O’zbekiston Xalq Harakati

Toshkentda o'zbek-turk investitsiya forumi o'tkaziladi

Toshkentda o'zbek-turk investitsiya forumi o'tkaziladi
21 Kasım 2016 - 12:04 'da yuklandi va 6969 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Toshkentda 2017 yilning boshida O'zbekiston -Turkiya investitsiya forumi o'tkaziladi. Bu haqda 21 noyabr kuni O'zbekiston mahalliy matbuoti xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, forumni o'tkazish borasida Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo'g'onning O'zbekistonga qilgan ikki kunlik rasmiy tashrifi doirasida kelishilgan.

18 noyabr kuni Samarqandda O'zbekiston muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo'g'on muzokaralar o'tkazgan edi.

Uchrashuvdan so'ng Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho'g'li O'zbekiston tomoni turk vatandoshlariga vizani bekor qilishi mumkinligini aytgan.

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekiston va Turkiya iqtisodiy hamkorligi 2015 yilda 1 milliard 200 ming dollarni tashkil qilgan. Ikki davlat bu ko'rsatkichni yaqin yillarda ikki-uch barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar