqsadida valaqlashishni xohlamasdi. Taxminan ular nima xususida suhbatlashadi, barisi ayon edi. Qaerdansan, falonchini taniysanmi, qaysi modda bilan qamalding, qachon afv chiqarkan, degan savollar asosiy mavzu edi. O'zlari haqida gapirganda, ular qing'ir ishlarini maqtab, qahramonga aylanishni suyardilar. Yuzdan beshning besh foizicha odam risoladagiday fikrlashni va suhbatlashishni qoyillatardi. Manzara katta bir mamlakatning kaftdagi ko'rinishi edi.  Ularning holatidan  millatning kimligini fahmlash unchalik ham qiyin emasdi.

Eshik shaqirlab ochildi. Soqchi o'qiyotgan ro'yxatda uning ham nomi bor edi.

Mahbuslarni tor dahlizda devorga qaratib, cho'nqaytirib o'tqazdilar. Bir zamon, besh mahbus chiqqach, besh mahbusni ichkariga olib kirdilar. Bu xonada rasmga tushirib, barmoqlardan iz olardilar. Suratchi oq-sariq, qiyiq ko'zli bir mirshab edi. U mahbuslarni masxaralashni azbaroyi suygani bois, labi-labiga tegmasdi.

– Qaerdan bo'lasan? – deya so'radi u yosh bir mahbusdan.

– Qashqadaryodanman!

– Nima qilding?

– Qaynonamni urib, o'ldirib qo'ydim!

– Qaynonang senga nima qildi, kunta?

– Qaynonam o'ris. Qizig'ar, gapga tushunmaydi!

– “Temboli”, ruslar tez sur'atlarda bu erlarni tark etayotgan bir zamonda, siyosatni nozik tushungan odam bu ishga qo'l urmaydi! – deya suratchining zardasi qaynadi. Uning yuz-ko'zlari aynigan pomidor singari ko'pchib, qizarib ketdi. – Onangni falon qilay senlarning, Qashqadaryoning nomini qora erga bulg'adilaring. Elkasida tog'ni ko'taradigan polvonlari bisyor bir yurtda qasdlaring bormi, deyman?

Suratchi so'kishni to'xtatar-to'xtatmas, barmoqlar izini olayotgan mirshab qolgan joyidan davom etdi.

– Qaynonangni o'ldurguningcha, maza etib liqillatmaysanmi? U yog'idan kirib, bu yog'idan chiqib, amallab, uyini nomingga o'tkazmaysanmi?  Kuching ko'p bo'lsa, bankni o'mar, mirshablar boshlig'ining boshini kes, prokurorni garovga olib, haromdan yiqqan pullarini tortib ol. Oloy bozoriga bozorkom bo'l, Otchopar bozori bilan O'rikzorni Qashqadaryoga ko'chirib, borib, xalqqa yordam qo'lini cho'z. Salimboyvachchani tiz cho'ktirib, G'opirboyni tavbasiga tayantir, men senga rahmat aytayin! Qamal, sen bilan butun “surqash”lar faxrlansin. Shunda tog'dek bo'lib, orqangda turaman. Chunki to'rt-besh so'm yiqqan puling bo'ladi. “Ota”ning tagi Qashqadaryodanligini bilasanmi? U chandir arablardan, kunta. Etimxonada o'sgani uchun uni samarqanlik deb o'ylaydilar. Ona – qop, ota – sof. Xo'ja- ilg'orning chashmasidan to'yib ichmagan kampir, pari bo'lsa ham, qo'chqor o'g'il tug'olmaydi. Senga o'xshaganlar Amir Temur nomini rasvo qilib bo'ldi. Qaerdagi ishlarni qiladi bular?! Eshitib, “surqash”man deyishga uyalasan, odam. Lattachaynarlar…

Birinchi mahbus ikki baloyi azim changalidan qutulganda, o'rta bo'yli, boshi gavdasiga nisbatan kattaroq, jingalak sochli ikkinchi mahbusga navbat etdi.

– Qaerdansan, ho'kiz?

– To'ytepadanman!

– Nima ish qilding?

– Qo'shnimning tovug'ini o'g'irladim!

– Bu nechanchi tovuq o'g'irlashing?

– Ikkinchi marta!

Shunda fotoapparatini shotaxta ustiga qo'ygan suratchi mahbusning ikki qulog'idan ushlab, qorniga tizzasi bilan tepdi. Mahbus ikki bukilib, bo'kirib yubordi. Dod-voyiga qaramasdan, yaxshilab tepalagach:

– Uchinchi marta tovuq o'g'irlab kelsang, o'ldiraman seni! – dedi unga. – Tovuqni kambag'allar boqadi. Erkak bo'lsang, uloq chopadigan ot o'g'irla, urushadigan it o'g'irla. Barakalla, otangga rahmat, deyman!

Zo'rg'a nafas olayotgan bechora tizalarida turib:

– Endi shunday qilaman! – dedi ming'irlab.

Barmoq izlari olayotgan mirshab shunda:

– Ilonga o'xshab tovlanmasdan, rasmga tush-da, bu yoqqa kel! – dedi unga.

Baloga giriftor bo'lgan tovuq o'g'risi chetga o'tgach, navbat piyanistasifat totorga etdi. Uni rus deb o'ylagan suratchi yuvosh tortdi. Undagi o'zgalarni ko'rganda uyg'onadigan o'zbekcha yaltoqlanish, ko'z ochib, begonalar oldida tish ko'rsatadigan – jur'atni yo'qotish tutqanog'i qo'zidi. O'z tilini zo'rg'a eplayotgan galvarsning shuuriga o'zbekka tekkan, “boshqalar bilan ruscha gaplashish kerak,” degan qoloq aqida chang soldi. U o'zbekligini, qaysi tuproqda yashayotganini esidan chiqarib qo'ydi. Shunda aksar o'zbeklar kabi rus tilini yaxshi bilmasa ham, o'zga bir millat vakiliga adashib o'zbekcha gapirib qo'ysa nafsoniyati qiynalishi mumkindek, o'zini noqulay his eta boshladi. Mahbusni beg'alva rasmga tushirgach, miyig'ida tabassum bilan:

– Pajalista, maladiy chelavek! – dedi.

Barmoq izlari olayotgan mirshab, hamkasbidan o'rnak olib, mahbusni bemalol turishi uchun o'zini biroz chetga oldida:

– Blizki padayditi, pajalusta mujiki! – deb madaniyatini ko'rsatmoqchi bo'ldi.

Suratchi ro'parasida turgan to'rtinchi mahbus arman millatiga mansub, barvastadan kelgan, norg'il, o'rta yoshlardagi kimsa edi. Suratchi uning onasining boqchasida yurganday o'zini bemalol tutishini yoqtirmayotgan bo'lsa ham, ko'zlarini o'qday o'qtagani uchun ichidan zil ketgandi. U avval old tarafidan, so'ngra yon tarafidan uni rasmga oldi. Keyin barmoq izlari olayotgan hamkasbini ko'rsatib:

– Pajalista, Filoyan! – dedi.

Nazaridan hech bir narsani qochirmay, kuzatib turgan mahbus miyig'ida kulib,  o'zbekchada:

– Salomat bo'ling, hurmatli komandir! – dedi unga.

Uning sof o'zbek tilidagi to'kis va ravon talaffuzidan hayratlangan suratchi, o'zga sayyoralik bilan to'qnash kelganday, qotib qoldi. Hamkasbining tilini tishlaganini ko'rgan barmoqlar izini olayotgan mirshab, har narsadan hayratga tushavermasligini namoyish etish uchun mahbusga o'ktam boqib:

– Blizki podayditi. Pajalusta, Pilayan aka! – dedi.

Dahlizda kuzatib turgan soqchilar hayratlarini yashirolmay:

– Qoyil! – deb yubordilar.

Bir narsa noma'lum qoldi. Ular Filoyanni olqishgan edilarmi yoki mirshabni, noayon edi.

Mirshab, ko'tarinki ruhda Filoyanning barmoq izlarini oq varaqqa tushira boshladi. Qaynonasini o'ldirgan mahbus bilan tovuq o'g'irisining hayratdan og'zi ochilib, angrayib turishi suratchiga yoqmadi.

– Og'izlaringizni yopinglar! – dedi panjalarini changak qilib. – Pashsha tushadi. Jahlim chiqmasin, yirtaman, lekin…

Suratchi qattiq chirangandan, sariqdan kelgan zahil yuzi qizarib, qiyiq ko'zlari kosasidan chiqay derdi.

Ustunligini pesh etadigan vaqt etganini sezgan barmoq izlari olayotgan mirshab hamkasbiga:

– O'zingni bos, ish deb o'lib ketmoqchimisan? Bola-chaqang bor! – deganda, uni Filoyan:

– Asabingizni asrang, komandir. Sog'ligingiz, o'zingizga kerak, birovga emas! – deya quvvatladi.

Bu o'lganning ustiga tepganday, suratchining g'azabi battar qo'zidi. Filoyanga o'shqirishga yuragi dov bermagach, u rasmga tushish uchun qarshisida taxtacha ushlab turgan Bahromga zahrini sochdi.

– Qaerdansan, eshak miya?

– Toshkentdanman!

– Talaffuzingdan Toshkentlikka o'xshamaysan. Gapirishingga qaraganda, Xorazmdan kelib qolgansan, shekilli?

– To'rtko'lda tug'ilganman!

– Ha-a, tojikmisan, iflos. Prokuratura, sud, butun xavfsizlik tashkilotlari idoralarini egallab oldilaring. Qora ishlar yurt egalariga qoldi. Bizlar qulmiz, sodiq qul…

– To'rtko'lda tojik nima qiladi? Ammo dunyoda yomon millat yo'q, yomon odamlar bor.

– To'rtko'l Buxoroda emasmi? O'zbekman, demoqchimisan? Pasportingga o'zbek deb yozdirganing bilan o'zbek bo'lolmaysan. Tojikligingcha o'lasan. Senlarni qoning bilan bizlarni qonimizni aralashtirib, qirq quloqli qozonda juhudlar qirq yil qaynatsa, qonimiz qo'shilmaydi!

– Yolg'on! – dedi Bahrom. – Tojik, o'zbek qoni bir qozonda qaynayverib, omuxta bo'lib ketgan. Tojik qaysi, o'zbek qaysiligini Aflotuni ham farqlay olmaydi. O'zbekka tojikdan, tojikka o'zbekdan yaqin millat yo'q. Biroq men o'zbek ham, tojik ham emasman.

– Kimsan, bo'lmasa? Churchut-murchutmisan?

– Turkmanman, turkman!

– E, doyilardanmisan! – dedi suratchi g'azabdan ko'pchib turgan yuzi yorishib. – O'zimizdan ekansan-ku. Qoningni-ku ichardim, vaqtida aytding, haliyam!

Hissiyotini bosolmasdan, tiliga erk bergan Bahrom, uning bo'shashganini ko'rib, ichidan suyundi.

Tibbiy ko'rikdan o'tish uchun besh mahbusni qo'shni xonaga olib o'tdilar. Bu erda ortiqcha sarguzashtlar ro'y bermadi. Ko'rikdan o'tkazayotgan rus ayoli zarur narsalardan oshiqcha hech nimani so'rab-surishtirmadi.

So'ngra besh mahbusni boshqa bir katalakka tiqdilar. Bunisi ham, avvalgisi singari, mahbuslar bilan tiqilinch edi. Quyuq sigaret tutunidan odam-odamni zo'rg'a ko'rardi.

Soat o'n sakkizlarga yaqinlashganda mahbuslarni Toshturma hovlisida besh qatorga tizib, saflay boshladilar. Har guruh 60 – 70 tadan kam emasdi. Saflar to'rt bo'lakka etganda, yurishga buyruq berildi.

Uchinchi guruhda borayotgan Bahrom atrofga nazar tashladi. Osmonga o'rlagan daraxtlarni, oqlangan binolarni, supurib-sidirilgan orasta yo'laklarni ko'rib, ichidagi qorong'i burchaklar yorishgandek bo'ldi. Yuz odim naridagi devorlar ustidagi tikanli simlarga ko'zi tushganda esa, uning boyagi tarovatidan asar ham qolmadi. Barcha narsalar ko'zlariga mahbusga o'xshab ko'rindi. Biroq, ularning ruhiy qiynoq nimaligini bilmasliklarini o'ylarkan, daraxtlarga, yo'laklarga, devorlarga aylangisi keldi. Ular kabi tilsiz, ular kabi dardsizlikni orzuladi. Ammo ongi va taffakurini o'rab turgan ilohiy borliq unga o'zi mansub jamiyatdan o'zini ayri his etishga yo'l bermasdi. Hovlida, o'z yumushi bilan o'ralashib yurgan mahbuslarni ko'rganda, ular ko'zlariga to'siq, devor, tosh va to'sin kabi jonsiz bo'lib tuyulardilar. Daraxtlar, qaerlardadir chug'urlashayotgan qushlar sarob nishonalari bo'lib, tafakkuri muzlab qoldi. Shunda u tiriklikka teskari dunyoning muhojiriga aylandi. Chidolmagan yuragi ichidan hayot mujdalarini izlarkan, dunyo ko'zlarida qayta yorishib, ko'ksida dukillagan ovoz eshitildi. U hali ham tirikligini, insonligini his etdi…

Safdagilarning old qismi bino eshigidan kirganda orqaroqda borayotgan Bahrom o'ng tomondagi bir uyum choyshablarni ko'rdi. Ochiq temir eshik hammomniki edi. Bu joylarda barcha narsalar temirdan yasalgan. Mumkin bo'lganda, choyshablarni ham temirdan tiktirardilar…

U baland bino eshigidan ichkariga oyoq bosganda, g'uj-g'uj mahbuslarni ko'rib, yuragi orqaga tortdi. Ularning ko'pligidan zinapoyalarga oyoq qo'yib bo'lmasdi. Zinapoyadan kaftdek joy topib o'tirgach, mahbuslarni kuzatish imkoni tug'ildi. Ularning etmish foizga yaqini o'n sakkizdan o'ttiz yoshgacha bo'lgan yosh-yalang edi. O'ttiz foizdan kamrog'i o'ttizdan oltmish yoshgacha bo'lgan kishilar bo'lsa, to'rt-besh sonli qarib qolgan chollar ham orada ko'zga tashlanardi.

Soat yigirma birga yaqinlashganda Bahrom bilan ikki mahbusni ikki soqchi 4-binoga boshlab ketdi. Isqirt matraslarni qo'ltiqlab borayotgan mahbuslar er yuzasiga qurilgan uzun tunelni kesib o'tdilar. Binoning temir eshigi qarshisida to'xtaganlarida, Bahrom matrasini bir qo'ltig'idan ikkinchisiga almashtirib, nafasini rostladi. Uvadasi chiqqan matras og'irligidan ham ko'ra ko'proq qovushiqsiz edi. Mahbuslar qabul qilgan narsalarini matras ichiga tiqqanlari sabab, ular suvga bo'kkan o'likdek shishgandi. Soqchi tugmachani bosganda, g'ing'illagan tovush chiqarib, keyin eshik qulflari echildi. Hamma birinchi soqchi orqasidan ichkariga kirganidan so'ngra, ikkinchi soqchi tutqichni tortdi. Eshik avtomatik tarzda sharaqlab, qulflanib qoldi. Eng yuqoridagi “shift” deb nomlanadigan dahliz og'zida ham qolganlari kabi panjara eshik o'rnatilgandi. Soqchilar pajara qulfini o'zlaridagi kalit bilan burab ochdilar. Dahlizga kirib, o'ng tomonga  qayrilganda, boyagi panjaraga o'xshash yana bir panjara bor edi. Bunisini ham oldindagi soqchi o'sha kalitda ochib, to'g'riga yurdi. Dahliz bo'ylab o'ttiz-qirq qadam yurilgach, u to'xtadi. Shotaxtaga tirsaklarini tirkab, mahbuslarni uchta soqchi kutib turardi.

Ular turgan joydan dahliz bo'linib, panjara bilan to'silgandi. Undan keyin ham besh qulochcha joy qoldirilib, shu kabi to'siq qo'yilgandi. Panjaralardan keyin o'ttiz-qirq qadamcha uzangan dahliz axiri tugardi. Etmish-sakson qulochli dahliz mana shulardan va bir necha kameralardan iborat edi. Uch mahbusni topshirib, ikki soqchi orqasiga qaytib chiqib ketti. Nishonalarni qabul qilib olgan uch soqchi yangi mahbuslarning nomini daftarga qayd qilib, ularni kameralarga tarqatishga kirishdilar. Chunki yo'qlamagacha oz vaqt qolgandi. Yo'qlama yaqinlashmaganda ular mahbuslarni mazaxlab, xumorlaridan chiqardilar. Vaqt ziqligi mahbuslar foydasiga hal bo'lgandi. Ikki mahbus panjaragacha bo'lgan kameralarga joylashdi. Bahromni esa panjaralardan keyingi birinchi kameraga kirgizib yubordilar. Mahbuslarni suhbatdan o'tkazgan tezkor vakil ularning qaysi kameraga joylashishini  nishonalariga yozib qo'ygandi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube