O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
20 Kasım 2016 - 6:00 'da yuklandi va 3930 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(1)

1

Tarjimondan

Avvalo Allohga cheksiz hamdu sano aytamiz. So'ngra Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga salot va salom yo'llaymiz. Ammo ba'd:

Muhtaram kitobxonning e'tiboriga havola etilayotgan bu kitobcha yaqin o'tmishimizning yorqin tarixlari jumlasidandir. Bu tarix nafaqat Samarqandu Buxoro, balki butun O'rta Osiyo tarixidir.

Ushbu kitobchada hikoya qilinadigan hodisalar bosqinchi rus kommunistlari aziz vatanimizga do'stlik, xalqparvarlik niqobi ostida bostirib kirib kelganlaridan so'ng qilgan qonxo'rliklarining bir namunasidir.

Ona vatanimizni bosib olganlaridan so'ng o'z dini, sharafi va vatani himoyasi uchun oyoqqa turgan bobolarimizni keyingi avlodga “bosmachilar” deb tanishtirib, yosh avlodni o'z ajdodlariga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalay boshlashdi. Haqiqiy tariximiz butunlay o'zgartirib talqin etila boshlandi.

Maktab, institut, boshqa o'quv va ta'lim-tarbiya maskanlarida tarbiyalanuvchilarning zehnlari zaharlab tashlandi. Har bir yosh avlodda o'z o'tmishiga nisbatan jirkanish tuyg'ularini uyg'otdilar.

Alloh taoloning fazlu-karami bilan bu bosqinchi qora kuchlar parchalanib ketganidan so'ng ba'zi bir tarixchi va yozuvchilarimiz tariximizni qo'llaridan kelgancha yoritib berishga harakat etishdi. Lekin ular ham bir taraflama faqat milliy va qavmiy jihatdan yondashib qalam tebratdilar.

Hayotimizning asl maqsadi bo'lgan dini islomni himoya etish vazifasini nazardan chetda qoldirdilar. Kitobxonning nazarida bobolarimiz go'yoki faqatgina vatan ozodligi uchun kurash olib borgandek tuyuladi. Haqiqatda esa ularning asosiy maqsadlari islom dinini muhofaza etish hamda musulmonlarning izzat-hurmatlarini saqlash va vatanimizni ”Musulmonlar o'lkasi” holida saqlab qolishdan iborat edi. Ular ushbu maqsad yo'lida o'z molu dunyolarini, vatanlarini, aziz farzandlarini va hatto o'z jonlarini ham qurbon etdilar. Alloh taolo ulardan rozi bo'lsin va ularni ham rozi qilsin.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “O'zi uchun yaxshi ko'rgan narsani boshqa mo'min birodari uchun ham yaxshi ko'rgan kishi mukammal mo'mindir, — degan mazmundagi marhamatlariga ko'ra, ushbu kitobchani siz azizlarga taqdim etishni xohladik. Toki ko'z o'ngimizda haqiqiy holat namoyon bo'lib dinimiz qadri, ulamolarimiz va bobolarimizning siymolari gavdalanib, kerakli xulosa chiqarib olsak.

Kitobning muallifi bilan kitobni o'qish mobaynida tanishib olasizlar. Bu kitob hozirgi tarixlarimizdek, u kitobdan bu kitobga ko'chirilgan emas, balki shu voqealarning ichida bo'lib ayni shohid bo'lgan shaxsning hayotidir. Kitobni mutolaa qilganimizdan so'ng muallif to'g'risida ma'lumot hosil qilishga kirishdik.

Marhum muallif Afg'onistonga, keyinchalik Hindiston va Pokiston tomonlarga hijrat etib oxirgi hayotini Pokistonda Qarochi shahrida davom ettiradi. Shu erda uyli joyli bo'lib bir necha farzandli bo'ladi. Onasining vasiyatiga binoan, boshidan kechirgan va o'zi shohid bo'lgan Turkiston fojialarini juda ko'p insonlarga hikoya qilib beradi.

Keyinchalik ba'zi do'stlarining qistovi bilan o'z ko'rgan-kechirganlarini qog'ozga tushiradi. Avvalo gazetalarda chop etilib, 1970 yil Lohur shahrida kitob shaklida bosmadan chiqadi. Muallif taqriban 1973 yillarda vafot qiladi.

Aziz kitobxonlar!

Alloh taolo biz bandalarni o'tmishdan ibrat olib, undagi xatolarni takrorlamaslikka undab shunday marhamat qiladi:

2

“Bas ibrat olingiz, ey aql egalari”

Alloh haq va rost so'zlaguvchidir. Har bir oqil inson o'z tarixi bilan tanishgandan so'ng albatta undan to'g'ri xulosa chiqarib ibrat oladi va o'zining yashash turmushini o'tganlar hayotiga taqqoslab ularning halokatiga olib borgan ishlardan uzoqlashishga tirishadi hamda g'aflatdan uyg'onib mulohaza bilan fikrlay boshlaydi.

Kitobda ulamolarimizning biri o'z ayblariga iqror etib shunday deganiga guvoh bo'lamiz: “Bizga kelayotgan bu baloofatlar (ya'ni rus bosqinchilarning tajovuzi) o'zimizning noshukrligimiz va Parvardigorning amrini to'g'ri ado etmayotganimizdandir. Bu gunohlarimizning kafforati qachongacha davom etarkin?!”.

Azizlar! Bizlar kim ediku va kimlarga o'xshab qoldik? Ko'zimizni yog' bosib atrofimizda bo'layotgan voqealarni o'ng-tersini ajratolmay qoldik. Farzandlarimiz butunlay tizginsiz bo'lib qoldilar, halol-haromni ajratmay qo'ydilar. Diniy ibodatlarga yuzaki taqlid etish ommaga odat bo'la boshladi. Islom ruhi o'rtadan ko'tarildi. Musulmon bilan kofirning farqi bilinmay qoldi. Agar hayotimiz shunday davom etsa boshimizga qanday falokatlar kelishini tasavvur ham qilib bo'lmaydi.

Modomiki, biz o'z hayotimizni va nafsimizni o'zgartirmas ekanmiz hech qachon hayotimiz o'z-o'zidan yaxshi tarafga o'zgarmaydi. Bas, shunday ekan ustimizdagi vazifani his etaylik. Bizgacha omonat tarzida etib kelgan dinimiz va qadriyatlarimizni to'la-to'kis kelgusi avlodga etkazaylik va Alloh huzuriga yorug' yuz bilan qaytaylik.

Shuning uchun biz adabiyotdan uzoqroq bo'lishimizga qaramasdan ushbu tariximiz namunasini siz azizlarga etkazishni o'z vazifamiz deb his etdik. Xalqimiz “So'zchi holiga boqma, so'z holiga boq” — deganidek kitobning yozilishi emas, balki xulosasidan ibratlanmog'ingizni umid etib, ushbu ishga bel bog'ladik.

Alloh taolo bir oyati karimada:

3

“Bas eslating, albatta eslatmoq, yodga solmoq mo'minlarga manfaatlikdir” — deya marhamat etadi.

Biz faqirlar ham xalqimizning o'tmishini yodlariga solmoqdamiz va ishonib aytamizki, albatta bundan mo'minlar manfaat hosil etadilar. Allohga hamdu-sanolar bo'lsinki, o'zining lutfu-marhamati va madadi bilan siz azizlarga ushbu kitobni taqdim etmoqdamiz. Sizlardan umidimiz biz, faqirlarni ham muborak duolaringizda yodga olib duo etsangizlar.

Kitobning tarjimasiga bois bo'lgan ustozimiz, Qarochidagi “Dorul ulum” jome'asining raisi hazrat mavlono muftiy Muhammad Rafi' Usmoniy hazratlariga o'zim va xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik izhor etaman. Ul kishining dinimiz va Movarounnahr musulmonlari haqidagi g'amxo'rliklari uchun Alloh taolodan ajru aziym berishini tilab qolaman.

Abu Hafs Turkistoniy.
22.04.1420 hijriy-qamariy
05.08.1999 yil (melodiy)

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube