O’zbekiston Xalq Harakati

Rossiya aholisi tez qashshoqlashëtgan davlatlar qatorida

Rossiya aholisi tez qashshoqlashëtgan davlatlar qatorida
22 Kasım 2016 - 17:33 'de eklendi ve 2417 kez görüntülendi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha,  Credit Suisse moliyaviy shirkati tomonidan hozirlangan Global Wealth Report deb nomlangan hisobotda Rossiya aholisi 2015 yil davomida keskin sur'atda qashshoqlashgan uchta davlat safidan joy olgan.

Hisobotga ko'ra¸ o'tgan yil davomida oddiy rossiyaliklar farovonlik darajasi 15 foizga kamaygan.

Uchlikka kiritilgan Ukraina aholisi turmushi 18¸5 foizga¸ argentinaliklar farovonligi esa¸ 27 foizga pastlagan.

Hisobotda keltirilishicha¸ pul hisobida Rossiya aholisi o'tgan yili 200 milliard dollarga kambag'allashgan.

Hisobot mualliflari buni rublning xorij valyutalariga nisbatan keskin qadrsizlanishi va yil davomida 13 foiz qurbini yo'qotgani bilan izohlashgan.

O'tgan yil davomida dollar hisobidagi millionerlar soni Rossiyada 92 mingdan 79 mingga tushib qolgan.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

 BU HABER HAKKINDA YAPILAN YORUMLAR

( 1 Yorum )

  • Yuldosh Ochilov ;

    Baddtar bulsin Suriyani vayronaga aylantirgan Rossiyani iqtisodi Suriya darajasiga qulasin iloyim

    22/11/2016 21:46
SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER